Xrom – rang elementi by adminSentabr 20, 2021 Xrom


Download 160.89 Kb.
bet2/4
Sana01.05.2023
Hajmi160.89 Kb.
#1418886
1   2   3   4
Bog'liq
XROM

Marganes
Bular davriy jadvaldagi 25-raqamli element – marganes, 42-raqamli element – molibden, hamda, 74-raqamli element – volfram elementlari bo‘ladi. 
Marganesning eng asosiy rudasi pirolyuzit bo‘lib, u mohiyatan marganesning dioksididan iborat bo‘ladi (MnO2). Bunday ruda dunyoda ancha ko‘p. Marganes Yerda eng keng tarqalgan og‘ir metallar sirasiga kiradi. Davriy jadvalda u temir bilan qo‘shni bo‘lib, ko‘p jihatdan o‘zi ham temirga o‘xshab ketadi. Tashqi ko‘rinishidan ayniqsa temirni eslatib yuboradigan marganets qattiqlik bobida temirdan ham ustun turadi. Lekin, temirdan ham qattiq bo‘lgan bu metallning juda nozik va salbiy bir jihati mavjud. Ya’ni, marganes juda mo‘rt metall. Qadimgi Rimliklarni aynan shu narsa juda chalg‘itgan. Ular pirolyuzit rudasini magnetit (temirning magnitli oksidi) rudasi bilan ko‘p chalkashtirib yuborishgan. Tashqi ko‘rinishidan bu ikki ruda haqiqatan ham juda-juda o‘xshash bo‘ladi. Magnetitni Rimliklar magnes deb nomlashgan. Pirolyuzit aslida mutlaqo boshqa metall rudasi ekanini bilmagan qadimgilar uni ham baribir magnes deyaverishgan. O‘rta asrlarda aslida magnetit va pirolyuzit boshqa-boshqa ruda ekanini aniqlagan alkimyogarlar, qandaydir tushunib bo‘lmas tarzda o‘sha ikkinchi rudani, ya’ni, pirolyuzitni noto‘g‘ri talaffuz qilishgan va yoza boshlashgan. Natijada, biz bo‘lgan marganets atamasi kelib chiqqan. 
1774-yilda kimyogar Iogann Gottlib Gann (1745-1818) birinchi marta marganesni sof holda ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan. 
Xuddi xrom birikmalari singari, marganets birikmalari ham muayyan ranglarga ega.
Marganesning oq, qo‘ng‘ir, yashil, hamda, binafsharang tusdagi tabiiy birikmalari mavjud.
Bunday birikmalardan ayniqsa rassomlar minnatdor bo‘lib foydalanib kelishadi. Marganesli rang-bo‘yoq moddalar ichida eng asosiylaridan biri umbra deb nomlanadi. Uni marganets oksidini (Mn2O3) alyuminiy va temir oksidlari kukuni bilan aralashtirish orqali hosil qilinadi. Rassomlar tilida bu moddani kashtan pigmenti ham deyiladi. Marganets karbonati esa oppoq pigment olish uchun ishlatiladi. 
Marganes haqida va uning birikmalari

Download 160.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling