Xususiylashtirish tushunchasi: maqsadi, tamoyillari va yo’llari
Download 73.7 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- S v.s. = S * Ss.e. * K1 * K2 * K3 * … Ky * Ismr * I1 * I2 * I3 * … Iu bu yerda: S v.s.
I1,I2,I3, … Iy – narxlarning qimmatlashish indekslari.
Tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari asosida ko’chmas mulkning tiklanish qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi. Ko’chmas mulkning tiklanish qiymati quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: S v.s. = S * Ss.e. * K1 * K2 * K3 * … Ky * Ismr * I1 * I2 * I3 * … Iu bu yerda: S v.s. – ko’chmas mulk obyektining tiklanish qiymati; S – ko’chmas mulk obyektining o’lchov birligi (hajm, yuza, pogon metri va h.k.); Ss.e. – tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatkichi; K1, K2, K3, … Ku – tuzatish koeffitsientlari (kapitallik guruhi, hududning zilzilabardoshligi, hududiy koeffitsient va h.k.); Ismr – qurilish-montaj ishlari qiymatining qimmatlashish indeksi; I1,I2,I3, … Iy – narxlarning qimmatlashish indekslari. Qurilish-montaj ishlari qiymatining qimmatlashish indeksi 1991-yil narxlarida belgilangan qurilish smeta qiymatiga nisbatan qo’llaniladi. Joriy narxlar asosida aniqlangan ko’chmas mulkning smeta qiymatiga nisbatan qurilish-montaj ishlarining qimmatlashish indeksi qo’llanilmaydi. Ko’chmas mulkning tiklanish qiymatiga ko’chmas mulk tiklanish qiymatining joriy narxlardagi 10 foizi miqdoridagi tadbirkorlik foydasi summasi qo’shiladi. Yangi aniqlangan ko’chmas mulk va qurilishi tugallanmagan obyektlarni baholash xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.Ko’chmas mulkning umumiy eskirishi jismoniy, funktsional va tashqi eskirish ko’rsatkichlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Funktsional eskirish bartaraf etiladigan va bartaraf etilmaydigan bo’ladi. Bartaraf etiladigan funktsional eskirish: ilgari mavjud bo’lmagan yangi elementni qo’shishni talab etadigan kamchiliklar; eski elementni yangiga almashtirishni yoki zamonaviylashtirishni talab etadigan kamchiliklar; o’ta takomillashtirishlar (ortiqcha qiymat) bilan belgilanadi. Bartaraf etilmaydigan funktsional eskirishga biron-bir element nuqsoni yoki o’ta takomillashtirishlar sabab bo’lishi mumkin. Ilgari mavjud bo’lmagan yangi elementni qo’shishni talab etadigan kamchiliklar ushbu elementlarni qo’shish, shu jumladan ularni o’rnatish qiymati bilan o’lchanadi. Ko’chmas mulk obyektida bor bo’lgan va mavjudligi hozirgi vaqtda zamonaviy foydalanish standartlariga mos kelmaydigan elementlar o’ta takomillashtirishlar hisoblanadi. Ular o’ta takomillashtirishlar pozitsiyalarining joriy tiklanish qiymati, minus jismoniy eskirish, plyus demontaj qiymati va minus materiallarni qaytarish qiymati, agar u mavjud bo’lsa (yoki tugatish qiymati) sifatida o’lchanadi. Ko’chmas mulk obyektini xususiylashtirish maqsadida baholashda, agar hisoblangan umumiy eskirish 70 foizdan ortiq bo’lsa, eskirishning bazaviy ko’rsatkichi sifatida 70 foiz olinadi. Ko’chmas mulk qiymatini loyiha-smeta hujjatlariga yoki yiriklashtirilgan normativlarga muvofiq hisoblash balans (qoldiq) qiymatidan past natija bergan holda, balans (qoldiq) qiymatga Hukumat qarori bo’yicha so’nggi qayta baholash sanasidan boshlab narxlarning qimmatlashish indeksini qo’llash yo’li bilan amalga oshirilgan qiymatning hisobi asos sifatida olinadi. Download 73.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling