Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar
Download 64.21 Kb.
|
Baxodirov Sanjar kurs ishi tavakkalchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017-2018-yillar
IPOTEKA BANK
1996-yil: Ipoteka-bankning tarixi 1996-yil, “Toshkent uy-joy jamgʼarma banki” uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil etilganligiga borib taqaladi. 1997-yil: Uy-joy fondini moliyalashtirish tajribasini butun mamlakat miqyosida ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki tashkil etildi. 2005-yil: Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki “Zamin-bank” bilan birlashtirildi va Oʻzbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida “Ipoteka-bank” ATB tashkil etildi. 2007-yil: Ipoteka-bank O'zbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini oldi. Ipoteka-bank Moody’s reyting agentligining “Barqaror” istiqboldagi B1 reytingiga ega boʻlgan birinchi bank boʻldi. 2017-2018-yillar: Ipoteka-bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) oʻrtasida bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolandi va Bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya boshladi. 2019-yil: Xalqaro moliya korporatsiyasi Ipoteka-bankka 35 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratdi. 2020-yil: London Fond birjasida Ipoteka-bank tomonidan 300 mln. AQSH dollari miqdorida xalqaro obligasiyalar chiqarildi. 2021-yil: Ipoteka-bank yangi rivojlanish strategiyasi, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, biznes modeli, anderrayting va risklarni boshqarish tizimi va turli masofaviy xizmatlarni joriy qildi. Ipoteka-bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million AQSH dollari ekvivalenti) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqardi. 2021-yil sentabr oyida, OTP Bank Grup (Vengriya) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Ipoteka-bank” aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzoladi. “OTP BANK” "OTP BANK" aksiyadorlik jamiyati - eng yirik banklardan biri va u Ukraina moliya sektorining tan olingan yetakchisi. 1998 yildan beri Ukraina bozorida taqdim etilgan OTP Bank o'z iste'molchilariga Yevropa sifat standartlaridagi xizmatlarni taqdim etuvchi ijtimoiy mas'uliyatli, ishonchli va barqaror moliyaviy institut sifatida mustahkam obro'ga ega. 1998 yil mart – Raiffeisen bank Ukraina 100% xorijiy kapitalga ega bank sifatida tashkil etilgan. 2001 yil - bank Ukrainaning eng yirik banklarining 10 taligiga kirdi. 2006 yil - OTP Bank bozor ulushi qariyb 25% bo'lgan Vengriya bank bozorining etakchisi bankning yuz foiz egasiga aylandi. Bank OTP Bank (OTP BANK OAJ) deb qayta nomlandi. Vengriyadan tashqari, OTP Bank Plc. Osiyoning sakkizta davlatida (Ukraina, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya, Serbiya, Rossiya va Chernogoriya) o'zining sho'ba banklari orqali ishlaydi. OTP Group 1500 ga yaqin filiallari orqali 12 millionga yaqin mijozlarning ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli moliyaviy yechimlarni taqdim etadi. Hozirgi kunda OTP BANK OAJ Ukrainadagi OTP moliyaviy guruhiga sardorlik qiladi, uning tarkibiga Asset Management Company OTP Capital MChJ va OTP Leasing MChJ kiradi. Bu ko’rilayotgan obyekt misolidagi investitsion portfelga e’tibor beraylik. OTP bank avval boshida Ukrainada Raiffeisen nomi bilan chet el kapitali ishtirokda ochilgani keyinroq u bo’sh pul mablag’larini tasarruf etish maqsadida vengriyaning Vengriyaning OTP bankini aksiylarini katta miqdorini sotib olganini ko’rishmiz mumkin. Endi esa u o’z portfelini kengaytirish maqsadida O’zbekistondagi Ipoteka banki bilan qiziqib qolgan va uni sotib oldi. Xo’sh Ipoteka bankga qiziqish uchun asoslar? Nega OTP bank o’z investitsion portfeli doirasida aynan O’zbekistondagi Ipoteka bankini ko’rishni istadi? Bu savollarga Ipoteka bankining qisqacha SWOT analizidan keyin javob olishimiz mumkin bo’ladi.
Download 64.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling