2.8. MAVZU. QIShLOQ XO‘JALIGIDA INFRATUZILMA VA UNI RIVOJLANTIRISh YO‘LLARI.
Reja:
Kirish.
2.8.1.Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda infratuzilmaning zaruriyati va ahamiyati.
2.8.2.Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining tarkibi: ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, bozor infratuzilmasi.
2.8.3.Qishloq xo‘jaligida infratuzilma obyektlaridan foydalanish yo‘llari.
Xudosa va takliflar.
Foydalanilgan qo‘shimcha adabiyotlar.
1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM SOHASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi FARMONI 2019 yil 13 avgust,PF-5781-son
Tayanch iboralar: Infratuzilma, ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, bozor infratuzilmasi, xalq xo‘jaligi, hududiy, lokal, funksional, “Buyurtma stoli”,”Dala-dasturxon”, “Dala-magazin-iste’molchi”, “Dala-chorvachilik majmuasi”,AQSh-78-84 %, O‘zbekiston-24-45 % va h.o.
KIRISh.
INFRATUZILMA (lot. infra – ostida) — i.ch. va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy i. ch. sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega bo‘lmagan tovarlar bo‘lib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy shart bo‘lganidan uning ishlab turishini ta’minlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi. Infratuzilma xizmat ko‘rsatish sohasiga ko‘ra ishlab chiqarish infratuzilmasi (i. ch. ga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik ta’minoti, yo‘l xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, ombor xo‘jaligi,ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-maishiy infratuzilma (aholiga xizmat ko‘rsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.) ga ajraladi. Infratuzilma xizmati tovar bo‘lganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat ko‘rsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. Infratuzilma xizmatlarini xarakteriga ko‘ra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar ko‘rsatiladi. Qaysi darajada xizmat ko‘rsatilishiga ko‘ra, korxona, tarmoq i. ch. majmualari va hududiy Infratuzilma ham mavjud. Infratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlar i. ch. va inson uchun naf keltiradi. Infratuzilma xizmat ko‘rsatishini tashkil etish uchun mablag‘lar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. Infratuzilmani yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. Infratuzilmaning samaradorligi ko‘rsatilgan xizmatlarning sarf-xarajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |