Xvi bob. 0 ‘smirlik davri reja


 ‘smirlik davrida psixologik yangilik


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana08.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1756518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi. 7-ma\'ruza

16.5. 0 ‘smirlik davrida psixologik yangilik
0 ‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng m uhim xislat — 
voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida aham i­
yatga ega. K attalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, 
qiziqishda, m unosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z 
ifodasini topadi. 0 ‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususi- 
yatlarni o‘rgana turib, o ‘sm irlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, 
kamolotga erishish yo‘llarini va unga ta ’sir etadigan biologik va 
ijtimoiy om illarning bevosita ta ’sirini tushunish mum kin. Jinsiy 
yetilish o‘sm irning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vo­
sita sifatida ta ’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta ’sirdir. Kichik 
o‘sm ir psixologik «mexanizmi» sxematik ravishda quyidagicha 
baholanadi. Endokrin garm onlarining paydo b olishi va ularning 
markaziy nerv sistemasiga ta ’sir qilishi bilan bog‘liq b o lg an jin ­
siy yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psi­
xologik im koniyatlarini oshiradi ham da ularning o‘zlarini kat- 
talardek his etish, mustaqil bo‘lish tuyg‘ularini tuyushlari uchun 
qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanish­
ning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to ia
tayyor bo‘lmaydi. Ijtimoiy om illar esa quyidagilardir: kichik 
maktab yoshidan o‘rta maktabga o‘tish, ya’ni yakka o‘qituvchi 
rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga o‘tish va mu- 
loqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib bo- 
rish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga 
bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga 
nisbatan kichik o‘smirlarda paydo bo‘ladigan kelisha olmaslikni 
ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoit- 
lar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, m ahal- 
la-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta ’siri bilan bog‘lash zarur.
346


M ana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlim ni 
o‘zgartirish yo‘li bilan o‘sm irlarning xulq-atvoriga to‘g£ridan 
to‘g‘ri ta ’sir ko‘rsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kam chiliklari- 
ni tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mum kin. 
Bu davrda o‘sm ir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin katta­
lar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. 0 ‘sm ir 
o‘zining qobiliyati va kuchini to ‘g‘ri baholam ay turib, murakkab 
hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, am m o fikr yuritish qo­
biliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kam- 
chiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra 
kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni 
yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, ata- 
yin qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshim chalik 
bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e ’tibor ber- 
maydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini 
namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlay- 
dilar. 0 ‘sm ir xulqidagi bunday o‘zgarishlar o‘qituvchi va ota-ona- 
larni qattiq tashvishga soladi. U larni ijobiy tomonga o‘zgartirish 
uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. 
Bu yoshda kattalar o‘sm irlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kam- 
chilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab 
emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish 
uni «katta bo‘lib qolganlik» tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki kat­
ta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerak- 
ligini anglatishi zarur.
Kichik o‘smir davrida bilish faolligi, bilishga b o lg an qiziqish 
kuchayadi (11—12 yosh). 0 ‘smirlik davrida tafakkur, tushuncha- 
larni hosil qilish funksiyasi shakllanadi. Fan asoslarini, um um - 
lashtirilgan bilim larni o‘zlashtirish hisobiga psixik funksiyalar 
ixtiyoriy boshqariladigan jarayonlarga qayta quriladi. Kogni­
tiv sohadagi o‘zgarishlar o‘sm irning tevarak-atrofga munosa- 
batini, um um an shaxs sifatida shakllanishini o‘zgartiradi. Idrok 
tanlovchan, maqsadga yo‘naltirilgan analitik-sintetik faoliyatga 
aylanadi. Xotira mantiqiy operatsiyalar bilan ichdan bog‘liq bo‘la-
347


di. Nazariy diskursiv tafakkur tushunchalarga tayanilgan holda, 
ular o‘zaro taqqoslanadi, bir fikrdan boshqa bir fikrga o‘tish ro‘y 
beradi.
0 ‘sm irning yangi huquqlarga d a’vosi, avvalo, kattalar bilan 
o‘zaro m unosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. 0 ‘sm ir av­
val bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata bosh- 
laydi: uning m ustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, 
yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qi­
lishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, m unosabatlari va 
fikrlari bilan hisoblashishm aganda u juda xafa b o iad i va noro- 
zilik bildiradi. 0 ‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u 
o‘zini kamsitish, m ustaqillik huquqidan m ahrum qilish m um kin 
boMmagan inson deb biladi. O ta-onalar va pedagoglar o‘sm irlar 
bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti-harakat- 
larini o ‘z vaqtida to ‘g‘ri yo‘lga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchi- 
lar kichik o‘smirdagi bu o ‘zgarishlar — salbiy alomatlar, urush- 
qoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nim a 
bilan boglanganligi, nim aning ta ’siri ekanligini bilmay turib, 
noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat hol­
da fojiaga olib kelishi m um kin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqa- 
ruvchi om illardan biri o ‘sm irning o‘z mustaqilligini imkoniya- 
tidan ortiq darajada baholashidir. 0 ‘z im koniyatlarini ortiqcha 
baholash bilan kichik o‘sm irning psixik imkoniyatlari o ‘rtasi- 
da tafovut paydo b o la d i. K attalarning irodasiga bo‘ysunm aslik, 
maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarm aslik bu 
m azkur sharoitga yetarli darajada baho bera olm aslikning yago- 
na reaksiyasi b o iib g in a qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning 
shaxsi nuqtayi nazaridan o ‘zini boshqalarga tanitish yo‘li sifati­
da ham xizm at qiladi. Bu yo‘l orqali bola o‘z shaxsining aham i- 
yatini, uning ta ’sirchanligini ham da tevarak-atrofdagi kishilar- 
ga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta ’kidlab ko‘rsatishga 
erishm oqchi bo‘ladi.
Demak, bu o‘sm irni to ‘laqonli psixik rivojlanishi uchun 
zarur b o ig a n hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan
348


bog‘liq salbiy ishlarning psixologik tabiatini to ‘g‘ri tushunm og‘i 
va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to ‘sqinlik qilm aslik, ak- 
sincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga in- 
tilishi kerak.
0 ‘sm irlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtira- 
di, ular o ‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga 
harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa 
kengaytiradi, kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hur­
mat qilishlarini xohlaydi, ishonch va m ustaqillik namoyon etish­
ga d a’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan m a’lum tenghuquqlilikka va 
ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
0 ‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o ‘zini 
anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat 
o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishi- 
da irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya si­
fatida o‘sm irning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi 
rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi.
0 ‘z -o ‘zini anglash hissining tarkib topishi, o ‘ziga nisbat­
an go‘yo alohida m ustaqil shaxs sifatidagi m unosabatning vu ­
judga kelishi bu davrdagi h ar ikki jinsdagi va istagan tem pe­
ram ent tipidagi o ‘sm irlar uchun m uhim xususiyatlardir. 0 ‘sm ir 
o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida, o ‘zini anglash ja ra ­
yonida o ‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar 
bilan taqqoslash, o ‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bu- 
lar esa o‘sm irning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-at- 
rofga m unosabatning shakllanishiga ta ’sir qiladi. Ilk o ‘sm irlik 
davrida ko‘pchilik o ‘sm irlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteris- 
tika beradilar. K atta bo‘lgan sari o ‘sm irning o‘z -o ‘ziga bergan 
bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlar- 
da o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da nam oyon bo‘la 
boshlaydi.
0 ‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo‘li- 
shi to‘g‘risidagi jam iyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bola­
lar tom onidan o‘zlashtirilgan tasavvurlar o‘sm ir yoshidagi shaxs-
349


ning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. 0 ‘sm ir o ‘z kuchi va 
quvvati, chidam liligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayot- 
ganini anglay boshlaydi.
0 ‘sm irlar ustanovkalari m uhim funksional ahamiyatga ega 
bo‘lib, uning m a’lum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorli- 
gi sifatida namoyon bo‘ladi. U ning asosiy vazifalari: 1) faoliyat 
amalga oshirilishining qat’iy xarakterini belgilab beradi; 2) o‘smir 
shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin holda 
nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.
0 ‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olim larning 
ta ’kidlashicha, o ‘g‘il va qizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan mu- 
nosabatlarga intilishi, tengdoshlari jam oasining hayotiga qiziqi- 
shi yorqin namoyon b oiadi. Ushbu o‘zgarishlar ta ’sirida bolalar 
jismoniy va aqliy im koniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan 
o‘zlariga ko^proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy m uam m o- 
lar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.
Aslida o‘sm ir yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psi­
xik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik m uam m o- 
larini erkin va to ‘g‘ri yechishlari uchun yordam berish, ular- 
ga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘sm ir yoshdagilar bilan 
ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiya- 
si ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish m uhim - 
dir. Bu «madaniyatsiz», «zararli», «tushunib bolm aydigan» deb 
nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, 
lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bos- 
qichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘sm irda o‘z-o ‘zini hurm at 
qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo‘llari 
mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada 
o‘z hurm atini talab qilish, o‘z so‘zini o‘tkazish, o‘zini hurm at- 
li, obro‘li katta yoshli kishining obraziga o‘xshatib rivojlantirish 
kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qil- 
sangiz, u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta ud- 
dasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o ‘smir- 
ning psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmagan
350


bo‘lishi m um kin. Kattalar, o‘qituvchilar o‘smirdagi bu jarayonni 
psixologik nuqtayi nazardan baholay olishlari, unga soxta, yuza- 
ki yondashmay, aksincha, unga o‘z im koniyatlarini o‘stirishga, 
o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini to ‘g‘ri rivojlantirishga yo‘nal- 
tirishlari m uhim hisoblanadi. 0 ‘sm irlar uchun o‘z tengdoshlari 
bilan m uloqotda b o iish i g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U en- 
di salbiy va ijobiy tom onlariga alohida bir urg‘u berm agan hol­
da o‘zi xohlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish huquqini talab etadi. 
0 ‘sm irlar orasida sodiqlik va to ‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori ba- 
holanib, sotqinlik, o‘z so‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik 
qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, 
kaltaklash, unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib 
qo‘yish shaklida bo‘lishi m um kin. 0 ‘sm irlar o ‘zini hurm at qi- 
lishini, o‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilm agan teng- 
doshlariga juda past baho beradilar.
5—6 -sin f o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga kat­
ta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6-sinfdan boshlab, 
o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, shuningdek qaram a-qarshi 
jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor be- 
ra boshlaydilar.
7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos 
qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa m ustaqillik, o‘ziga 
xoslik, do‘stlik va o ‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislat­
lar paydo bo‘ladi.
M a’lum ki, har bir bolaning m unosabatlari aniq ishlar- 
da ko‘rinadi, m ustahkam lanadi va qayd etiladi. Bola o‘zida- 
gi m ustaqillikni shakllantirish uchun o ‘zi m ustaqil ishlarni 
bajarishiga to ‘g‘ri keladi. Lekin, ikkinchi tom ondan bir m ar- 
ta m ustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan xo- 
li bo‘lishga harakat qiladi. Bola boshqa m exanizm larga ega 
emas. Bular o ‘sm irning o ‘z kuchiga ichki bir ishonchni mav­
jud em asligini bildiradi. Bu belgilar m ana shu yoshda kishi- 
ni m ustaqil harakat qilishga qodir b o iish g a, ayni hollarda 
tevarak-atrofdagi kishilarga qarshi borib, o‘zini haq ekanli-
351


gini qattiq turib him oya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyat- 
ni vazm inlik bilan qabul qilishga d a ’vat etadi. M ustaqil ishlar 
qilishga uringan o ‘sm ir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini- 
o‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta b o iib qoldim» deb 
o ‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta b o iib qolganlik 
tuyg‘usi» shaxsning o ‘sm irlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifa­
tida talqin qiladilar. Bu yoshda kattalar o‘sm irlarni bilib-bilm ay 
qo‘yayotgan kam chilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, 
kamsitib, qoralab em as, balki psixologik y o l bilan yondash- 
gan holda yordam berish uni «katta b o iib qolganlik» tuyg‘usini 
so‘ndirib emas, balki katta odam qanday b o lish i va qanday ta- 
lablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. D em ak, bu 
o ‘sm irni to la q o n li psixik rivojlanishi uchun zaru r b o ig a n h a­
yotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan b o g liq sal­
biy ishlarni psixologik tabiatini to ‘glri tushunm og‘i va bola­
larni o‘zlarini katta tutishlariga to ‘sqinlik qilm aslik, aksincha 
ularning bunday x atti-h arak atlarin i ijobiy baholashga intilishi 
kerak. 0 ‘sm irlarning o‘z tengdoshlari bilan m uloqotda b o lis h i 
g‘oyat katta aham iyatga egadir.
0 ‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada 
rivojlanadi. Bu yillarda o‘sm irlar uchun hayot davomida kerak 
boladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘ri- 
na boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira 
darajasiga ko‘tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur 
esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy da- 
rajasida rivojlanadi. 0 ‘sm irlarni endi turli amaliyot va aqliy faoli- 
yatlarga o‘rgatish m um kin. Shuningdek, bu davrda umumiy va 
maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
0 ‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qaram a-qarshiliklar 
xos. M aktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bogliq 
turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan 
0‘smirlar- 
ning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy 
m uam m olar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘sm irlarning o‘zlari 
ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tom ondan esa ayniqsa, ke-
352


lajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga m as’ullik ka­
bi m uam m olar muhokamasida infantillik (yosh bolalarga xos jis­
moniy va psixologik holat)ni kuzatish m um kin.
0 ‘sm irlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqish- 
lariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va 
boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi m um kin. 0 ‘smirlik davri­
da o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar 
shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakl- 
lana boshlaydi. 0 ‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy
o‘quv m aterialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladi- 
gan, o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurm at 
qiladilar va yaxshi ko‘radilar. U lar o‘qituvchi bilan munosabatla- 
riga ham katta e’tibor beradilar.
10—15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar 
amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘sm irlar o‘zlariga 
salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. K atta bo‘lgan sari o‘smir- 
ning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, 
ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da 
namoyon bo‘la boshlaydi.
0 ‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari. 
0 ‘smirlik yoshida, taxm inan 13—14 yoshlarda, bolalarni emot­
sional kechinm alarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. Shu yosh­
dagi bolalarda ta ’lim ta ’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy 
tafakkur ancha o‘sadi. 0 ‘sm irlar dunyoqarashlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan m asalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va 
yoshlar ittifoqida ishtirok etishlari bunday qiziqishlarning o‘si- 
shiga ko‘p jihatdan yordam beradi. M ana shularning ham m a- 
si xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba 
bo‘lib qoladi. 0 ‘sm irlarda xayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning 
o‘zi xayolning o‘sishiga yordam beradi va xayolning o‘zi ham xil- 
ma-xil chuqur emotsional kechinm alarning manbayi bo‘lib qola­
di. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qahram onlik, rom antika shu­
larning ham m asi emotsional kechinm alarning manbayidir. Bu 
yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi.
353


0 ‘smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va 
ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy 
hislar o‘sm irlar hayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi, ular­
da vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. Shu yoshda or- 
ganizm da fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional 
qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar 
kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar 
barqaror bo‘lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smir- 
larda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling