Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar


Vengriyaning “OTP” banki misolida investitsion portfel


Download 64.21 Kb.
bet6/9
Sana04.02.2023
Hajmi64.21 Kb.
#1163603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Baxodirov Sanjar kurs ishi tavakkalchilik

3. Vengriyaning “OTP” banki misolida investitsion portfel

Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri – davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish va xususiylashtirishni kengaytirish. Barcha tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmoqda.


O‘zbekiston tabiiy resurslar borasida ulkan imkoniyatlarga ega ekani, ularni o‘zlashtirishda ishtirok etish uchun xorijiy investorlarga keng sharoitlar yaratilgani ko‘rsatib o‘tildi.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilingan va amalga oshirilmoqda. Uning doirasida mamlakatimizdagi raqamlashtirish jarayonlariga xorijdan sarmoya va texnologiyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda.
Mamlakatimiz prezidentining 2022-yilning 16-noyabrida Xorijiy investorlar kengashi bilan o’tkazgan yig’ilishida mutassaddilarga xorijiy investorlar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bugungi majlisda bildirilgan takliflar asosida aniq muddat va ijrochilarni ko‘rsatgan holda “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha O’zbekistonda uy-joy sohasida yirik bank hisoblangan Ipoteka banki ham dadil qadamlar tashladi. Davlat o’z ulishini 75%ni sotdi.
12 dekabr kuni Vengriyaning OTP Bank vakillari va O‘zbekistonning mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish shartlari bitimi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolandi, deb xabar berdi Moliya vazirligi axborot xizmati.
Kelishuvda OTP Bank tomonidan bank boshqaruv raisi va bosh ijrochi direktori Shandor Chani hamda uning o‘rinbosari Laslo Volf ishtirok etdi.
Shuningdek, OTP Bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi «Ipoteka-bank» bo‘yicha kelgusida hamkorlik qilishga kelishib oldi.


Aktivlar hajmi bo‘yicha «Ipoteka-bank»ning bozordagi ulushi 8,5 foizni, chakana mijozlar soni esa 1,6 mlndan ortiqroq kishini tashkil etadi.
Shuningdek, bank hududiy markazlar sifatida faoliyat yuritayotgan 39 ta filiali, 193 ta mijozlarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va muhim korporativ mijozlari bilan O‘zbekistondagi beshinchi yirik bank hisoblanadi.
So‘nggi uch yilda bank aktivlari kredit portfelida yiliga o‘rtacha 20 foizni, depozit portfelida esa 24 foiz o‘sishni qayd etdi. So‘nggi yillarda bankning soliq to‘lashdan keyingi foydasi (III chorak yakuni bo‘yicha 608 mln so‘mdan ortiqroq) ham barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatdi.
«Ipoteka-bank»ning ikkita kichik sho‘ba korxonasi bor: «Ipoteka lizing"(Ipoteka leasing) moliyaviy lizing kompaniyasi va «Imkon sug‘urta» sug‘urta sho‘ba korxonasi. Ikkala sho‘ba korxona ham bitimning bir qismidir. Bitimning moliyaviy yakuni 2023 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Vengriyaning «OTP Bank»i joriy yilning aprel oyida Rossiya-Ukraina urushi sabab «Ipoteka-bank»ning xususiylashtirish bo‘yicha to‘lovlarni bir necha oyga ortga surish uchun murojaat qilgandi.
Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan maxsus operatsiyasi sabab «OTP Bank» 30% zarar ko‘rgani ortidan Vengriya tomon ipoteka to‘lovlarini biroz muddatga kechiktirishni so‘ragan.
Biroz muddat o‘tib, oktabr oyining o‘rtalarida, bank III chorak yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etdi va tomonlar oktabr oyida imzolangan anglashuv memorandumi orqali bankning xususiylashtirish jarayoni qayta tiklanganini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 25 iyundagi tegishli qaroriga muvofiq, «Ipoteka-bank» ustav kapitalidagi davlat ulushi 2022 yilga qadar 50 foizdan kamaytirilishi belgilangandi. Bunda bank Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida xususiylashtirilishi ko‘zda tutilgan.
2020 yilning iyulida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyartoning Toshkentga tashrifi chog‘ida «OTP Bank» ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi ma’lum bo‘ldi. 2021 yilning fevralida «OTP Bank» O‘zbekistondagi banklardan birini xususiylashtirish jarayonida qatnashishi xabar qilingan edi.
O‘sha yilning sentabr oyida Vengriyaning «OTP Bank» banki «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini sotib olishi haqida Iqtisodiy forumda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.5



Download 64.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling