Xvil asrning oxiri XIX asr 70 -yillarida Xitoy
XALQ QO`ZG`OLONLARI VA IJTIMOIY HARAKAT
Download 151.5 Kb.
|
Afyun urushi
XALQ QO`ZG`OLONLARI VA IJTIMOIY HARAKAT
Xitoyda XX asr oxiridagi ijtimoiy harakatda «Ixetsyuan» (uni «ixetuan» deb ham yuritiladi) yashirin tashkilotining o`rni katta bo`ldi. Bu tashkilot tarixi XVII asrga, Xitoyni manjuriar bosib olgan davrga taqaladi. O`sha davrda «baylyanszyao» («Oq nilufar») yashirin tashkiloli lo`zilgan bo`lib, uning qanoti. «Ixetsyuan» (tinchlik va adolat uchun ko`tarilgan musht) deb atalar edi. «Ixetsyuan» lar manjur tsinlarini haydab chiqaramiz, chet elliklarni yo`qotamiz shiori bilan ish ko`rardilar. 1899 yili ixeyutsan harakati qo`zg`olon tusini oldi. Bu tarixda «boksyorlar qd`zg`oloni» deb ham nom olgan edi. Qo`zg`olon markazi Shandun, Chjili viloyatlari edi. Tyansnzin rayonida qo:zg`olon alohida yutuqqa yerishdi. Ixetuanlar Yaponiyaga tovon to`lashni to`xtatish, Tayvanni Xitoyga birlashtirish kabi talablarni qo`ydilar, «CHet elliklar yo`qolsin, sotqin hokimlarning boshi chopilsin» shiorlari bilan chiqdilar. Sin hukumati qo`zg`olondan cho`chib qoldi. Chunki, ixetuanlar poytaxt va viloyatlarning qariyib yarmini qo`lga tutib turgan edilar. !900 yili hukumat qo`zg`olonchilarga qarshi yuborgan qo`shin yengildi. Qo`zg`olonchilarning yaxshi uyushgan otryadfari chet mamlakatlarning konsulhonalariga, savdogarlarga, missionyerlarga hujum qilib, Pekinga yurish boshladilar. Lyuyiun yonida hukumat qo`shinlari tor-mor etildi. Pekinda ixeluanlarning hokimiyati o`rnatildi. Ixetuanlar qo`zg`olonini chet el kapilalislik doiralari Xitoyga bostirib kirish uchun bahonaga aylantirdilar. 1900 yil iyunda Xiloyning Dagu porti bosib olindi. Impyerator Guan Syuuning xotini Sisi bosqinchlarga qarshi urush e`lon qilib, xalqni urushga ko`larish o`rniga ixetuanlarga qarshi kurash boshlab yubordi. Ixetuanlar Pekinda chet el elchixonalarini o`rab oldilar. Germaniya elchisi va Yaponiya elchixonasining maslahatchisi o`ldirildi. Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling