Xvi bob. 0 ‘smirlik davri reja


Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana08.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1756518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi. 7-ma\'ruza

16.6. Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz
0 ‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini 
anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr 
hisoblanadi. 0 ‘sm ir ulg‘aygan sari unda «Ideal Men», «Axloqiy 
Men» va «Haqiqiy Men» singari shaxsga oid tizim , dunyoqarash, 
e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to ‘g‘risidagi 
tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.
0 ‘sm ir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e ’tiqod va shax­
siy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 0 ‘sm ir shax­
sini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalar- 
ga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar 
o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘sm irlarning ko‘pchili- 
gi qat’iyatlilik, kamtarlik, m ag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik ka­
bi m a’naviy, axloqiy tushunchalarni to ‘g‘ri anglaydilar. U larning 
turm ush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror 
e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zam inida 
axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.
M a’lum ki, o ‘sm irlik davrida o‘sm irning «men»i qaytadan 
shakllana boradi. U ning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o ‘ziga bo‘lgan 
munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.
0 ‘sm ir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi 
kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga 
ishontirishdan iboratdir. M ustaqil ishlar qilishga uringan o ‘smir 
shunday qilishga haqqi borligiga o‘zin i-o ‘zi ishontiradi, chunki
354


men endi «katta bo‘lib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham 
psixologlar «katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi»ni shaxsning o‘smirlik 
yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.
L.S.Vigotskiy o‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga 
bog‘liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko‘rsatgan. 
Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jin ­
siy qiziqishlarning paydo b o lish i bilan bog‘liq. Bunda quyida- 
gi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon boiadi: ish qobiliyati- 
ning, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘sm irning qo‘polligi va yuqori 
qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish 
va b. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo‘li- 
shi bilan xarakterlanadi. 0 ‘smirda boshqalarning va o‘zining psi­
xologik kechinm alariga qiziqish paydo boiadi.
0 ‘sm irlik davridagi inqiroz — o ‘sm ir kechinm alari, uning 
strukturasi, m azm unining q at’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vi­
gotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. In- 
qirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchi- 
lar tom onidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi 
psixologik tuzilm alar shakllanadi. Inqirozning kechishi katta­
larning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tar­
biya taktikasini m ohirona o‘zgartirishiga, o‘sm irning yangi eh- 
tiyojlari, yangi qobiliyatlariga bog‘liq ravishda m unosabatlarni 
o‘zgartirishiga bog‘liq.
Sog‘lom o ‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depres- 
siv kechinm alar, tez ranjish va boshqalar xos. 0 ‘smirlarda ko‘p 
uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuch- 
li reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining 
yuqoriligi orasidagi qaram a-qarshilik bilan bog‘liq.
0 ‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq 
ravishda o‘smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratisha- 
di1. 0 ‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarish- 
larga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling