Xush kelibsan, yangi yil
Download 36 Kb.
|
Tadbir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi (Asadbek)
- Qorbobo (Farhod)
- Och bo`ri va ayyor tulki (Muhriddin va Musobek)
- Tulki
- Bo`ri,tulki
- Olmaxon
- Yalmog`iz,bo`ri,tulki
Xonqa tumanidagi 14 - umumiy o`rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Ruziyeva Dilafruzning “Xush kelibsan, yangi yil!” tadbiri senariysi. (Yangi yil bayrami munosabati bilan adabiy-badiiy kecha) Zal sahnasi yangi yil bezaklari va sharlar bilan bayramona bezatilgan. Barcha o`quvchilar bayram liboslarini kiygan. Sahna ko`rinishi ijro etish uchun niqoblar va kiyimlar tayyor. Tadbir ishtirokchilari musiqa sadolari ostida sahnaga kirib keladilar. O`qituvchi:Assalomu alaykum,aziz mehmonlar,mehribon ustozlar!Kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo`lsin! Tabiatda qish fasli o`z hukmini o`tkazar, Ayoz bobo shimoldan sovuq shamol yetkazar Kirib keldi qish fasli bo`ron,sovuq,qor bilan Tabriklaymiz sizlarni do`stlar yangi yil bilan!
(Sahnaga ertakchi chiqadi.) Ertakchi (Omonboy): Bir bor ekan,bir yo`q ekan.Biz yashab turgan shu zamonda bir ayoz bobo bor ekan.Ayoz bobo har yili butun olamga qor yog`dirar, bo`ron yuborib, qish faslini bezatar ekan.olam oppoq libosga kirganda, odamlar yangi yil bayramini nishonlayotganda ,sovg`alar olib,butun yer yuzini sayr qilar ekan.Eng yaxshi ,eng odobli bolalarga sovg`alar ulashar ekan.Bolalar esa archa bezatib,qo`shiqlar,she`rlar o`rganib,ayoz boboni kutib olishar ekan.Ayoz bobo bir kuni nabirasi qorqiz bilan chaqqon quyonchalarni chaqirib,ularga bolalarga sovg`a-lar yig`ishni topshiribdi. Qorbobo (Farhod): -Hoy quyonchalar!Oppoqqina beozor quyonchalar ,jonivorlar!Menga sovg`a tayyorlashga yordam beringlar. Quyonchalar (Marjona va Muxlisa): Xo`p bo`ladi bobojon:Aytganingizni tezda bajaramiz. (Quyonchalar xursand bo`lib u yoqdan bu yoqqa yugurishadi.Panada turgan bo`ri va tulkini sezishmaydi.) Och bo`ri va ayyor tulki (Muhriddin va Musobek): -Mana bu g`ilay, kaltafahm jonivorlar nega buncha xursand bo`lib qolishdi?Kelinglar bir ta`zirini berib qo`yamiz. Ayiq (Javohir): -Nima shovqin,nima to`polon.Endigina uxlagan edim,kim u mening oromimni buzgan?Hozir u bezorining ta`zirini berib qo`yaman. Bo`ri va tulki:-Sizni uyg`otgan anovi quyonlar.Ularning jazosini berib qo`ying.Biz ularni tutishda yordam beramiz. Olmaxon (Gulsanam): -Yolg`on ayiq polvon aka. Ularning o`zlari sizni uyg`otib yuborishdi.Ayoz bobo quyonlarga sovg`a yig`ishni topshirgan edilar.Bo`rilar ularni quvlab,qo`rqitib yuborishdi. Ayiq:-Hoy, ochko`z bo`ri,ayyor tulki.Hali meni aldamoqchi bo`ldilaringmi?Hozir senlarni tutib jazolaringni beraman.Bo`ri va tulki qochishib,yalmog`iz kampirning huzuriga borishadi. Yalmog`iz kampirning kulbasi. Tulki:-Buvijon,buvijon .Eshigingizni oching,bizlar keldik. Bo`ri:-Buvijon,bizni ayiq polvondan qutqaring. Yalmog`iz (Sevinchoy): -Dunyodagi eng yaxshi kampirdirman.Chapga qarar birisin,o`ngni ko`rar bir ko`zim.To`polonchi,quloqsiz bolalarni sevaman.A`lochi bolalarni juda yomon ko`raman.Sehr jodu qilib,kuchimni ko`rsataman.Yomonlarga do`st bo`lib,yaxshini yig`lataman.Kelinglar, shumtakalar!Sizlarga nima kerak?Nega it talaganday qochib yuribsizlar? Bo`ri,tulki:-Quyonchalar bolalarga sovg`a tayyorlasharmish.Ayiq polvon bizlarni yeb qo`yarmish.Ularning jazosini berib qo`ying. Yalmog`iz: -Yuringlar mening kulbamga.Kirib maslahat qilamiz.Agar uchchalamiz birlashsak,rosa katta ishlar qilamiz.(kulbaga kiradilar).Olmaxon Ayoz boboga xabar beradi. Olmaxon: Qorbobo,tulki,bo`ri,yalmog`iz bir yomonlik o`ylashdi.Ular quyonchalarni yeb, sovg`alarni yo`q qilishmoqchi. Qorqiz (Inobat):-Voy yaramaslarey!Endi nima qilamiz, bobojon? Qorbobo;-Yur qizim, u ochko`zlarning jazosini beramiz.Toki,ikkinchi marta bunday ish qila olishmasin.Ular yalmog`iz huzuriga borishdi. -Ey,yaramas bezori,qora niyatli yalmog`iz.Har yili bolalarning bayramini buzib, yomon ishlar qilmoqchi bo`lasizlar.Yaxshi hamki bundan vaqtida xabar topdim.Hozir sizlarni umrbod muzlatib qo`yaman. Yalmog`iz,bo`ri,tulki:-Kechiring bobojon, boshqa bunday qilmaymiz. Qorqiz:-Bobojon,keling yangi yil arafasida ularni kechira qoling. Ayoz bobo:-Bo`pti,bu gal kechirdim.Yana shunday qilsangizlar,unda mendan xafa bo`lmanglar. Yalmog`iz,bo`ri,tulki:-Rahmat,bobojon! Ertakchi:-Mana,bolalar.Davramizga qorbobo va qorqiz kelyapti.Tezda davrani qizdiring,mening ertagim esa davom etaveradi. Sahna ko`rinish yakunlangach, tadbir ishtirokchilari turli she’r va qo`shiqlar aytib Qorbobodan sovg`a oladilar. 1-boshlovchi: Yangi yil keltisin sizlarga zafar Yangi yilda yana gullasin diyor. Har bir xonadonga rizqu ro`z to`lsin, Barcha insonlarning iqboli kulsin.
Istiqlol kulsin qolsin abadiy Degaymiz yangi yil bo`lsin omadli. Bugungi shodliklar tark etmay bizni, Ollohim mo`l qilsin nasibamizni. O`qituvchi: Hurmatli ustozlar va aziz ota-onalar, mana, o`quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan bayram tadbiri o`z nihoyasiga yetdi. Kirib kelayotgan 2016-yilda barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va oilaviy baxt hamrox bo`lsin! Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling