Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish «Norma»


Huquq normalarining turlari


Download 161 Kb.
bet5/9
Sana04.04.2023
Hajmi161 Kb.
#1329468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4mmavzuuu

Huquq normalarining turlari.

Yuridik normalar nazariyasi va amaliyotida ularni tasniflash muhim о`rin egallaydi. Tasniflash deganda mantiqan о`rganilayotgan obyektlarni turlar bо`yicha ma`lum bir umumiy belgilar asosida tasdiqlanishi tushiniladi. Yuridik normalarni ilmiy asosda tasniflash quyidagi imkoniyatlarni beradi:


birinchidan, huquq tizimida yuridik normalardan har birining о`rnini belgilash;
ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy normaning funksiyalari va rolini yaxshiroq aniqlash;
uchinchidan, huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish ta`siri imkoniyatlari chegarasini aniqroq belgilash;
tо`rtinchidan, huquq ijodkorlik va huquqni qullash faoliyatini kо`proq takomillashtirish.
Tasniflashning tо`g`ri va tо`laroq bо`lishi, avvalo, unga asos qilib olingan tasnif holatining boshqa barcha belgilarini belgilovchi uning eng ahamiyatli jihatiga bog`liqdir. Biz yuridik normalarni tasniflashning tо`rtta asosini taklif etamiz:
1) ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyalari;
2) huquqiy tartibga solish predmeti;
3) huquqiy tartibga solish metodi;
4) normani ifodalash shakli.
Vazifalari bо`yicha huquqiy tartibga solish mexanizmida quyidagi huquq normalari ajralib turadi: birlamchi huquqiy normalar, xulk-atvor normalari qoidalari, umumiy va maxsus normalar.
Birlamchi, ta`sischi normalar qonunchilikda yuqori pogonani egallaydi, kо`proq umumiy xarakterga ega (kо`proq abstraktlashgan shakl kasb etadi) va ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmida alohida rol о`ynaydi. Bu normalar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish asoslarining bosh yо`nalishini belgilab beradi. Mana shunda ularning asosiy vazifasi mujassamlashgandir. Kо`rsatib о`tilgan normalar vositasida huquqiy tartibga solishning maqsadi, vazifasi, prinsiplari, chegaralari, yо`nalishlari metodlari belgilanadi, huquqiy kategoriya va tushunchalar mustahkamlanadi.
Birlamchi huquqiy normalar boshqa norma va xulq-atvor qoidalarida mantikiy rivojlanishi va muayyanlashishi mumkin, bu hol о`z navbatida ularning bevosita harakat qilishini inkor qilmaydi.
Agar huquqni qо`llash aktini u yoki bu huquqiy prinsiplar bilan asoslashga ehtiyoj tug`iladigan bо`lsa va ayniqsa bu prinsip qonunchilikda tо`g`ridan tо`g`ri ifodalangan bо`lmasa yoki qandaydir qonunchilik qoidasining mustahkamligini tasdiqlash talab etilsa, yohud qabul qilinayotgan qarorning obru-e`tiborini kо`chaytirish zarur bо`lsa, ularga muayyan yuridik ishni hal qilishda ham murojaat qilish mumkin.
Birlamchi huquqiy normalar о`z xarakteri va mazmuniga kо`ra turlicha bо`lishi mumkin. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: boshlang`ich normalar, norma-prinsiplar, maqsad normalar. Boshlang`ich normalar - bu mavjud tuzum asoslarini mustahkamlovchi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat hayoti asoslarini, mulk shakllarini va xokazalarini mustahkamlovchi qoidadir. Boshlang`ich normalar davlatning Asosiy qonunida - Konstitusiyasida jamlanadi. Ular boshqa axloq normalarida va avvalo, norma-prinsiplarda rivojlanadi va mantiqiy ifodasini topadi. Norma-prinsiplar huquqiy prinsiplarni ifrodalovchi va mustahkamlovchi qonunchilik qoidalaridir. Huquqiy prinsiplarning tartibga solish yо`li ularni qonun yо`li bilan mustahkamlanishi bilan chambarchas bog`liqdir. Huquq prinsiplari qonunchilikda tо`laroq va kuchliroq ifodalansa ular shunchalik ahamiyatliroq bо`ladi. Qonunchilikda qoidalar mustahkamlangan huquq prinsiplari norma-prinsiplar bо`ladi.
Maqsad normalar – bu ayrim huquq sohalarining maksad va vazifalarini aniqlovchi hamda huquqiy tartibga solishning predmet shakli va huquqiy institutlarini aniqlaydi. Bunday normalarga Konstitusiyaviy Sudning maqsadlari va vazifalarini belgilovchi О`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi tо`g`risidagi Qonun misol bо`lib xizmat qiladi.
Definitsiya – normalar huquqiy kategoriya va tushunchalarning tavsifini о`zida mujassamlashtiradi. Bulardan masalan, jinoyat qonunida, jinoyat ta`rifi, ma`muriy qonunda - ma`muriy huquqbuzarlik harakati ta`rifi, fuqarolik qonunida bitimlarning ayrim turlari ta`rifi va xokazolarni kо`rsatish mumkin. Definitiv normalar, asosan evristik, yо`nalish beruvchi funksiyalarni huquqiy tartibga solish mexanizmini bajaradi. Agar bu turdagi normalar huquq tizimida bо`lmaganida edi – qonunchilik mavhumlashib ketar, uni qо`llash jarayoni esa yо`qqa chiqar yoki juda qiyinlashtirib qо`yar edi.
Aynan shuning uchun ham О`zbekiston qonunchiligida sо`nggi yillarda va ayniqsa, ijtimoiy munosabatlarning yangi xillarini tartibga solishda asosiy tushunchalar kengroq mustahkamlanmoqda. Masalan, iste`molchilarning manifatlarini himoya qilish haqidagi qonunda qо`llanilgan tushunchalarning ta`rifini mustahkamlagan, xususan «iste`molchi», «tayyorlovchi», «ijrochi», «sotuvchi», «standart» va xakozo tushunchalar, shular jumlasidandir.
Xulk-atvor normalari qoidalari, birlamchilardan farq qilib ular kishilarning xulq-atvori, ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga soladi. Ular subyektlarining о`zaro huquq va burchlarining kо`rsatadi. bu huquq va burchlarini amaldagi tatbiq qilish shartlarini, huquqbuzarlarga nisbatan davlat aks ta`sirini turlari va chorasini kо`rsatadi.
Regulyativ (tartibga soluvchi) huquqiy normaning о`ziga xos xususiyati shundaki, u ijozat beruvchi va majburlovchi xarakterlarga ega, shunga muvofiq u ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari uchun davlat tomonidan qо`riqlanadigan va kafolatlanadigan о`zaro subyektiv huquqlar hamda yuridik majburiyatlar о`rnatadi. U yoki bu ijtimoiy munosabatga norma qoidalarining maqsadli tartibga solish ta`siri ostida huquqiy xarakter kasb etadi, uning ishtirokchilari esa mazkur huquqiy munosabatlarni subyektlariga aylantiradi.
Yuridik fanda xulq-atvor norma-qoidalari ancha mukammal о`rganilgan. Yuridik normaning ta`rifi va uning nazariyasi yaqin vaqtlargacha umuman olganda butunlay xulk atvor normalari qoidalariga qaratilgan edi, birlamchi axloqiy normalarga daxldor normativ qoidalarning boshqa kо`pgina turlari nazardan chetda qolgan edi.
Yuridik adabiyotlarda huquq normalari, ularning maqsadidan kelib chiqib tartibga solinuvchi va qо`riqlanuvchi turlarga bо`linadi. Yuqoridagi normalarning vazifasi yо`nalishini kо`rsatib beruvchi bunday bо`linishga qarshi chiqmagan holda ayrim boshqa mualliflar singari bunday tasniflash shartlidir, zero qо`riqlash tartibga solish usullaridan biridir, oqibatda ayni bir normani ham regulyativ, ham quriklovchi deb atash mumkin.
Umumiy va maxsus huquq normalari. Ular bir biridan umumiylik darajasi va harakat doirasi bilan fark qiladi. Umumiy normalar qoida tariqasida u yoki bu huquq sohasining barcha huquqiy institutlarini (jinoyat huquqining shartli hukm qilish haqidagi, hukm ijrosini kechiktirish haqidagi, fuqorolik huquqining da`vo muddati haqidagi va xakozolarni qamrab oladi. Bu normalar huquq sohasining umumiy qismiga jamlanadi va tarmoq obyektlarini tartibga soladi. Ulardan farq qilib maxsus normalar u yoki bu huquq sohasining manbalari institutlariga tegishli bо`lib, ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlarni hisobga olgan holda ularning ma`lum bir turini tartibga soladi. Maxsus normalar umumiy kо`rsatmalarni detallashtiradi, ularni amalda tadbiq etishning vaqt va makondagi shartlarini muayyanlashtiradi, shaxsning xulq-atvoriga huquqiy ta`sir etishga qaratilgan bо`ladi. Shu tufayli, ular huquqning umumiy normalarni betо`xtov va izchil tatbiq etilishini ta`minlaydi. Maxsus normalar yig`indisi u yoki bu huquqiy sohaning maxsus qismini tashkil etadi.
Maxsus normalarga quyidagilar misol buladi: oldi-sotdi, xadya, pudrat, kapital qurilish va fuqorolik huquqining boshqa bitimlari haqidagi normalar; jinoyat huquqida bezorilik, bosqinchilik, о`g`rilik va hokazolar, jinoyat tarkiblari uchun belgilangan javobgarlik haqidagi normalar va hokazolar.
Huquq normalarining huquqiy tartibga solish predmeti bо`yicha (huquq sohalari bо`yicha): konstitusiyaviy, ma`muriy, moliyaviy, yer, fuqarolik, mehnat, jinoyat huquqi va boshqa soha normalariga bо`lish mumkin. Ma`lum bir ijtimoiy munosabatlarning sifat jihatidan bir xilligi va nisbiy mustaqilligi ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarning masusligi va ma`lum darajada о`ziga xosligining shartidir, bular jamlangan holda huquq soxasini tashkil etadi.
Huquq sohasi normalari moddiy va protsessual turlarga bо`linadi. Moddiy huquqiy normalar huquq subyektlarning huquq va burchlarini, ularning huquqiy holatini, huquqiy tartibga solish doirasini mustahkamlaydi. Boshqacha aytganda, ular huquq subyektiga unga nima huquq berishini va undan nima talab qilinishini kо`rsatib beradi.
Protsessual huquqiy normalar tashkiliy munosabatlarni tartibga soladi va hamda sof tashkiliy, rasmiyatchilik, boshqaruv xarakteriga ega. Ular doimo moddiy huquq normalari tartibini, shakllarini va tatbiq qilish usullarini tartibga soladi. Protsessual normalar ikkilamchi xarakter kasb etadi. Protsessual huquqiy normalar hamma vaqt ham alohida sohalarga jamlanavermaydi. Bu hol sodir bо`lgan taqdirda ham, u huquq sohasining ma`lum bir rivojlanish bosqichida bо`ladi. Protsessual normalar о`ziga xos huquqiy kompleksni hosil qilib, huquq sohasining ma`lum bir bо`linishi tashkil etilishidan vujudga keladi.
Huquqiy tartibga solish usuli bо`yicha huquq normalari imperativ, dispozitiv, rag`batlantiruvchi, tavsiya beruvchi normalarga bо`linadi.
Huquqning tartibga solishning mazmuni – asosan subyektlarning xulq-atvoriga ta`sir qilishning tо`rt usulidan iborat:
1) amr etuvchi-undovchi (imperativ) – davlat tomonidan kо`rsatilgan, qat`iy majburiy-subyektlarning xulq atvoriga nisbatan;
2) avtonom-dispozitiv, ular uchun о`z irodasini erkin tarzda ifodalashga keng imkon beradi;
3) rag`barlantiruvchi, davlat va jamiyat uchun zarur bо`lgan huquqiy va ijtimoiy faol xulq-atvordir;
4) tavsiya etuvchi davlat nuqtai nazardan eng maqbul xulq-atvor variantini taklif etadi. Shularga muvofiq yuridik normalar tasniflashtiriladi. О`z navbatida, ularning har biri ma`lum bir uslubning normativ asosini tashqil etadi, uning о`ziga xosligini belgilaydi, uning moddiy tavsifnomasining muhim elementi bо`ladi.
Imperativ normalar qat`iy-majburiy qoidalardir. Huquqning turli sohalariga qarashli kо`pchilik normalar imperativ hisoblanadi.
Dispozotiv normalar – xulq-atvor varianti haqida kо`rsatma bо`lgani bilan birga subyektlarga qonuniy vositalar doirasidagi munosabatlarni о`z xoxshicha tartibga solish imkonini beradi. Bunday keng huquqiy avtonomiyaning (munosabat qatnashchilariga beriladigan), dispozitiv norma bilan tartibga solinishining mohiyati shundaki, – bunda tomonlarga о`zaro huquq va majburiyatlar haqida kelishib olish imkonini beradi, u holat yuz bermagan taqdirda ma`lum bir majburiy xulq-atvor qoidasi qо`llaniladi. Bu dispozitiv normalar bayon qilinishining о`ziga xosligini ham shart qilib qо`yadi. Bu turdagi ma`lum bir xulq-atvor qoidasining bayoni odatda, quyidagi sо`zlar bilan «agar boshqa qonunda yo shartnomada kо`zda tutilmagan, belgilanmagan bо`lsa» ifodalanadi.
Shunday qilib, huquq subyektlarining mustaqilligi о`z xoxishiga kо`ra ish kо`rishga oid ularga berilgan imkoniyatda kо`rinadi.
Dispozitiv normalar huquqining kо`p sohalarida mavjud. Masalan, mehnat huquqida о`rnatilgan normaga kо`ra: agar mehnat shartnomasi tugagandan keyin ham mehnat munosabatlari davom etayotgan bо`lsa va tomonlardan birortasi uni tо`xtatishni talab qilmagan bо`lsa, bu holda shartnoma harakati noma`lum muddatga о`zaytirilgan hisoblanadi. Dispozitiv normalar kо`proq fuqarolik huquqiga hosdir, chunki bu sohani huquqiy tartibga solish uslubi subyektlarning tengligi holatiga asoslanadi.

Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling