Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar


Download 64.21 Kb.
bet1/9
Sana04.02.2023
Hajmi64.21 Kb.
#1163603
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Baxodirov Sanjar kurs ishi tavakkalchilik




Mavzu: Riskni minimallashtirish sharoitida investitsion portfeli tuzish


REJA:
1. Risk tushunchasi, risklarni moliyalashtirish va minimallashtirish yo’llari.

2. Investitsion portfel va investitsiyalar


3. Vengriyaning OTP banki misolida investitsion portfel.


XULOSA VA TAKLIFLAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH

Bizning dono va bilimdon xalqimiz azaldan kelajak haqida qayg’urib jamlanmalar yoki zaxiralar xozirlab qo’yar edi. Biz bu ishlarni hozirgi zamonaviy tilda Investitsiyalar deb atamoqdamiz. Ha albatta oldinlari bizning ota – bobolarimiz turli moddiyliklar shaklida yonlaridagi ortiqcha yoki bo’sh pul mablag’larini o’zlari va farzandlarini kelajagi uchun investitsiya qilar ekanlar. Kimlardur jonivor olib bog’lab qo’yadi uni yemishini suvini berib nafaqat pulini saqlab balkim ko’paytirib turishi ham mumkin. Bundan tashqari dono xalqimiz ilgarlari don, yog’ go’sht va qishka yonilg’i zaxiralarini ham ancha oldindan va ancha ko’p miqdorda g’amlab qo’yar edilar. Mantiqan o’ylab qaralganda qish qanday kelishini yolg’iz yaratgan Olloxdan boshqa hech kim bilmaydi. Bu yil kelgan issiq qishni kelasi yil ham keladi deb tavakkal qilish bu ahmoqana usul hisoblanadi. Bobolarimiz qish qirovli kunlarda yaxshi o’tib ko’klamga yetish uchun mana shunday tatbirlarni amalga oshirishgan. Qishni zarani minimallashtirish deyish ham mumkin bir tamondan.


Aynan shu ishni korxona tashkilotlar misolida ham ko’rishimiz mumkin. Korxona tashkilotlar uchun ham kelishi aniq bo’lgan sinovli va tavakklachilik qilishga majbur etadigan xolatlarni qishga qiyoslash mumkin. Chunki qishni qanday kelishini bilmaganimizdek bazi qarorlarimizni ham natijasini oldindan aniq ayta olmaymiz chunki unga ko’plab omillar ta’sir qiladi.
Kurs ishini dolzarbligi: 2022 – yilning 16-noyabr kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida davlatimiz rahbari huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, «Suez», «Calik Holding», «Cengiz Enerji», «Halyk Bank», «VEON Group», «TBC Bank», Abu-Dabi taraqqiyot fondi, «ACWA Power», «Zeppelin International AG», «EDF», «AME International», «CNH Industrial», «Youngone Corporation», «Procter & Gamble», «Mitsui», «Sojitz Generation DMCC», «KIA Motors», «General Electric», «John Deere», «Silverleafe», «Knauf», «White&Case» kabi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar – Jahon banki, Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida global miqyosdagi inqirozli hodisalar sharoitida, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan yaqin hamkorlikka bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgan vaziyatda bugungi yig‘ilish alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, milliy iqtisodiyotimizning ochiqligini ta’minlash va uning xalqaro bozorlarga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar yaratish ushbu yangilanishlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingani qayd etildi.
Jumladan, valyuta bozori erkinlashtirildi, xususiy investorlarga energetika, geologiya-qidiruv, kimyo va neft kimyosi, tibbiyot va ta’lim kabi sohalarda faoliyat yuritish imkoniyatlari kengaytirildi.
Xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy qarorlar qabul qilindi. Bu sohada ikki yuzdan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi. Tadbirkorlikning soliq yuki qisqartirildi, xorijiy investitsiyalar uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Natijada, pandemiya va tashqi bozorlardagi og‘ir vaziyatga qaramasdan, iqtisodiy o‘sishning ijobiy dinamikasi saqlab qolindi va davom ettirilmoqda. So‘nggi 5 yilda iqtisodiyotimizga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi 10 baravar oshib, qariyb 40 milliard dollarni tashkil etdi.1
Bu shuni anglatadiki investitsiyaviy muhitni O’zbekiston sharoitida yaxshilash. Oddiy aholi qatlamiga ham imkon qadar investitsoin portfellar yaratish orqali xayotda uchrab turadigan riskli vaziyatlrda uni minimallashtishga xarakat qilish asosiy maqsad hisoblanadi.
Rivojlanayotgan jonajon O’zbekistonimiz bu sohaga katta e’tibor qaratayotganini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2022-yil 22-dekabrdagi Oliy majlisga yo’llagan murojatnomasidagi nutqidan ham bililsh mumkin. Murojatnomada:
“Kelgusi yili katta xususiylashtirishni boshlaymiz, 1 mingga yaqin korxona savdoga chiqariladi.
Bugun ko‘nglimdagi bir niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin.
Shuning uchun topshiriq berdim: kelgusi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi.
Bu chinakam xalqchil IPO bo‘lishiga ishonaman.”2
Murojatnomadan tushunadigan bo’lsak boshlangan yil investitsion portfelni tuzish uchun juda qulay imkoniyatlr yili bo’lishi kutilmoqda.

Download 64.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling