Xvi bob. 0 ‘smirlik davri reja
Крайг Г. Психология развития.C .5 9 1-592
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlanish psixologiyasi. 7-ma\'ruza
1 Крайг Г. Психология развития.C .5 9 1-592.
355 Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishi- ga qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan il- lyuziya paydo bo‘ladi. «Xayoldagi auditoriya» fenomeni egotsentrizm komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi, u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. 0 ‘smirlik egotsen- trizm ining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afso- na - bu shaxsiy kechinm alarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda teng- doshlari bilan o‘z hissiyotlarini bo‘lishish, ular bilan yaqin ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin. Men konsepsiyasi — o ‘z-o ‘zini anglashning yangi darajasi si fatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilm a hisobla nadi. 0 ‘z-o ‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xu susiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini, o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0 ‘smirlar- ning o‘zi bilan bog‘liq kechinm alari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu o‘sm irning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bog‘liq. Ko‘pincha o‘smirlar o ‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchi- liklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bog‘liq, kattalarning salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kam dan kam ko‘rsa- tiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi. 0 ‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy m ezonlarini ishlab chi- qishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholash- ga, shaxsining kuchli tom onlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. 0 ‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o ‘z-o ‘zini anglash ro‘y beradi. K attalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o ‘zini tarbiyalash, o‘z-o ‘zini ko‘rsatish, o‘z-o ‘zini tasdiqlatish, o‘z-o ‘zini namoyon qilishga intilish kuchayadi. 0 ‘z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi o‘sm irning o‘qish faoliyatiga yangicha m a’no beradi, o‘z-o ‘zini 356 namoyon qilish, o‘z-o ‘zini takom illashtirish, o‘z-o‘zini rivojlan tirishga o‘tiladi. Ilk o ‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi m uam mosi bilan bogMiq1. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shax siy o ‘z-o‘zini belgilash tugallanadi. 0 ‘zbekistonlik psixologlarning o‘smirlik davri xususiyatlari borasidagi tadqiqotlariga e’tiboringizni qaratam iz. G.B.Shoum arovning shogirdi D.R.Rahm onovaning « 0 ‘smir- larda qo‘rqinch determinatsiyasi xususiy holatlarining tur li vaziyatlarda rivojlanishi» mavzusidagi ilmiy ishida m ehribon- lik uylarida, oilada va m ehnat tuzatish koloniyalarida yashovchi o‘smirlarda tadqiqot olib borgan b o lib , psixik og‘ishish che- garaviy zonasining uchta, ya’ni dezintegratsiyalashgan, bi ologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradi- gan qo‘rqinch determ inatsiyasi m exanizm larini yoritib bergan va o‘z ilmiy izlanishlariga tayangan holda shaxslararo m uno sabatlar jarayonida emotsional zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan qo‘rqinchning o‘sm irlar psixik holatiga jiddiy ta ’sir ko‘rsatishini ta ’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, qo‘rquv fenomenologiyasi uni tashkil etuvchi biologik, ijtimoiy va dezintegratsion komponent- larga bog‘liqdir. M uallif dezintegratsion qo‘rquv deganda o‘smir emotsional sohasiga jiddiy rezonans olib keluvchi xayoliy sub- yektiv idrok etilgan xavf-xatarning shaxsda mavjudligini nazarda tutib, ushbu qo‘rquv biologik ham da ijtimoiy qo‘rquv xususiyat larini va uning darajalarini aniqlashda sababiy omil hisoblanishi- ni ta ’kidlaydi2. D.R.Rahmonova qo‘rquvning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritib berar ekan, oiladan tashqaridagi o‘smirlar- da emotsional namoyon bo‘lishiga ham da shaxsning psixik ho- latlari ko‘rsatkichlariga ko‘ra oilada tarbiyalanayotgan o‘smir- Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling