Xotirani rivojlantirish metodikalar reja


Download 93 Kb.
bet5/8
Sana27.03.2023
Hajmi93 Kb.
#1300406
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XOTIRANI RIVOJLANTIRISH METODIKALAR

Tadqiqot uslublari. Intellektning asosiy tadqiqot uslubi intellektuallik koeffitsientini hisoblashdir, bunda testirlash asosida va intellektual koeffitsient – IQ ni aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Vekslek uslubi bo’yicha (IQ) koeffitsient aqliy yoshni (individuum ma’lumotlari, to’g’ri javoblar soni) xronologik yoshga (mazkur yosh uchun xarakterli bo’lgan, to’g’ri javoblar o’rtacha soni) va 100 ko’paytirish bilan hisoblanadi.
Shunga qaramay, intellektuallikka testlar madaniyat va etniklik spetsifikasi e’tiborga olinishi kerak. Shunday etnik guruhlar mavjudki, bunda abstrakt bilimlar qadrlanmaydi, balki baholashda o’zining amaliy tomoniga suyanadilar, shuning uchun ularning vakillari past koeffitsientlarni ko’rsatadilar, aslida esa, adaptatsiyada, ayniqsa muhitning sensor sharoitida ular anchagina yuqori bo’lishi mumkin.
Simptom va sindromlar. Intellekt patologiyasida aqliy zaiflik va dementsiya ajratiladi, u diffuz va lakunarlarga bo’linadi, shu jumladan rivojlanishning orqada qolishi va defektlar.
Aqliy zaiflikni dementsiyadan farqi shundaki, u avvaldan etishmaslikni namoyon qilsa, dementsiya – bu orttirilgan holatdir. Kritik nuqta 3 yosh hisoblanadi. Agarda bola bu yoshgacha o’z hususiyatlarini sarflab bo’lsa, u holda u aqli zaif hisoblanadi, agarda undan keyin bo’lsa – dementsiya bilan og’rigan hisoblanadi. Aqliy zaiflikning sabablari genetik va orttirilganga farqlanadi. Genetik sabablar orasida genli va xromosomali anomaliyalar, mutatsiyalar mavjuddir, ular modda almashinishiga olib keladi. Muhitli sabablar orasida teratogenli ta’sir, shu jumladan genetik faktorlarni genetik apparatga, tug’ish vaqtidagi shikast, va hayotining birinchi 3 yilligida orttirilgan kasalliklar kiradi. Aqliy zaiflikning bulinishi va uning klinikasi taalluqli bo’limlarda tavsiflangan. Aqliy zaiflik uchun, ba’zi bir almashinuv jarayonlaridan tashqari, simptomatikani o’sishi xarakterli bo’lmay, mahsus ta’lim natijasida qandaydir bir o’sish xosdir.
Dementsiya xotira, fikrlash, ta’lim, irodaviy aktivlik sferasi orttirilgan kognitiv defitsitda ifodalanadi. Agarda intellektning o’zgarishi bitta funktsiyaga taalluqli bo’lsa, masalan xotira, u holda lakunar haqida gapiriladi, ya’ni aqli zaiflikning o’chog’i, u atrofik dementsiya uchun xarakterlidir, masalan, Altsgeymer kasalligi. Agarda u sekin asta pasayish yoki hamma (bir qancha) funktsiyalarning tushishiga taalluqli bo’lsa – diffuzli aqli zaiflik, ya’ni total dementsiya, u ko’proq multiinfarkt dementsiyalarda qayd etiladi. Biroq dementsiyaning bu ikki tipi bir-biriga o’tadi, shuning uchun shu haqda aytish mumkinki, ko’pchilik dementsiyalar o’choqdan diffuzga, dinamikada rivojlanadi. Dementsiyalar ko’pincha progredientli (kelib tushuvchi) xarakterga ega bo’lib, ular ko’p hollarda qaytarilmasdirlar.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling