Xususiylashtirish tushunchasi: maqsadi, tamoyillari va yo’llari


O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”


Download 73.7 Kb.
bet8/10
Sana10.02.2023
Hajmi73.7 Kb.
#1187487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”
Mazkur Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
uyidagilar xususiylashtirish maqsadida baholash obyektlari (keyingi o‘rinlarda matnda baholash obyekti deb yuritiladi) hisoblanadi:
mulkiy majmualar sifatidagi davlat unitar korxonalari yoki davlat muassasalari (keyingi o‘rinlarda matnda korxonalar deb yuritiladi);
davlat mulkida bo‘lgan ko‘chmas va ko‘char mulk;
davlatga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar;
yuridik shaxslarning ustav fondlarida davlatga tegishli bo‘lgan ulushlar va mulkiy paylar;
davlatga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar (intellektual mulk obyektlaridan tashqari).
Qonun bo`yicha fuqaro yoki yuridik shaxs sotib olishi, foydalanishi va hadya qilishi mumkin bo`lgan har qanday narsa xususiy mulk obyekti bo`lishi mumkin. Xususiy mulk o`zining huquqiy rejimiga ko`ra fuqarolik erkin muomalasidagi xususiy mulk va fuqarolik muomalasida harakati cheklangan xususiy mulkka bo`linadi.

Fuqarolik muomalasida harakati cheklangan mol-mulk obyektlarini erkin ravishda sotish va sotib olish mumkin emas. Bunday obyektlarning fuqarolik muomalasidagi harakati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yer xususiy mulk sifatida o`ziga xos xususiyatlarga ega. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi farmoni113ga asosan savdo obyektlari joylashgan yer uchastkalari xususiy mulk sifatida sotilishiga ruxsat beriladi. Bunday sotish tanlov yoki kim oshdi savdolari asosida amalga oshiriladi. Turar joy yoki ma'muriy binolar joylashgan yer uchastkalari xususiy mulk qilib sotilmaydi.





    1. Download 73.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling