Xvi bob. 0 ‘smirlik davri reja


 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana08.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1756518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi. 7-ma\'ruza

16.3. 0 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga 
xos xususiyatlari
Ijobiy sifatlar, ehtiyojlar va intilishlar har bir yoshda, ju m ­
ladan, m a’lum darajada y o ld an ozgan o‘sm irda ham b o ia ­
di. 0 ‘sm irlar ham m a narsani bilishga qiziqadilar. Ko‘pchilik 
o‘sm irlar boshqalardan yom onroq b o lish n i xohlam aydilar va o‘z 
m uhitida ko‘zga tashlanib turishga ham da boshqalardan nim alar 
bilandir farq qilishga intiladilar. 0 ‘sm irlarning ham m asi g‘ay- 
ratli va faoldirlar, biroq, o‘zlarining kuch-quvvatlarini qayoq- 
qa yo‘naltirishni ham m a vaqt ham bilavermaydilar. Binobarin, 
ularni bevosita natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foy- 
dali va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak. 0 ‘smirlar, garchi 
ham m a vaqt ham bunga tayyor em asliklariga qaramay, m ustaqil­
likka intiladilar. Am m o ko‘pincha mustaqil ish-harakatlar uchun 
ularning imkoniyatlari bolm aydi. Dem ak, ularni mustaqil faoli­
yatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni ishonib 
topshirish ham da muvaffaqiyatli bajarilishini ham m a vositalar 
bilan ta ’m inlash kerak. 0 ‘z-o ‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘sm irlar 
psixikasida ijobiy tom onlar yetarli darajada mavjuddir. Bu ijobiy 
tom onlardan foydalanib va ularni rivojlantirish, salbiy ishtiyoq, 
mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo‘qotish kerak.
Katta o‘smirlar asta-sekinlik bilan bevosita ishlari va xat- 
ti-harakatlarining natijalarini ham da oqibatlarini oldindan ko‘ra 
boshlaydilar. U larda o‘z-o ‘zini tuta bilish, m atonat paydo b o ia ­
di, qarorlari birm uncha qat’iy b o la boshlaydi, iroda tarkib to ­
padi. U lar o‘zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan ko‘ra
333


ko‘proq sog‘lom fikrga asoslanadigan bo‘ladilar. U larning ichki 
kechinm alari va hayajonlari endi irodaviy nazoratga bo‘ysundi- 
rilgan bo‘ladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tu- 
fayli ichki kechinm alari va hayajonlari yanada kuchliroq bo‘ladi. 
Kattalarga nisbatan qo‘pol m unosabatning paydo bo‘lishi, noxush 
xulq-atvor alom atlari, o‘sm ir yashaydigan ijtimoiy shart-sha- 
roitlar, uning tengdoshlari va turli jam oalardagi mavqei, katta­
lar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli 
yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. M ana shu ijtimoiy sharoit- 
larni o‘zgartirish y o ii bilan o‘sm irlarning xulq-atvoriga to ‘g‘ridan 
to‘g‘ri ta ’sir ko‘rsatish m um kin.
Endi o‘sm irlar o‘yin ham da damga kamroq vaqtlarini ajrat­
gan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va 
ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. Maktab ta ’limi 
o‘sm ir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan 
o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. 0 ‘qish 
0‘smir­
lar hayotida katta o‘rinni egallaydi. U lar uchun mashg‘ulotlar- 
ning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan 
o‘sm irlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqish- 
larining ortishi, o‘qituvchining o‘quv m aterialini tushuntira olish 
mahoratiga bog‘liq. 0 ‘qish faoliyati asosida o‘sm irning o‘z-o ‘zini 
anglash darajasi kengayadi, boshqa odam lar, atrof olam haqida- 
gi bilim lari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi 
boshlanadi. Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bi­
lan o‘quv fanlariga nisbatan q at’iy ijobiy munosabat shakllanadi. 
Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar 
o‘sm irning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq 
b o lg an holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o‘z ta ’siri- 
ni ko‘rsatadi.
Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, ba- 
diiy bilim larni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga 
harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurm atga sa- 
zovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi 
va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
334


Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma 
mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv 
jarayonlari ning to ‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bi­
lan o‘sm ir nutqining to ‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. 
Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘sm irning muomala, bilish va 
ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
0 ‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tom ondan so‘z 
boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tom ondan tabiat va 
jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning m azm un-m ohiyatini 
anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘sm ir til yordamida at- 
rof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashi- 
ni ham belgilab berish m um kinligini his qila boshlaydi. Aynan 
o‘smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivoj- 
lanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. 0 ‘sm irni ko‘pin- 
cha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari — «Qanday qilib 
to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?», 
«Nima deyish kerak?» kabi savollar juda qiziqtiradi. 0 ‘smirlar 
maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchi- 
liklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga 
tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘sm irning bir tom ondan o‘z nut- 
qini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tom ondan kattalar ham 
nutq qoidalarini buzishlari m um kinligini bilishlariga va o‘zida 
mavjud xatoliklarni birm uncha barham toptirishlariga olib keladi.
0 ‘sm ir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq m az­
muni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bo­
la singari emas, balki katta odam lardek so‘zlarni tanlab ishla- 
tishga harakat qiladi. N utq m adaniyatini egallash borasida o‘smir 
uchun o‘qituvchi, albatta, nam una bo‘lishi shartdir. Aynan mak­
tab ta ’limi o‘sm ir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat 
jihatidan o‘zgarishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. M aktab­
dagi o‘quv jarayonlarining to ‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshiri­
lishi bilan o‘sm ir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratila­
di. N utqni o‘zlashtirishga harakat bu o ‘sm irning muomala, bilish 
va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
335


0 ‘smirlik davrida o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq 
jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, 
tez va ifodali b o lish darajasidan, yoddan ifodali, ta ’sirli aytib be­
ra olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asarda- 
gi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravish­
da nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki — mulohaza yuritish, 
fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq 
ham rivojlangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu 
bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. 0 ‘sm irlarning nutqi 
to la tafakkur bilan bo g liq holatida amalga oshiriladi. 5 -6 -sin f- 
lardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma m atn uchun reja tuzib, unga 
amal qila oladilar. 0 ‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nut- 
qini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. 0 ‘quvchi yozib bayon 
qilayotganida, ko‘pincha, bu ishini bir necha m arta qayta ko‘rib 
chiqishga, o‘zgartirishga, toldirishga, qaytadan ishlab chiqishga 
majbur bo iad i.
0 ‘quvchi o‘qituvchining topshiriglga binoan yozma ishlar ba- 
jarayotganida o‘zining shu ishiga baho berilishini, am m o bu ba­
ho ishning faqat m azm uniga qarabgina berilib qolm asdan, balki 
shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan bayon qilingani- 
ga qarab ham baholanishini oldindan bilib turadi. M ana shu hol- 
larning hamm asi bolani o‘z nutqini gram m atika va logika ta- 
lablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur 
etadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining 
o‘sishiga ayniqsa katta ta ’sir qiladi. 0 ‘quvchilar adabiyot darsla- 
rida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi nam unalari bilan tani- 
shadilar.
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘sti- 
rishda m uhim bosqich b oiadi. 0 ‘quvchi yozma nutqni to ‘g‘ri 
tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida ba­
yon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish 
va ayniqsa o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib 
berish tilning gram m atika tuzilishini egallashda katta aham iyat­
ga ega. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to liq tushuntirib be-
336


rish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotganlarining mazm unigagi- 
na diqqat qaratm asdan, balki qanday qilib yozayotganligiga ham 
e’tibor berishga majbur etadi.
Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa monolog 
nutqni to ‘g‘ri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.
0 ‘quvchi m aktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida 
shu topshiriqni o ‘ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib 
turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta ’sir qiladi. 0 ‘quvchi 
darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni kitobdan o‘qibgina 
qolm asdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni 
yopib qo‘yib, o‘z-o ‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham be­
radi. Bunday hollarda o ‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni gram- 
m atika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda ayniqsa, tushunarli 
qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi. 0 ‘qituvchi o‘quvchining ni- 
m alarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangi­
na kifoya qilm asdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini 
qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor be- 
rishini o‘quvchi yaxshi tushunadi.
0 ‘quvchi ovoz chiqarib, aynan yoki o‘z so‘zlari bilan takror- 
lash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, 
o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan 
birga o‘zi o‘zlashtirgan bilim larning to‘g‘riligini va m ustahkam - 
ligini ham nazorat qiladi.
Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o‘qituvchining nut­
qi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi o‘quvchilar 
uchun nam unali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir 
0‘qituv- 
chi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini 
takom illashtirish ustida to‘xtovsiz va tinm ay intilishi lozim.
Diqqat. Agar kichik m aktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustun- 
lik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. 
Dars davomida intizom ning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchi- 
lar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgila­
nadi. 0 ‘sm ir o‘z diqqatini to ‘la ravishda o‘zi uchun ahamiyatli 
bo‘lgan va yuqori natijalarga erishishi m um kin bo‘lgan faoliyat-
337


larga qarata oladi. 0 ‘sm irning diqqati yaxshi boshqariladigan va 
nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mum kin. Bola­
ning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o‘qituvchi tom onidan doi- 
mo qo‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ix- 
tiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir 
qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘sm irning dars 
jarayonida o‘z tengdoshlari orasida o ‘zini ko‘rsatishi uchun sha- 
roitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriy- 
ga aylanishida zam in bo‘lib xizmat qilishi mum kin.
0 ‘smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham b o la ­
di. Aynan 13—14 ham da 16 yoshlarda charchash chizig‘i keskin 
ko‘tariladi. Bunday holatlarda o‘sm ir atrofdagi narsa va voqealar- 
ga to‘liq diqqatini qarata olmaydi.
0 ‘smirlik davrida xotiraning barcha turlari o‘zining sifat 
ko‘rsatkichlari asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda o‘quvchilar- 
ga beriladigan o‘quv m aterialining hajmi katta boig an i uchun 
ham uni eslab qolishi yoki bir necha m arta takrorlash yo‘li bilan 
o‘zlashtirish qiyin. 0 ‘smirlik yoshida bolalar o‘qigan va o‘rgan- 
ganlarini so‘zm a-so‘z yodlashdan voz kechib uning m a’nosiga 
ko‘ra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol ravishda m an- 
tiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa bir­
muncha sustlashadi. Bu esa ba’zan salbiy holatlarni ham keltirib 
chiqarishi mumkin. 0 ‘smirlik davriga kelib yangi fanlar, ju m ­
ladan, o‘quvchilar eslab qolishi zarur bo‘lgan m a’lum otlar miq- 
dori ko‘payadi. A m m o mexanik xotiraning sustlashuvi m a’lumot- 
larni eslab qolishda m uam m olarni keltirib chiqaradi va o‘smirlar 
tom onidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va o‘z- 
o‘zidan o‘qishga b o ig an qiziqishlari ning pasayishiga sabab bo‘li- 
shi mum kin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv m aterialining maz- 
m unini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi m uhim .
0 ‘sm irlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega 
bo‘la boshlaydi. C hunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof-olam da- 
gi bog‘lanishlar m azm unini yuqori darajada bilishga harakat 
qiladilar. Bu davrda o‘sm irning bilishga bo‘lgan qiziqishida kes-
338


kin rivojlanish sodir b o iad i. Ilm iy-nazariy bilim larning egallab 
olinishi o‘sm ir tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning 
ta ’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda 
deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo b oiadi.
M aktabda o‘qitiladigan fanlar o‘sm ir uchun o‘z taxm inlari- 
ni yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit b o iib xizmat 
qiladi. J.Piajening ta ’kidlashicha, «Ijtimoiy hayot uch narsaning 
ta ’siri — til, m azm un, qoidalar asosida shakllantiriladi». Bu bora- 
da o‘zlashtirilgan ijtimoiy m unosabatlar o‘z-o ‘zidan tafakkurning 
yangi im koniyatlarini yaratadi.
11—12 yoshdan boshlab o‘sm ir endi mantiqiy fikrlab harakat 
qila boshlaydi. 0 ‘sm ir bu yoshda xuddi kattalar singari keng 
qamrovli tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. 0 ‘sm ir tafakkurning 
nazariy darajasiga qanchalik tez ko‘tarila olishi, o‘quv m aterial- 
larini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlani­
shini belgilab beradi. 0 ‘sm irlik davri yuqori darajadagi intel- 
lektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o‘ta qiziquvchanlik 
ham da atrofdagilarga o‘z layoqatlarini namoyish etish, shu­
ningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan 
belgilanadi. 0 ‘sm irning kattalarga beradigan savollari m azm un- 
li, m ulohazali va aynan o‘sha masala doirasida b o iad i. Bu yosh- 
dagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxm iniy fikr yuritib, 
tadqiqot o‘tkaza oladilar ham da m a’lum bir masala bo‘yicha 
muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. 0 ‘sm ir tafakkuri ko‘pin- 
cha um um lashtirishga moyil b o iad i. Respublikam izning bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga o‘tishida kishilardagi amaliy tafakkurning 
aham iyati oshm oqda. Amaliy tafakkur tizim iga quyidagi aqliy 
sifatlar kiradi: tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga 
kelgan m uam m olarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifat­
lar mavjud b o lg a n taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan 
deb hisoblash m um kin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira bo ­
rish nihoyatda m uhim .
0 ‘smirlik davrida ishbilarm onlik sifatini o‘quvchilarning 
0‘z- 
o‘zini boshqarishini yolga qo‘yishi, umumiy foydali tadbirkor-
339


lik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish m um kin. Bu bora- 
da o‘quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yo‘l 
tanlovchi va tadbirkorlik m unosabatlarida o‘zi ishtirokchi bo‘lgan 
taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi m um kin. Bu yosh­
da tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘proq m ustaqillikning beri­
lishi o‘sm ir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi. 
0 ‘sm ir yoshdagi bolalarda tejam korlikni rivojlantirish aqlning 
boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko‘proq ularni 
qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib bo- 
rishga yo‘llash orqali amalga oshirish m um kin, o‘sm irlarda yuza­
ga kelgan m uam m olarni tez va operativ holda yechish malakasini 
shakllantirish birm uncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning 
temperamentiga ham bog‘liq. Barcha o‘sm irlarni ham tez yollab, 
tez harakat qilishga o‘rgatish m ushkul, lekin ularni biror m uam - 
mo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan m uam ­
moni yechishning umum iy qoidalariga o‘rgatib borish m um kin. 
0 ‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo‘li- 
shi qimm atli va obro‘li hisoblanadi. 0 ‘smir shaxsida va uning bi­
lishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy 
psixik jarayonlarning rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelayot­
gan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o ‘zining shaxsiy xususiyatlari­
ni anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkur­
ning rivojlanishi bilan belgilanadi.
0 ‘sm irlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti 
xarakteri ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. 
K attalar tom onidan qilinadigan o ‘sm irlarning haq-huquqlari- 
ni cheklashlariga bildirgan qarshilik va e ’tirozlariga o ‘zlari ham 
qattiq qayg‘uradilar. U lar m uloqotda kattalarning qo‘llab-quv- 
vatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kat- 
talarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. 0 ‘sm ir 
o‘zida bo‘layotgan o ‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan m uam - 
molar haqida kattalar bilan boiishishga katta ehtiyoj sezadi, le­
kin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. 0 ‘sm ir 
o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan m uom ala-m unosa-
340


batiga qattiq norozilik bildiradi, o‘sm irlar muloqoti nihoyat­
da o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. 0 ‘zini kattalardek his 
qilish tuyg‘usi bolaning shaxsan o‘ziga bo‘lgan m unosabatini 
muayyan darajada o ‘zgartiradi va har qanday ichki munosabat 
singari bu ham tashqi m unosabatlarning ta ’siri ostida, m azkur 
shaxsga nisbatan boshqa odam larning m unosabatlari tashkil to ­
padi. Shuning uchun o‘sm ir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday 
fikrga kelishi to ‘g‘risida ko‘p o ‘ylaydi ham da buning uchun qulay 
m uhit yaratish y o llarin i faollik bilan izlaydi. Bu shunday muhit 
bo‘lm og‘i kerakki, undagi m unosabatlar endi o‘sm irning katta 
kishi, mustaqil odam bo‘lib qolganligi yaqqol namoyon b o lish i- 
ni istaydi. H ar bir o‘sm ir bilan m uloqotda uning shaxsidagi eng 
yaxshi tom onlarni topa bilish, nim aga qobiliyati bor ekanligi­
ni aniqlab olish ham da ularga tayangan holda o‘sm irning o ‘zi- 
ga b o ig an ishonchini har tom onlam a qo‘llab-quvvatlash g‘oyat 
m uhim dir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar ke­
lib chiqishi m uqarrar. 0 ‘sm ir o ‘ziga yaqin b o ig an kishilarning 
ko£z o ‘ngida o ‘z shaxsining m ustaqilligini tasdiqlash, o‘zligini 
bildirib, o‘z «men»ini anglatish m aqsadida u yoki bu darajada- 
gi o‘z im koniyatidan tashqari ishlarga qo‘l urishga va shu orqa­
li o‘z shaxsining ta ’sirini atrofdagi kishilarga o‘tkazishga harakat 
qilib ko‘rishga majbur b o lad i. Basharti, bola o‘zini ijobiy tom on­
dan ko‘rsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik ehti­
yoj tufayli u salbiy ishlarda o‘zini ko‘rsatishi, o‘z kam chiliklarini 
oshirib ko‘rsatishi, qilish m um kin bolm ag an ishlarni atayin qi­
lishi, ko‘proq 
0‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni 
qilishi m um kin. Ushbu yoshdagi bolalarning o‘z-o ‘zini hurm at 
qilish tuyg‘usini shakllantirish uning shaxsi rivojida m uhim hi­
soblanadi. Bunda o ‘qituvchi bolaning sinf va m aktab jamoasi 
oldidagi obro‘sini ko‘tarish y o llarin i izlashi, turli sohalardagi 
yutuqlarini ko‘pchilikka m a’lum qilib, xato va kam chiliklarini 
yo‘qotishda donolik bilan harakat qilishi uning o‘z kuch va im- 
koniyatlariga ishonishiga zam in yaratadi. Bu bilan o‘smirda 
shakllanib kelayotgan «katta kishi» b o lib qolish tuyg‘usini hur-
341


mat qilishini bildiradi, o‘qituvchi o‘sm irning zarur m unosabat- 
larini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga aylanadi.
0 ‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy 
faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo 
munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bi­
lan o‘sm irlarning muomalasida q at’iy o‘zgarishlar jarayonida qi- 
yinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta ’lim jarayonida ro‘y be­
radi: yangi axborot, m a’lum otlarni bayon qilish shakli, uslubi va 
usullari o‘sm irni qoniqtirm ay qo‘yadi.
Odobli, dilkash o‘smir kutilm aganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, 
serzarda bo‘lib qoladi. 0 ‘sm ir xulqidagi bunday o‘zgarishlar taj- 
ribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.
Xo‘sh, o‘sm irlarning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch 
nima? 0 ‘sm irning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch — 
uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni 
qondirish imkoniyatlari o ‘rtasidagi qaram a-qarshiliklar tizim i­
ning namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni 
0‘smir- 
ning psixologik kamolotini ta ’m inlash, faoliyat turlarini murak- 
kablashtirish, uning shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib 
toptirish orqali asta-sekin yo‘qotish mum kin.
O ta-onalarning o‘smirga shu erkinlikni bermasligi yoki 
o ‘sm irning shunday deb bilishi natijasida, ular ota-onaga qar- 
shi pozitsiyada bo‘ladilar. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, ana 
shu muloqot va munosabat asosida o‘smirlarda g‘u ru r hissi shakl- 
lana boshlaydi. Albatta, g‘u ru r m e’yor va qoidalari kattalardan 
o‘rganiladi, lekin o‘z g‘ururini qanday himoya qilishi o‘smirlar- 
ning alohida nazoratida bo‘ladi.
M uxammed Gabdulgalimovich Davletshin 0 ‘zbekistonda il­
miy maktab yaratgan, o ‘smirlar ruhiyatini chuqur o‘rgangan ye­
takchi psixologlardan biri. Respublikamizda professor M .G.Dav­
letshin tom onidan psixologiya fanining turli masalalari bo‘yicha 
250ga yaqin ilmiy ish chop etilgan. Ustoz tom onidan qoldirilgan 
eng yirik monografiya va o‘quv qo‘llanm alar sirasiga «Qobiliyatlar 
va uning diagnostikasi» (1979), «Yosh va pedagogik psixologiya»
342


(1974), «Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi» (1999), 
«Umumiy psixologiya» (2001), «Yosh va pedagogik psixologiya»1 
(2004) va boshqalarni kiritish mum kin. M.G.Davletshin 1957- 
yil «5—7 sinf o‘quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish» 
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Olim 1971-yil 
« 0 ‘quvchilarda texnik qobiliyatlarning psixologiyasi» mavzusidagi 
doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.
Professor M .G.Davletshin m ehnat ta ’limi va kasbga yo‘llash 
m uammolariga, texnik qiziqish va texnik qobiliyatlarni shakl- 
lantirishning psixologik xususiyatlariga, respublikamizdagi peda­
gogika oliy o‘quv yurtlari va universitetlarida o‘qituvchi kadrlar 
tayyorlash samaradorligini oshirish muammolariga ko‘p e’tibor 
beradi. M .G.Davletshinning ilmiy qiziqishlari asosan oliy mak- 
tablarda psixologiyani o‘qitish samaradorligini oshirish m uam ­
molariga qaratilgan edi.
M.V.Vohidov rahbarligida M.Dadajonov tom onidan «5-sinf 
o‘quvchilarida geografik kartani o‘rganish jarayonida fazoviy 
tasavvurlarning shakllanishi» nomli tadqiqotida aniqlanishi- 
cha, geografik kartani o‘zlashtirishning mustahkamligi undagi 
obyektlarning joylashishi haqida o‘quvchi ongida fazoviy tasav- 
vurlar tizim ining vujudga kelishiga bog‘liq2. Bu tizim rivojlanib, 
o‘z ichiga m urakkab assotsiatsiyalarni jalb qiladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling