Xromatografik usulning qisimlarga bo’linishi
Selitra tarkibidagi nitratlar miqdorini aniqlash
Download 61.5 Kb.
|
karimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrometrik analiz va uning qo’llanilishi.
Selitra tarkibidagi nitratlar miqdorini aniqlash
Ion almashinish usuli bilan tuzlar kontsentratsiyasini aniqlash uchun analiz qilinuvchi eritma N- kationit bilan to’ldirilgan kolonka orqali o’tkaziladi. Natijada tuz tarkibidagi kation kalonkada ushlanib qoladi v uning o’rnida vodorod ionlari filtiratga o’tadi. Kolonadagi ionit distillangan suv bilan yuvilib filtiratga qo’shiladi. Kislotali muxitga ega bo’lgan filtiratni ishqor eritmasi bilan titrlab eritmadagi tuz kontsentratsiyasini aniqlash mumkin. Shunday ionlar borki, ularni turli usullar bilan aniqlash bir qator qiyinchiliklar tug’diradi,bu anionlarni aniqlash maksadida ionitlardan foydalaniladi. Ion almashinish selitralar tarkibidagi nitratlar miqdorini aniqlash mumkin. Selitra eritmasi N- kationit bilan to’ldirilgan kolonka orqali o’tkazilganda nitrat ionlari bilan bog’langan metall ionlari ekvivalent miqdoridagi N+ ionlariga almashinadi. N-kationit – KNO3 K- kationit + NNO3 yoki N-kationit K+, K-kationit +N+. Filtiratga o’tgan nitrat kislota miqdori selitra tarkibidagi KNO3 bilan ekvivalent miqdorda bo’ladi. Shuning uchun N NO3 eritmasini ishqor eritmasi bilan titrlab undagi N NO3 miqdorini aniqlash mumkin. Shundan so’ng xisoblashlar yo’li bilan selitra tarkibidagi u yoki bu metallning neytrati miqdorini aniqlash mumkin. 100 ml selitra eritmai tarkibidagi KNO3 ning mg larda ifodalangan miqdori quyidagi formula orqali topiladi m =N • E • V bu yerda N- uyuvchi natriy eritmasining normalligi. V- tarkibida N NO3 bo’lgan filtiratni titrlash uchun sarflangan NaON eritmasini xajmi E- KNO3 ning milli ekvivalent massasi 5-100 ml tayyorlangan eritma xajmiga o’tish uchun qayta xisoblash koeffitsenti Kolonkadagi kationit bir marta ishlatilganidan keyin uni qayta tiklash, ya‘ni regeniratsiya qilish kerak. Elektrometrik analiz va uning qo’llanilishi. Fizik-kimyoviy analiz usullarining muxim turlaridan biri elektrokimyoviy analiz usullari ekanligi sizga ma‘lum. Potentsiometrik, konduktometrik, amperometrik va kulonometrik titrlash usullarining imkoniyatlari., afzalliklari va qo’llanish soxalari juda kengdir. Eritmalarning rN qiymatini o’lchashda elektrometerik usul keng qo’llaniladi. Bu usuldan agrokimyoviy, laboratoriyalarda ayniksa keng qo’llaniladi. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling