Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish «Norma»
Download 161 Kb.
|
4mmavzuuu
Gipoteza - huquq normasining tarkibiy qismi bо`lib, unda norma amal qila boshlaydigan, ijro etiladigan sharoitlar bayon etiladi. Pensiya haqidagi qonunlarga kо`ra, О`zbekiston Respublikasida erkaklarga umumiy mehnat staji 25 yil bо`lgandan boshlab, 60 yoshdan, ayollarga esa 20 yillik staj bilan 55 yoshdan boshlab ta`minot bо`limlari tomonidan pensiya tо`lanadi.
Dispozitsiya - huquq normasining shunday tarkibiy qismiki, unda xulq-atvor qoidalarining о`zi shakllantiriladi, huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. Masalan, Jinoyat kodeksida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki О`zbekiston respublikasiga kirish yohud chegaradan о`tish uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi - hukumatning ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoiki buning uchun belgilangan chegara punkti orqali о`tmay, davlat chegarasidan noqonuniy о`tishning taqiqlanganligidir. Dispozitsiya - shu xulq-atvor qoidasining о`zi. Masalan, О`zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, ota-onalar о`z farzandlarining sog`lig`i, ruhiy, ma`naviy va axloqiy komoloti haqida g`amxо`rlik qilishga majburdirlar. Huquq normasining huquqbuzarga nisbatan qо`llash lozim bо`lgan davlat majburlov choralarini belgilaydigan tarkibiy qismi sanksiya deyiladi. Sanksiya - huquq normasini bajarmaganlik uchun davlat organlari qо`llaydigan majburlov chorasi. Sansiyaning turlari xayfsan, jarima, ozodlikdan mahrum etish va boshqalar bо`lishi mumkin. Huquq normalarining mazkur tarkibiy qismlari barcha huquq normalarida ham mavjud emas. Masalan, konstitusiyaviy huquq normalarida, odatda hech qanday shartlarsiz amal qiladigan va majburlov choralari kо`zda tutilmagan qoidalar bayon etiladi. Fuqarolik huquqining kо`pchilik qoidalarida sanksiyani ajratib kо`rsatish mumkin emas. Jinoyat huquqi normalari dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topgan. Lekin ularda normaning matnida ajratib kо`rsatish mumkin bо`lgan gipotezalar yо`q. Shunday qilib, huquq normasi quyidagilarni belgilab beradi: 1) kim, nimani va qachon qilishi kerak - dispozitsiya; 2) bu harakatni qaysi sharoitlarda amalga oshirish kerak - gipoteza; 3) huquq normasi bajarilmasligining oqibatlari qanday - sanksiY. Ta`kidlash kerakki, barcha huquq normalari ham uch tarkibiy qismga ega emas. Masalan, О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining normalari faqat gipoteza va dispozitsiyaga ega. Sanksiyalar esa Konstitusiya normalarini muayyanlashtiruvchi qonunlar, kodekslar va shu kabilarda ifodalangan. Bajarilishi shart bо`lgan yoki aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning tо`laligi bо`yicha dispozitsiyalar oddiy, tavsif etuvchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bо`linadi. Oddiy dispozitsiyada qilmish tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma`lum termin (masalan, qasddan odam о`ldirish) yordamida ta`riflanadi. Tavsiflovchi dispozitsiya - huquqbuzarlik belgilarining tо`liq bayonini о`z ichiga oladi (masalan, о`g`rilik - о`zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish). Xulosa Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun huquqning boshqa sohalari normalarida belgilangan maxsus qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchvun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qо`llashda murojaat qilish zarur bо`lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega bо`lmagan, balki о`sha qonunning boshqa normasiga yoki boshqa huquqiy hujjatga havola etuvchi dispozitsiya tushuniladi. Muayyanlik darajasi bо`yicha sanksiyalarni mutlaq muayyan, nisbiy muayyan va muqobil sanksiyalarga ajratish mumkin. Mutlaq muayyan sanksiya huquqbuzarga nisbatan qо`llaniladigan jazoning hajmini aniq belgilaydi. Masalan, Fuqarolik kodeksiga kо`ra, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar tо`laligicha qoplanishi shart. Nisbiy muayyan sanksiya huquqbuzarga nisbatan qо`llaniladigan jazoning eng kam va eng kо`p chegarasini belgilaydi. Jinoyat huquqida bunday sanksiyalar kо`p. Masalan, bosqinchilik jinoyati uchun mol-mulk musodara qilinib, о`n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Muqobil sanksiya sudga qonunda kо`rsatilgan bir necha jazodan birini tayinlash imkonini beradi. Masalan, firibgarlik, agar u og`ir oqibatlarga olib kelmagan bо`lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki mol-mulk musodara qilinib yoki qilinmay olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. Kо`pincha huquq normalari muqobil va nisbiy muayyan sanksiyalarning belgilarini о`zida mujassamlashtiradi, ya`ni bir necha jazo turlarini nazarda tutadi. Bunda ularning har biri uchun eng kо`p va eng kam chegara belgilanadi. Download 161 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling