Xususiylashtirish tushunchasi: maqsadi, tamoyillari va yo’llari
Xususiylashtirish maqsadida ko’chmas mulk qiymatini baholashning huquqiy asoslari
Download 73.7 Kb.
|
Xususiylashtirish maqsadida ko’chmas mulk qiymatini baholashning huquqiy asoslari
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish asoslari deganda, mulk huquqining olinishi yoki yo`qotilishi bilan bog`liq bo`lgan yuridik faktlar nazarda tutiladi. Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning iqtisodiy tizimi o`z ifodasini topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslariga bo`linadi. Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar bo`yicha mulkka nisbatan subyektiv fuqarolik huquqi ilgari hech kimga tegishli bo`lmagan mulkka nisbatan yoki avvalga mulk egasining huquqi bilan bog`liq bo`lmagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi: birinchidan, tabiat ne'matlarini o`zlashtirish; ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish; uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga olinishi; to`rtinchidan, egasi bo`lmagan mulkka yoki egasi bo`lsa ham xo`jaliksiz bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan topilgan ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hollarida yuz beradi. Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat o`ziga xosdir. Mulkdor bo`lmagan, lekin ko`chmas mol-mulkka o`n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o`ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya'ni to`la ma'noda mulkdor huquqlariga ega bo`ladi (FKning 187-moddasi). Yuqorida aytganimizdek, xususiy mulk huquqi fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslar mulki ko`rinishida uchraydi. Fuqaro mulki xususiy mulkning o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, mulkning boshqa turlari nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo`ladi; 2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo`ladi va shu sababli ham unga ta'sir qilishda qator ustunliklarga ega; 3. Binobarin, bunday mol-mulk tashmachilik, o`g`rilik, xo`jasizlikning qurboni bo`lish ehtimolidan uzoqdir. Boshqacha aytganda, xususiy mulkning bu turini fuqarolarga yakka tartibda tegishli bo`lgan mol-mulk ma'nosida tushunish mumkin. Bu mulkning eng asosiy belgilari mol-mulkka nisbatan mulkdor yakka shaxs, ya'ni fuqaro ekanligi va u mol-mulkka nisbatan o`z huquqlarini xususiy tarzda amalga oshirishga haqli ekanligidir. Xususiy tarzda amalga oshirish deyilganda, mulk sohibi bo`lgan shaxsning boshqa har qanday shaxslardan ruxsat olmay, o`z xohishiga ko`ra mulkiy huquqlarni e'tirof etish, yollanma mehnatni qo`llash asosida foyda olish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish vositalariga, korxonalarga egalik qilish imkoniyatlariga yo`l ochdi. Ayni vaqtda xususiy mulk huquqini fuqarolarning o`ziga yakka tartibda tegishli mol-mulkka nisbatan erki va irodasini amalga oshirishda mutlaq xohishni ro`yobga chiqarish ma'nosida tushunmaslik lozim. Xususiy mulk egasi o`z huquqlarini amalga oshirishda atrof-muhitga zarar yetkazmasligi va boshqa shaxslarning manfaatlarini buzmasligi lozim. Yuqorida ta'kidlanganidek, barcha mulk turlari ichida faqat fuqarolar mulkida mulkdor o`z mulkiga eng yaqin turadi. Qachonki mulkdor aniq va muayyan bo`lsa, o`z mol-mulkiga bevosita tez va oson ta'sir ko`rsatishga, nazorat qilishga imkon tug`iladi, bunday mol-mulk esa xo`jasiz qolmaydi. Aksincha, mulkdorning doimiy nazorati, boshqaruvi, g`amxo`rligi ostida ko`payib, rivojlanib boradi. Fuqarolar mulki sifatidagi bunday xususiy mulk bozor munosabatlari tizimida tadbirkorlik faoliyatining moddiy negizi mo`l-ko`lchilik va farovonlik manbai sifatida o`ziga xos mavqega ega bo`ladi. Shu bilan birga mulkdorning o`z mulkiga yaqin turishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida o`zgarib turuvchi talab va taklifga tez moslashish imkonini beradi. Fuqarolarga qarashli mol-mulk oila mulki ko`rinishida ham bo`lishi mumkin. Oila – kishilarni bir-birlari bilan qon-qarindoshlik yoki nikoh asosida birgalikda yashab, umumiy xo`jalik yurituvchi uyushmasidir. Oilaviy mulkning tarkibiga quyidagilar kiradi: –er-xotinning birgalikdagi mulki; –oila a'zolarining har biriga shaxsan tegishli bo`lgan mulk, shu jumladan nikohgacha bo`lgan mulk ham; –oilaviy umumiy mulk – oila mulki oila a'zolarining umumiy kelishuvi asosida boshqariladi. Umumiy qoidaga ko`ra oila yuridik shaxs emas, biroq oila zamirida dehqon xo`jaligi tashkil etilsa, u yuridik shaxs huquqidan foydalanish mumkin. Biroq, bu yerda oila bilan dehqon xo`jaligini aslo aralashtirib yubormaslik kerak. Xususiy mulk huquqining ikkinchi ko`rinishi – nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqidir. Nodavlat, ya'ni davlatga qarashli bo`lmagan yuridik shaxslar mulkining iqtisodiy mazmuni tashkiliy jihatdan uyushgan kishilar guruhiga moddiy ne'matlarning tegishli ekanligida ifodalanadi. Ba'zi iqtisodiy adabiyotlarda yuridik shaxslar mulki shu jamoa a'zosi hisoblangan shaxslarning umumiy hissali mulki deb ko`rsatiladi. Bu – noto`g`ri. Mazkur mulkning subyekti faqat yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mulkida umumiy mulkdagi kabi ko`p subyektlilik emas, balki bir subyektlilik mavjud. Yuridik shaxslar mulkining quyidagi turlari mavjud: a) mahalla mulki; b) kooperativ mulk; v) jamoa korxonalarining mulki; g) ijara korxonasining mulki; d) xususiy korxonalar mulki; ye)xo`jalik shirkati va jamiyati mulki; z) jamoat birlashmalarining mulki; i) diniy tashkilotlarning mulki. Download 73.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling