Xudosa va takliflar. Foydalanilgan qo‘shimcha adabiyotlar


Quyida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi keltirilgan


Download 96.76 Kb.
bet4/6
Sana26.01.2023
Hajmi96.76 Kb.
#1127497
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ма\'ro\'za 2 8 MAVZU QIShLOQ XO‘JALIGIDA INFRATUZILMA VA UNI RIVOJLANTIRISh.PDF

Quyida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi keltirilgan:


obyektlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari resurslari va aholining pul mablag‘lari hisobiga, hamda uy-joy, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, madaniyat uylari, poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalarni rivojlantirish davlat investisiyasidan samarali foydalanish yo‘li bilan yaratiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy bo‘linmalar nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lgan xodimlarga, balki korxona hududida yashovchi aholining boshqa qatlamlariga ham xizmat ko‘rsatadi. Qishloqdagi ijtimoiy infratuzilma xo‘jalik hududi bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib joylashtirilsa, ulardan samarali foydalanishni qiyinlashtiradi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiy xarakteri ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo‘linmalari ishida ham o‘z izini qoldiradi. Uning yaratilishi va rasional harakat qilish, shu obyektlar joylashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Ijtimoiy infratuzilma bo‘linmalarining vujudga kelishiga xo‘jaliklar zarur bo‘lgan moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar.


Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘linmalari tibbiyot va maktabgacha bolalar muasasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, o‘quv ishlab chiqarish kombinatlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha xizmatlar, sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlari, ishchi va xizmatchilarga xizmat qiluvchi transport, aloqa va axborot xizmatlari kiradi. Barcha xizmatlarni maqsadli yo‘naltirilganligiga, shakllanish manbalariga, hududiy joylashishiga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi bo‘yicha ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga xo‘jalik bo‘linmalariga joylashgan, korxona mablag‘lari hisobiga qurilgan va ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning dam olish va texnika xavfsizligi, mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan obyektlar tegishli. Bu guruhga dehqonchilik bo‘linmalari va chorvachilik fermalaridagi maishiy xonalar, bo‘linmalar umumiy ovqatlanish (bufetlar, tamaddixonalar, oshxonalar) punktlari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va dam olish (profilaktoriyalar, tibbiyot punktlari, ma’naviyat burchaklari), yong‘inga qarshi xavfsizlik punktlari kiradi. Ular chorvachilik komplekslarida, fermalarda, ustaxonalarda va dala shiyponlarida joylashtiriladi.

Download 96.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling