XIX asr oxirida xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
XIX asrning oxirida Xitoy qoloq, yarim feodal davlat bo`lib, uni manjur sulolasiga mansub impyeratorlar boshqarardilar. Yyerning asosiy qismi zamindor boylar qo`lida edi. Ko`pchilik dehqonlar zamindorlardan yyerni ijaraga olar, yyer haqini pul bilan yoki hosil hisobidan to`lab qutular cdilar. Yyeri bor dehqonlar ham mavjud bo`lsa-da, ular juda kam edi.
Dehqonlar shaharga ish qidirib kelardilar, lekin har doim ish (opilmas edi, chunki Xitoy sanoati juda sekin taraqqiy etayolgan edi.
XIX asrning so`nggi choragi va XX asrning boshida mamlakatda kapitalistik korxonalar: ko`mir shaxtalari, to`qimachilik korxonalari vujudga kelib, rivojlana boshladi. Dastlabki temir yo`llar qurildi. Iqtisodiy aloqaiar kengaydi. Yirik shaharlar barpo etildi. Ishchilar soni ko`paydi. Sanoat paydo bo`iishi bilan milliy burjuaziya ham paydo bo`la boshladi. Xitoy burjuaziyasining ko`pchiligi kompradorlar, ya`ni chet el kapitali bilan ichki bozor o`rtasida vositachilik qilar edi. Ular chet el firmalarining agentlari bo`lib, xorijlikiar bilan birgalikda marnlakatni ekspluatatsiya qilar, chetdan keltirilgan tovarlarni sotish va arzon xom ashyo sotib olish hisobiga boyib borardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |