Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar


Download 64.21 Kb.
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi64.21 Kb.
#1163603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Baxodirov Sanjar kurs ishi tavakkalchilik

Investitsiya (lotincha: investio-”oʻrash”) iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqtga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va boshqalar ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin. Uning quyidagi turlari mavjud:

  • Davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi;

  • Chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi;

  • Xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi.4

Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab

1. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya;


2. Real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish) sohalariga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi.
Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalarga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, yuridik shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini qaytadan tiklashga qaratilgan xarakatidir. Bu borada asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni inqirozdan olib chiqish, uni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon xo’jalik aloqalarini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yaxshilashdir. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga qaratilgan. Bu borada mamlakatga kiritiladigan investitsiyalarning barcha turlari muhim ahamiyatga ega, xususan, portfel investitsiyalar ham.
Investitsiya haqida so’z borar ekan yuqorida takidlaganimizdek pul mablag’lariga faqtgina aksiyalar obligatssiyalar sotib olish orqali investitsion portfel yaratmaymiz. Biz turli xil mayda asosan endi ish boshlayotgan yoki avvaldan bo’lgan bo’lsada bozorni egallash uchun moliyaviy ko’makka muhtij kompaniyalarga yordam berish orqali. Ulardan daromad olish yo’llari yoki sherikchilik qilish bilan o’zimizni investitsion portfelimizi kengaytiramiz.
Investitsion portfelga xalq tilida ozroq tushuncha berib o’tsak. So’zimiz avvalida eslatganimiz ota bobolarimi kelajak uchun deb olib qo’yib boqadigan chorva mollari, yoki zarurat tug’ilsa ishlatamiz deb sotib olingan oziq – ovqat maxsulotlarining o’zi aslida o’sha vaqt uchun investitsion portfel ekan. Kulguli tuyulishi tabiiy lekin mantiqan o’ylansa to’g’ri fikr hisoblanadi. Korxona tashkilotlar boshqa bir kichikroq kompaniyalarga sarmoya kiritishdan maqsadi eng birinchi o’rinda albatta foyda olish hisoblanadi. Portfelning diversifikatsilashgani esa bu uni tashkil etish va boshqarish paytidagi risklarni minimallashtirishga yordam beradi. Misol uchun biz bir oyna ishlab chiqaradigan zavodning aksiyalarini sotib oldik, pullarni bo’laklarga bo’lib qolgan bir qancha qismini ham boshqa kompaniyalarda ulushga ega bo’lish uchun sarf ettik. Shu vaziyatda bizning yutug’imiz shunda bo’ladiki. Biz tanlagan koronalardan birontasi jiddiy qulash kasb etib aksiyalarini narxi tushib ketib kasodga uchragan taqdirda ham biz qolganlarini hisobiga zararimizi kamaytirsh imkoniyatimiz bo’ladi.
Investitsion faoliyatda riskni zararini kamaytirish uchun qilinadiga ishlardan yana biri bu likvidligi yuqori bo’lgan qimmatli qog’ozlar yoki tovar moddiy boyyliklarini sotib olishdan iboratdir.


Download 64.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling