Xush kelibsan, yangi yil


Download 36 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi36 Kb.
#198596
Bog'liq
Tadbir


Xonqa tumanidagi 14 - umumiy o`rta ta’lim maktabining boshlang`ich

sinf o`qituvchisi Ruziyeva Dilafruzning

Xush kelibsan, yangi yil!”

tadbiri senariysi.


(Yangi yil bayrami munosabati bilan adabiy-badiiy kecha)

Zal sahnasi yangi yil bezaklari va sharlar bilan bayramona bezatilgan. Barcha o`quvchilar bayram liboslarini kiygan. Sahna ko`rinishi ijro etish uchun niqoblar va kiyimlar tayyor. Tadbir ishtirokchilari musiqa sadolari ostida sahnaga kirib keladilar.



O`qituvchi:Assalomu alaykum,aziz mehmonlar,mehribon ustozlar!Kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo`lsin!

Tabiatda qish fasli o`z hukmini o`tkazar,

Ayoz bobo shimoldan sovuq shamol yetkazar

Kirib keldi qish fasli bo`ron,sovuq,qor bilan

Tabriklaymiz sizlarni do`stlar yangi yil bilan!

1-boshlovchi (Asadbek): Darhaqiqat,yilimizni tarix qa`riga kuzatib,yangi yilni qarshi oladigan paytimiz kirib keldi.Biz sizlarga ertak aytib bermoqchimiz.

2-boshlovchi (Mahliyo): -Bu ertak mana shu yangi yil arafasida bo`ladi.Keling,ertagimizni tomosha qiling.

(Sahnaga ertakchi chiqadi.)



Ertakchi (Omonboy): Bir bor ekan,bir yo`q ekan.Biz yashab turgan shu zamonda bir ayoz bobo bor ekan.Ayoz bobo har yili butun olamga qor yog`dirar, bo`ron yuborib, qish faslini bezatar ekan.olam oppoq libosga kirganda, odamlar yangi yil bayramini nishonlayotganda ,sovg`alar olib,butun yer yuzini sayr qilar ekan.Eng yaxshi ,eng odobli bolalarga sovg`alar ulashar ekan.Bolalar esa archa bezatib,qo`shiqlar,she`rlar o`rganib,ayoz boboni kutib olishar ekan.Ayoz bobo bir kuni nabirasi qorqiz bilan chaqqon quyonchalarni chaqirib,ularga bolalarga sovg`a-lar yig`ishni topshiribdi.

Qorbobo (Farhod): -Hoy quyonchalar!Oppoqqina beozor quyonchalar ,jonivorlar!Menga sovg`a tayyorlashga yordam beringlar.

Quyonchalar (Marjona va Muxlisa): Xo`p bo`ladi bobojon:Aytganingizni tezda bajaramiz.

(Quyonchalar xursand bo`lib u yoqdan bu yoqqa yugurishadi.Panada turgan bo`ri va tulkini sezishmaydi.)



Och bo`ri va ayyor tulki (Muhriddin va Musobek): -Mana bu g`ilay, kaltafahm jonivorlar nega buncha xursand bo`lib qolishdi?Kelinglar bir ta`zirini berib qo`yamiz.

Ayiq (Javohir): -Nima shovqin,nima to`polon.Endigina uxlagan edim,kim u mening oromimni buzgan?Hozir u bezorining ta`zirini berib qo`yaman.

Bo`ri va tulki:-Sizni uyg`otgan anovi quyonlar.Ularning jazosini berib qo`ying.Biz ularni tutishda yordam beramiz.

Olmaxon (Gulsanam): -Yolg`on ayiq polvon aka. Ularning o`zlari sizni uyg`otib yuborishdi.Ayoz bobo quyonlarga sovg`a yig`ishni topshirgan edilar.Bo`rilar ularni quvlab,qo`rqitib yuborishdi.

Ayiq:-Hoy, ochko`z bo`ri,ayyor tulki.Hali meni aldamoqchi bo`ldilaringmi?Hozir senlarni tutib jazolaringni beraman.Bo`ri va tulki qochishib,yalmog`iz kampirning huzuriga borishadi.

Yalmog`iz kampirning kulbasi.



Tulki:-Buvijon,buvijon .Eshigingizni oching,bizlar keldik.

Bo`ri:-Buvijon,bizni ayiq polvondan qutqaring.

Yalmog`iz (Sevinchoy): -Dunyodagi eng yaxshi kampirdirman.Chapga qarar birisin,o`ngni ko`rar bir ko`zim.To`polonchi,quloqsiz bolalarni sevaman.A`lochi bolalarni juda yomon ko`raman.Sehr jodu qilib,kuchimni ko`rsataman.Yomonlarga do`st bo`lib,yaxshini yig`lataman.Kelinglar, shumtakalar!Sizlarga nima kerak?Nega it talaganday qochib yuribsizlar?

Bo`ri,tulki:-Quyonchalar bolalarga sovg`a tayyorlasharmish.Ayiq polvon bizlarni yeb qo`yarmish.Ularning jazosini berib qo`ying.

Yalmog`iz: -Yuringlar mening kulbamga.Kirib maslahat qilamiz.Agar uchchalamiz birlashsak,rosa katta ishlar qilamiz.(kulbaga kiradilar).Olmaxon Ayoz boboga xabar beradi.

Olmaxon: Qorbobo,tulki,bo`ri,yalmog`iz bir yomonlik o`ylashdi.Ular quyonchalarni yeb, sovg`alarni yo`q qilishmoqchi.

Qorqiz (Inobat):-Voy yaramaslarey!Endi nima qilamiz, bobojon?

Qorbobo;-Yur qizim, u ochko`zlarning jazosini beramiz.Toki,ikkinchi marta bunday ish qila olishmasin.Ular yalmog`iz huzuriga borishdi.

-Ey,yaramas bezori,qora niyatli yalmog`iz.Har yili bolalarning bayramini buzib, yomon ishlar qilmoqchi bo`lasizlar.Yaxshi hamki bundan vaqtida xabar topdim.Hozir sizlarni umrbod muzlatib qo`yaman.



Yalmog`iz,bo`ri,tulki:-Kechiring bobojon, boshqa bunday qilmaymiz.

Qorqiz:-Bobojon,keling yangi yil arafasida ularni kechira qoling.

Ayoz bobo:-Bo`pti,bu gal kechirdim.Yana shunday qilsangizlar,unda mendan xafa bo`lmanglar.



Yalmog`iz,bo`ri,tulki:-Rahmat,bobojon!

Ertakchi:-Mana,bolalar.Davramizga qorbobo va qorqiz kelyapti.Tezda davrani qizdiring,mening ertagim esa davom etaveradi.

Sahna ko`rinish yakunlangach, tadbir ishtirokchilari turli she’r va qo`shiqlar aytib Qorbobodan sovg`a oladilar.



1-boshlovchi:

Yangi yil keltisin sizlarga zafar

Yangi yilda yana gullasin diyor.

Har bir xonadonga rizqu ro`z to`lsin,

Barcha insonlarning iqboli kulsin.

2-boshlovchi:

Istiqlol kulsin qolsin abadiy

Degaymiz yangi yil bo`lsin omadli.

Bugungi shodliklar tark etmay bizni,



Ollohim mo`l qilsin nasibamizni.

O`qituvchi: Hurmatli ustozlar va aziz ota-onalar, mana, o`quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan bayram tadbiri o`z nihoyasiga yetdi. Kirib kelayotgan 2016-yilda barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va oilaviy baxt hamrox bo`lsin!
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling