Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish «Norma»


Rag`batlantiruvchi normalar


Download 161 Kb.
bet6/9
Sana04.04.2023
Hajmi161 Kb.
#1329468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4mmavzuuu

Rag`batlantiruvchi normalar – bu ma`lum bir davlat organlari tomonidan subyektlarning xulq-atvori davlat va jamiyat tomonidan qо`llab quvvatlanadigan varianti uchun beriladigan rag`barlantirish choralar haqidagi qoidalar bо`lib, о`z yuridik va ijtimoiy majburiyatlarini vijdonan bajarganlik yoki oddiy talab darajasidan yuqori natijalar uchun beriladi.
Rag`barlantiruvchi normalar kishilarning sermaxsul mehnatini, ularning ijodiy va ijtimoiy faolligini quvvatlaydi. Masalan mukofatlar haqidagi normalar.
Tavsiya beruvchi normalar – davlat nuqtai nazaridan maqg`bulroq bо`lgan ijtimoiy munosabatlarning tartibga solish variantini о`rnatadi.
Tavsiya normalari asosan davlat korxonalari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari uchun chiqariladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan tavsiya beruvchi normalarni 2 xil taqdir kutmoqda: hozirda mavjud bо`lgan bunday kо`pchilik normalar о`z mohiyatini yо`qotganligi sababli bekor qilinadi, chunki davlat korxona, qishloq xо`jaligi birlashmalari о`zining mayda-chuyda xomiyligidan ozod qiladi. Ularga tula xо`jalik va tashkiliy erkinlik beradi. Lekin ayni paytda imperativ normalar о`rniga kelayotgan tavsiya beruvchi normalar yanada rivojlanadi.
Bunday о`rin almashish bozor munosabatlari sharoitida huquqiy tartibga solish uslubining yengillashtirilganligini isbotlaydi.
Ifodalash shakliga kо`ra normalar qо`yidagicha: vakolat beruvchi, majburlovchi, taqiqlovchi normalarga bо`linadi.
Vakolat beruvchi huquqni belgilovchi normalar subyektlariga о`zlarida kо`zda tutilgan ijobiy xarakatlar qilish huquqini beradi. Masalan, «har bir shaxs erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega».
Majburlovchi normalar - ma`lum bir ijobiy xarakatlarni bajarish majburiyatini belgilaydi. Bunday norma uchun «majbur», «shart» degan sо`zlar xosdir.
Taqiqlovchi normalar - о`zlarida kо`rsatilgan xulq-atvorni, agar u qonunan yо`li bilan huquqbuzarlik deb topilgan bо`lsa, taqiqlaydilar.
Taqiqlar - bular davlat-xokimiyat amri bо`lib, ularning asosiy maqsadi shaxs va jamiyat uchun nomaqbul xatti-harakatlarning oldini olishdir.
Taqiqlangan xulq-atvor varianti bunda «taqiqlanadi», «haqli emas», «bо`lishi mumkin emas», «yо`l qо`yilmaydi» sо`zlari bilan ifodalanadi. Masalan, «О`zbekiston Prezidenti xalq deputati bо`lishi mumkin emas».

Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling