Xurmo va uning Qur’onda aytilganidayek iste’mol qilinishi q ator oyatlarda xurmo jannatning ne'matlaridan biri sifatida ulug‘lanadi. «Ar-Rahmon»


Xurmo tarkibidagi kaltsiy va fosfat


Download 22.86 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2023
Hajmi22.86 Kb.
#1177568
1   2
Bog'liq
Xurmo va uning Qur

Xurmo tarkibidagi kaltsiy va fosfat skeletning o‘sishi va tananing suyak strukturasini muvozanatda saqlab turish uchun muhim bo‘lgan elementlardir. Xurmoda ko‘p miqdorda mavjud bo‘lgan fosfor va kaltsiy tanani suyak zaifligidan himoya qiladi va bunday kasalliklarni kamaytirishda yordam beradi.
Olimlar xurmo stress va taranglikni ham kamaytiradi deb urg‘u berishadi. Berkeley universitetining ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot xurmoda nervlarni mustahkamlaydigan B6 vitaminiko‘p miqdorda uchrashi va buyraklar uchun juda muhim bo‘lgan magniyning mavjudligini aniqladi. Inson o‘zining magniyga bo‘lgan talabini kuniga 2-3 dona xurmo iste'mol qilishi bilan qondirishi mumkin.119
Xurmodagi V1 vitamini asab sistemasining sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi, tanadagi uglevodning energiyaga aylanishiga va oqsil hamda yog‘larning tana ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatilishiga ko‘maklashadi. V2 vitamini tana energiyasi va hujayraning yangilanishini ta'minlash uchun oqsil, uglevod va yog‘larning parchalanishida yordam beradi
Homiladorlik davrida tananing A vitaminga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Xurmo tarkibida A vitamini bo‘lganligi tufayli, u ko‘rish qobiliyatini va tananing chidamliligini yaxshilaydi hamda tishlar va suyaklarni mustahkamlaydi. Xurmo, ayniqsa, beta-karotinga juda boy.120 Betakarotin hujayralarga xavf soluvchi molekulalarni nazorat qilish orqali saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi.
Bundan tashqari, boshqa mevalar xurmochalik oqsilga deyarli boy emas.121 Mana shu xususiyati bilan, xurmo tanaga kasalliklar va infektsiyalardan o‘zini himoya qilish, hujayralarni yangilash, suyuqlik muvozanatini ta'minlashda yordam beradi. Go‘sht ham foydali ovqat, lekin u endigina uzilgan xurmochalik foydali bo‘lmasligi mumkin. Darhaqiqat, homiladorlik davrida ortiqcha go‘sht iste'mol qilish, aslida tanada zaharlanishga olib kelishi mumkin. Homilador ayollar yengil va oson hazm qilinadigan meva va sabzavotlarni iste'mol qilishlari maqsadga muvofiq.
Bu dalillarning barchasi Allohning cheksiz bilimi va Uning insonlarga bo‘lgan muruvvatini namoyon qiladi. Ko‘rib turganimizdek, xurmoning, ayniqsa, homiladorlik davridagi va faqat yaqindagina zamonaviy tibbiyot fani orqali aniqlangan foydalari 1400 yil avval Qur'onda ta'kidlab o‘tilgan edi.

1. «Hurma» (Xurmo); www.geocities.com/SoHo/Easel/3809/hurma.htm
2. «Date and Health» (Xurmo va sog‘liq), www.sgp-dates.com/date.htm
3. «Break Your Fasting On Dates» (Nonushtani xurmolar bilan qiling); http://198.65.147.194/English/Science/2000/7/article5.shtml; Capa Blaffer va S. Syu Karter, «Mothering and Oxytocin Hormonal Cocktails for Two» (Ona mehri va iyush kishilik oksitotsin gormonal kokteyl); www.people.virginia.edu/~rjh9u/oxytocin.html
4. The Independent Newspaper, 9 iyun, 1995. 
5. «Date and Health» (Xurmo va sog‘lik); www.sgp-dates.com/date.htm
6. «Date Palm» (Xurmo palmasi); www.telmedpak.com/agricultures.asp?a=agriculture&b=date_palm.

Download 22.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling