Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet82/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Soliq va majburiyatlar. Asosiy soliq — xiroj bo'lib, uning miqdori ekin ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab 1/3—1/5 olinar edi.
Ko'chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning ham tun ko'p edi. Ularning asosiylari „qo'raboshi", „tutunhaqi", „yig'im soliq" deb atalar edi. „Qo'raboshi" zakoti — ko'chmanchi chorvadorlardan moli boshiga va qo'rasiga qarab olinadigan zakot edi. Bu zakot qishda mollar qo'ralarda turganida yig'ib olinar edi.
„Tutun haqi" zakoti — bu bahor kelganda yangi o'tloqlarga ko'chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo'y bilan olinadigan soliq (zakot) edi. „Yig'im soliq" esa zakot to'lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in'omlaridan iborat bo'lgan. Ahvol shu darajaga borib yetgan ediki, mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq tolar edi. Chunki hamma qo'riq yerlar, chakalakzorlar, to'qaylar, daraxtzorlar, ko'llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi. Aholi qal'a devorlarini ta'mirlash, istehkomlar qurishga, kanallar qazishga, ariqlarni tozalashga, yo'l qurilishiga safarbar etilardi.
Hunarmandchilik. Xonlik hujjatlariga ko'ra, Qo'qonda hunarmandchilikning miskar, zargar, o'ymakor, — kulol, qog'ozgar, to'qimachi, do'ppi tikuv-chi, kashtachi, ko'priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmal-bof, bo'yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko'nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po'stindo'z, taqachi, paranjido'z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari bo'lgan. Xonlikda oltin ma'dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog' shimolidagi Ko'krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo'ylaridan, Chotqol daryosi yuqori oqimlaridan olingan. Samarqandda bo'lganidek, Qo'qon xonligida ham qog'oz ishlab chiqarilgan. Qog'oz juvozxonasi Qo'qon shahrining Mo'yi muborak darvozasi orqasida maqbara yonida joylashgan.
Savdo. Qo'qonga qo'shni shaharlar va xorijiy mamlakatlardan savdogarlar kelib turgan.
Shaharda yakshanba va chorshanba kunlari bozor bo'lgan. Qo'qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qashg'ar, Hindiston, Afg'oniston, Eron va ayniqsa Rossiya bilan bo'lgan savdo katta o'rinni egallagan. Masalan, Qashg'ar bilan olib borilgan savdo-sotiq faqat Qo'qon orqali bo'lar edi. Qo'qondan Qashg'argacha yuklangan ot karvoni 14 — 20 kun yoS yurgan. Qo'qondan Qashg'arga temir, qizil charm, mato, ipak va ipdan to'qilgan matolar, oltin olib borilgan. Qashg'ardan Qo'qonga esa har yili 30000 otda choy, 200 otda mato, 200 otda qimmatbaho toshlar, 50 otda attorlik buyumlari keltirilgan. Qo'qon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Qashg'ar, Buxoro amirligi, Afg'oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar ayirboshlanardi. Qo'qonga savdogarlar karvon yo'llari orqali kelganlar.
Savollar
1. Qo'qon xonligidagi sun'iy sug'orish va dehqonchilik haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Yer egaligi shakllarini va ularning bir-biridan farqini qayd eting.
3. Aholi qanday soliqlar to'lagan va majburiyatlar o'tagan?
4. Qo'qon xonligi hayotida hunarmandchilik qanday rol o'ynagan?
5. Qo'qon xonligining chet davlatlar bilan olib borgan savdosi haqida so'zlab bering.


Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling