Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish «Norma»


Download 161 Kb.
bet2/9
Sana04.04.2023
Hajmi161 Kb.
#1329468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4mmavzuuu

Birinchidan, jamiyat, shaxs yoki ijtimoiy guruh uchun kadr qimmatli bо`lgan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni о`zida aks ettiradi. Bunda adolat va erkinlik g`oyalari bilan belgilanadigan normadagi ijtimoiy munosabatlar – birinchi galda idrok etish va qonuniy mustahkamlash predmeti bо`ladilar.
Zararli, noxush ijtimoiy xulq atvor ham normalarda aks etadi, lekin о`z о`zidan emas, balki nizoli vaziyatlarni tartibga solish vositasi bilan aks etadi. Yuridik normalarda ijtimoiy vokelik, uning yо`nalishlari va rivojlanish istiqbollarini aks ettirishning murakkabligi, xatto nobop normalar qabul qilishga olib kelishi mumkin. Huquqda ijtimoiy voqelikni aks ettirish subyekti bо`lib davlat huquq ijodkor organlarining faoliyatini ilmiylik prinsiplariga har doim ham asoslanavermasligi hato normalar paydo bо`lishiga sabab bо`ladi.
Huquqiy normalarda aks ettiriladigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi darajasi normaning qonunchilik iyerarxik pogonasida egallagan о`rnini belgilaydi. Eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yuridik jihatdan katta ahamiyatga ega bо`lgan normativ huquqiy hujjatlar bо`lgan konstitusiyalarda, konstitusiyaviy qonunlarda ifodalanadi.
Ikkinchidan, huquq normasi tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarning modeli sifatida namoyon bо`ladi.
Modellashtirish – bu ongda ijtimoiy reallikning analogini tiklash yо`li bilan tabiiy va ijtimoiy hodisalarni idroq etish jarayonidir. Qonun chiqaruvchi ongida shakllantirilgan xudq-atvorning namunaviy variantlari, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlar modeli shaklida ifodalanadi.
Modelni ifodalash vositalari turli-tuman: tabiiy tillar, formulalar, konstruksiyalar, raqamlar va hokozalar.

Asosiy qism
Huquqiy norma faqat xulk-atvor emas, balki ijtimoiy munosabatlarning holati, ularning xususiyatlari, obyekti va subyekti tarkiblarini ham muvofiqlashtiradi. Bu holda u huquqiy holat va tushunchalar, huquqiy tartibga solish chegaralari, metodlari, prinsiplari haqida, huquqiy muvofiqlash va huquqiy zidlik, huquqiylik va nohuquqiylik haqida ma`lumot beradi. Ijtimoiy munosabatlar sifatida normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlangan yuridik normalar ijtimoiy voqealikning huquqiy vositachilikdagi tо`laroq ifodasini aks ettiradi. Aynan shuning uchun ham har qanday davlat va davrning qonunchilik yodgorliklarini о`rganish – davlat, jamiyat va davr hayoti, turmushi va huquqi haqida kо`pgina ishonchli axborotlar beradi. О`zidagi mavjud axborot va ijtimoiy munosabatlarni modellashtirishda alohida xarakter kasb etishi tufayli huquq normasi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish xossasiga egadir. Ijtimoiy munosabatlarni aks ettirar ekan, huquq normasi shu sababdan mazmunga ega bо`ladi va uning ifodalanishi о`ziga xos shaklga egadir.

Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling