Xudosa va takliflar. Foydalanilgan qo‘shimcha adabiyotlar
Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining tarkibi: ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, bozor infratuzilmasi
Download 96.76 Kb.
|
Ма\'ro\'za 2 8 MAVZU QIShLOQ XO‘JALIGIDA INFRATUZILMA VA UNI RIVOJLANTIRISh.PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish infratuzulmasi tarkibiga bevosita qishlok xo‘jaligiga xizmat qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi
- Bundan tashqari unga yana maxsus xizmat ko‘rsatuvchi xizmat va bo‘limlar ham kiradi
- Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga
- Ijtimoiy infratuzilma deganda
- Ijtimoiy infratuzilmada
2.2.2.Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining tarkibi: ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, bozor infratuzilmasi,
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi va ularning uzoq vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlashga yordam beruvchi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish infratuzulmasi tarkibiga bevosita qishlok xo‘jaligiga xizmat qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi: 1.Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan transport; 2.Ta’mirlash ustaxonalari; 3.Ombor va sovuqxonalar; 4.Kommunikasiya, pochta va telegraf aloqasi tizimi; 5.Elektr uzatish liniyalari; 6.Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari; 7.Ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyalari; 8.Hisoblash markazlari; 9.Tayyorlash, savdo korxonalari; 10.Moddiy texnika ta’minoti; 11.Meliorasiya va irrigasiya inshootlari. Bundan tashqari unga yana maxsus xizmat ko‘rsatuvchi xizmat va bo‘limlar ham kiradi: 1.O‘simliklarni himoya qilish; 2.Agrotexnika; 3.Veterinariya; 4.Sun’iy qochirish; 5.Texnika ta’mirlash; 6.Huquqiy. 7.Aholiga, chorvaga mahsulot, dori-darmonlar, himoya qilish vositalari,asosiy va aylanma vositalar, ehtiyot qismlar, yem-xashak va boshqa zaruriy xalq iste’mol tovarlarini yetkazib berish bo‘yicha “Buyurtma stoli”,”Dala-dasturxon”, “Dala-magazin-iste’molchi”, “Dala-chorvachilik majmuasi” va h.o. Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko‘p omillar ta’sir qiladi. Bular ichida muhimlari tuproq iqlim sharoiti, joyning relyefi, yer hududining konfigurasiyasi bilan ta’minlanganligi, yopiq joylar va yo‘llar, korxonalarning, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi, qo‘llaniladigan texnologiyalar, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash darajasi. Bu omillar ko‘p jihatdan butun ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga va ichki xo‘jalik bo‘linmalarining katta kichikligiga va korxonalar funksional faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish infratuzilmalari obyektlari bilan ta’minlanishi uzoq yillardan beri ancha past yoki o‘zgarmasdan qolmokda edi. Ishlab chiqarish infratuzilmalarining muhim yo‘nalishi bo‘lgan, qishloq xo‘jaligini qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash bo‘yicha optimal quvvatni tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish, avtogarajlar, texnikalarni saqlash,hayvonlar va maydonchalar qurish, neft omborlari va yoqilg‘i moylash materiallari uchun saqlash joylari qurish kabilarga e’tibor talabga javob bermaydigan darajada edi. Qishloq xo‘jaligida hozir ham ishlab chiqarish obyektlarini elektrlashtirish uchun va elektr uzatish liniyalarini ko‘rish uchun yetarlicha mablag‘ ajratilmayapti. Bu dehqonchilik va chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlariga kompleks mexanizasiyani qo‘llashni qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasidan tejamli foydalanish pirovard mahsulot sifatini yaxshilash va yo‘qotishlarni qisqartirishda, mahsulot birligiga sarflanidigan moddiy-pul va mehnat xarajatlarini pasaytirishda namoyon bo‘ladi. Ishlab chikarish infratuzilmasi iktisodiy samaradorligining asosiy kursatkichi bulib, infratuzilma bo‘linmalari, xizmatlari va obyektlarini qurishga sarflangan xarajatlarning qoplanishi hisoblanadi. Uni hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi: Bu yerda XK –ishlab chiqarish infratuzilmasi xarajatlarining qoplanishi,so‘m; PMQ- qishloq xo‘jaligi pirovard mahsulotining qiymati, so‘m; MX- ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishga qilingan moddiy xarajatlar, so‘m Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmalari qurishga sarflangan xarajatlar 4-6 yilda qoplanadi. Korxonalarning sifatli ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash xodimlarga mehnat jarayonida ham va ish kuchini takror ishlab chiqarish jarayonida ham me’yordagi sharoit yaratishni talab qiladi. Bu vazifani bajarish ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo‘linmalari zimmasiga yuklatiladi. Ijtimoiy infratuzilma deganda, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning samarali harakat qilish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir qismiga aytiladi. Ijtimoiy infratuzilmaning bosh vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilashdir. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bevosita pirovard mahsulot yaratishda katnashmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonini me’yor darajasida rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Ijtimoiy infratuzilmaning roli shundan iboratki, ular ishlab chiqarishning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash imkoniyatini beradi, ularni takror ishlab chiqarish va qishloq joylarida samarali ishlashlariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaydi. Bo‘linmalar ham korxona xodimlari, ham ularning oila a’zolarining kommunal-maishiy ehtiyojlarini kondirish uchun sharoit yaratishda qatnashadi. Ijtimoiy infratuzilmada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari aks ettiriladi. Ijtimoiy infratuzilma Download 96.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling