Xx asr boshlari amerika adabiyoti
Download 54.54 Kb.
|
6-tema lekciya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bо‘yicha tayanch sо‘z va iboralar:.
- Ma’ruza matni
- MAPK TVEN (1835 – 1910)
Zamanagóy ádebiy process. Zamanagóy jáhán ádebiyatı hám globallasıw. XX ASR BOSHLARI AMERIKA ADABIYOTI REJA: 1. XX asr boshlarida AQSHdagi ijtimoiy-siyosiy hayot. 2. Mark Tven adabiy merosi. 3.Teodor Drayzer hayoti va ijodi. 4. Jek London realist ijodkor. 5. E.Xemingueyning “Chol va dengiz”, “Alvido, qurol!” asarlari Mavzu bо‘yicha tayanch sо‘z va iboralar:. Dekadentlik adabiyoti. Parij Kommunasi adabiyoti. Nasr.Naturalizm. Hikoyanavislik.Roman. Drama.Nemis adabiyotida roman, satira, realistik sańat. Ingliz adabiyotida dramaturgiya, ijobiy ideal, ijobiy qahramon. AQSH adabiyotida yumor, satira, roman, hikoY. Ma’ruza matni XIX asrning ikkinchi yarmida Amerika ijtimoiy hayotida katta о‘zgarishlar sodir bо‘ladi. 1861 – 1865 yillardagi grajdanlar urushi natijasida Shimol burjuaziyasi quldorlar Janubi ustidan g‘alaba qilib, butun mamlakat bо‘ylab о‘z hukmronligini о‘rnatadi. AQSH jadal taraqqiyot yо‘liga kiradi. Sanoatning muhim tarmoqlari ildam qadamlar bilan rivojlana boshlaydi. Bular Amerikaning о‘ziga xos taraqqiyot yо‘li bor, u yerda hamma uchun barobar imkoniyatlar mavjud, shuning uchun Amerika kapitalizmi ziddiyatlarni bilmaydi, degan qarashlar bir illyuziya – quruq xayoldan iborat ekanini ochib tashlaydi. Mana shunday murakkab sharoitda Amerika adabiyoti rivojlanadi, boshqa adabiyotlar ta’sirida о‘sadi. MAPK TVEN(1835 – 1910)Adabiy taxallusi Mark Tven bо‘lgan Semyuel Lengxorn Klemens Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, satirik va realist yozuvchidir. Semyuel Klemens Missuriya shtatida joylashgan Florida deb ataluvchi kichik aholi punktida tug‘ilgan. Yuristlik bilan shug‘ullangan otasi Semyuel bolalik vaqtida vafot etgach, u muntazam bilim ololmagan va tirikchilik о‘tkazish uchun ishlashga majbur bо‘lgan. Klemens bosmaxonaga xizmatga kirib, harf teruvchi hunarini egallaydi va kо‘p vaqt ish axtarib, shaharma-shahar kezib yuradi. U yigirma yoshga kirganda qiyin lotsmanlik kasbini egallab, Missisipi daryosida kemada ishlaydi. Mark Tven laqabini olishi ham shu davrga tо‘g‘ri keladi (ikki dengiz о‘lchovi – yо‘l yaxshi, degan mA’noni bildirar edi). Shimol bilan Janub о‘rtasidagi grajdanlar urushi (1861 – 1865) natijasida Missisipi daryosida kema qatnovi tо‘xtab qolganidan sо‘ng, Mark Tven Uzoq G‘arbga, Nevadaga borib, oltin izlovchilar orasida yuradi. Lekin uning bu intilishlari natija bermagach, endi jurnalistika bilan shug‘ullanadi. Mark Tven bosmaxonada ishlagan kezlaridayoq maqola, ocherk, felyetonlar yozgan edi. Bu sohada mA’lum tajribaga ega bо‘lishi tufayli u 60-yillar о‘rtasida yumoristik hikoyalar ustasi sifatida taniladi. Yosh yozuvchining xalq hayotiga yaqin turishi unda demokratik dunyoqarashning shakllanishiga va bu esa, uning tez orada Amerika gumanist yozuvchisi sifatida tanilishiga yordam qiladi. Mark Tven hikoya va ocherklarida xalq og‘zaki ijodida mavjud bо‘lgan yumor, dag‘al hazil, kinoya, mubolag‘adan ustalik bilan foydalanadi. U xushchaqchaq kulgi orqali oddiy kishilardagi kamchiliklarni bartaraf etishga intiladi. Shu bilan birga, u muttaham, yulg‘ich, о‘g‘ri va munofiqlarni qattiq qoralaydi va odamlarni ular tuzog‘iga ilinmaslikka undaydi. Mark Tvenning ilk ijodi «Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrab yuruvchi qurbaqa», «Tennesiyada jurnalistika», «Men qishloq xо‘jaligi gazetasini qanday tahrir etdim» yumoristik hikoyalarida qiziq voqea, latifa va uydirma voqealar tasvirlanadi, ularda matbuotdagi beburdlik masxara qilinadi. Mark Tven shu yillardayoq ijtimoiy hajviyaning ajoyib namunasi bо‘lgan «Xitoylikning xati», «Gubernatorlikka meni qanday sayladilar» (1870) hikoyalarida Amerika soxta demokratiyasini fosh etgan. «Tom Soyerning boshidan kechirganlari» (1876) romani Mark Tven ijodida yangi davr boshlanganini kо‘rsatadi. Yozuvchi unda о‘tmishga, о‘zining yoshlik vaqtidagi hayotga, bolalarning «sof, poetik» dunyosiga murojaat etadi. Shunday bо‘lsa ham, Tom Soyer haqidagi bu roman о‘z zamonasidan qochish degan mA’noni bildirmaydi. Aksincha, bu asar Mark Tven realistik mahoratining rivojida mA’lum bir bosqich hisoblanadi. Bolalar hayoti haqidagi bu kitobni yoshlar ham, kattalar ham qiziqib о‘qiydilar, chunki unda insonning ichki dunyosi psixologik jihatdan asoslangan holda real bо‘yoqlarda beriladi. Roman qahramoni Tom kichik shahardagi meshchanlar ichida yashaydi. Xolasining betо‘xtov nasihatlari, maktabda quruq yod oldirishdan iborat eskicha о‘qitish usullari zerikarli bо‘lganidan u darsga qiziqmaydi, mashg‘ulot vaqtida boshqa narsalarni о‘ylab о‘tiradi. Uning shо‘xligi va о‘yinqaroqligi о‘sha voqelikka о‘ziga xos norozilikdir. Tomning uysiz bola Gek Finnga havas bilan qarashi – meshchan urf-odatlaridan xoli erkinlikka intilish alomatidir. Romanda kulgili lavhalar jiddiy voqealar bilan aralash davom etadi. Tom Gek bilan kechasi qabristonga borib, hindi Jo tomonidan bir doktorning о‘ldirilishi voqeasini kо‘radilar, sо‘ngra ular qotilni topishda tegishli kishilarga kо‘maklashadilar.Tomning qanday qilib yaxshi о‘quvchi nomini olishi voqeasi xam kiziq. U bolalardan sо‘rab olgan bilet asosida javob berib, namunali о‘quvchi sifatida taqdirlanadi. Lekin tavrotni sira ham о‘qib kо‘rmagan Tom unda kо‘rsatilgan avliyolarning nomlarini tо‘g‘ri aytolmaydi. U butxona xutbalarini ham, ibodat qilish rasm-rusmlarini ham yoqtirmaydi. Tom juda zerikarli bir ibodat vaqtida qо‘ng‘izni cherkovga qо‘yib yuboradi. Qо‘ng‘iz kuchukka yopishib oladi, u vangillab u yoq-bu yoqqa chopganida ibodat qiluvchilar hushyor tortadilar. Yosh Bekkiga iisbatan bolalarcha sevgisi kishida ham zavq, ham yengil kulgi tug‘diradi. Asar umuman, odamda bolalarining о‘ziga xos harakatlariga nisbatan chin muhabbat uyg‘otadi va ularning ichki dunyosini tо‘laroq tushunishga yordam beradi. Bu oddiy bolalar turmushda uchraydigan har xil voqealarga duch keladilar, lekin ular asosiy masalalarda tо‘g‘ri fikr yuritadilar. «Tom Soyerning boshidan kechirganlari» romanining tarbiyaviy ahamiyati katta. U bolalarni dо‘stlik, adolat, tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Asarning о‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri unda realizm (kichik shaharda istiqomat qiluvchi meshchanlar hayoti tasviri) bilan romantizm (Tom va dо‘stlarining xayoliy romantik dunyosi)ning mavjud bо‘lishidadir. Mark Tven tarixiy temadagi romanlaridan «Shahzoda va gado»(1882)da garchi о‘rta asr feodal davri voqealarini aks ettirsa ham, lekin о‘z zamonasidagi illatlarning negizini о‘sha uzoq о‘tmishda kо‘radi va unga tanqidiy munosabatda bо‘ladi. Asardaga voqea XVI asrning birinchi yarmida Angliyada rо‘y beradi. Bir vaqtda bir-biriga о‘xshagan ikki bola dunyoga keladi. Ulardan biri saroyda, ikkinchisi qashshoq xonadonda tug‘iladi. Bular shahzoda Eduard bilan gadoy Tom Kentilardir. Agar Eduard Tyudor saroyda shoh farzandi sifatida izzat-hurmat va farog‘atda yashasa, Tom kambag‘al oilada qashshoqlikning butun azob-uqubatlarini boshidan kechiradi. Bir kuni Tom tomosha qilgani saroy yaqiniga borgan vaqtida shahzoda Eduard uni ichkariga olib kirib ketadi va ular о‘ynab yurib, bir-birlarining kiyimlarini kiyib oladilar. Kech kirgach, saroy xizmatchisi gadoy kiyimidagi shahzoda Tyudorni kо‘chaga haydab yuboradi. Shu paytdan boshlab, har ikkala bola taqdirida katta о‘zgarish yuz beradi. Saroyda rohatda yashagan va e’zozlangan Eduard xalq orasiga kiradi, mehnat ahlining azob-uqubatlarini о‘z boshidan kechirib, turmushga endi ancha tо‘g‘ri qaraydigan bо‘ladi. Yozuvchi gumanizmi kambag‘al bola Tom Kenti shaxsiyati tasvirida, ayniqsa, ochiq kо‘rinadi. Tom Kenti masalaga omma manfaati nuqtai nazaridan qaraydi. U о‘zida xalq donoligini mujassamlantirgan kishi obrazidir. «Shahzoda va gado» asarida о‘sha davr Angliya hayoti keskin qarama-qarshilik fonda berilgan. Bir tomondan hamma yoqda sanqib yurgan gadoylar, kulbalarda yashayotgan ochlar kо‘zga tashlansa, ikkinchi tomondan hashamatli qasrlarda ziynat ichida dabdabali hayot kechirayotgan boy-badavlat kishilar– saroy ahllarini kо‘rish mumkin. Yozuvchining bu romanida yorqin bо‘yoqlar, yengil yumor о‘rnini kinoya va achchiq kulgi egallaydi. «Geklberri Finning boshidan kechirganlari» (1885) romani bilan Mark Tven ijodida yangi davr boshlanadi. Bu ham bolalar haqidagi birinchi asarining davomidek tuyulsa-da, lekin undan farq qiladigan tomonlari bor. Endi bu romanda bosh qahramon Tom emas, balki kо‘chada yuruvchi yetim Gek Finndir. U faqat shaxsiy erkinlikka intiluvchi bola bо‘lmay, balki ham aqlan, ham jismonan kamol topib borayotgan о‘smir sifatida harakat qiladi. О‘sha davrning eng yaxshi romani hisoblangan «Gek Finn»da Mark Tven grajdanlar urushiga qadar 50- yillardagi Amerika hayotini aks ettirsa ham, biroq «Tom Soyer»dagi kabi bolalarning о‘yini, kulgisi, xushchaqchaq hayotini emas, aksincha Amerikaning tо‘s-tо‘polonli keyingi davri bilan bog‘lanib ketuvchi voqealarni kо‘rsatadi. Asarning bosh qahramoni Gek erkinlikka intiluvchi yetim bola. U dindor beva ayol Duglas uyida tinch yashayverishi mumkin edi. Biroq Gek biror kimsaga qaram bо‘lib qolishni istamaydi, shuning uchun uning uyidan chiqib ketadi va sarson-sargardonlikda kezib yuradi. U bir xildagi osoyishta, zerikarli meshchan hayotini rad etadi. «Men boylikni, diqqinafas yaramas xonalarda yashashni istamayman... Boy bо‘lish sira ham kо‘ngilli ish emas, boylik bu diqqatvozlik va tashvish demakdir», deydi Gek. Gek Finn aroqxо‘r otasi zulmidan qochib, shahardan chiqib ketayotganda qochoq negr Jimga duch keladi. Uni turli xayollar qurshab oladi. Janubda qulning qochishi qattiq jinoyat hisoblanar edi. О‘sha muhit ta’siri ostida Gek negrni ushlab bermoqchi ham bо‘ladi. Lekin yaramas muhit qoidalaridan undagi tabiiy odamiylik ustun chiqadi. Endi u Jimni ochiq himoya qilish yо‘liga о‘tadi. «Tom Soyer» asarida Gek sof kо‘ngilli, faqat о‘z erkini qadrlaydigan bola tarzida tasvirlangan bо‘lsa, endi bu romanda negr-qulning ozod yashashi uchun qayg‘uruvchi jonkuyar inson sifatida kо‘zga tashlanadi. Mark Tven irqchilarning soxta nazariyasini fosh etib, negr Jimni ham halol, mard, о‘ylab ish kо‘radigan, insoniylikning qadriga yetadigan odamshavanda sifatida tasvirladi. Bunday olijanob fazilatlar Gek bilan Jimni bir-biriga yaqinlashtiradi. Jimning haqiqiy inson ekanligi, о‘z hayotini xavf ostida qoldirgani holda yarador Tomni qutqarish epizodida ochiq kо‘rinadi. Asarda provinsial shahardagi miskin hayot tо‘la aks etgan. Shahar kо‘chalari tor va iflos, uylari eski, odamlari esa qо‘pol, ochkо‘z va berahmdirlar. Ularning qiladigan ishlari kuchuklarga azob berish, qochoq negrlarni ushlash va qiynash, jazo berishdan iborat. Gek va Jim yо‘llarida yaxshi odamlardan kо‘ra kо‘proq yomonlar – qotil, bandit, о‘g‘ri va tovlamachilarni uchratadilar. Ular adolat axtaradilar, lekin har qadamda yovuzliklar, irqiy kamsitishlarga duch keladilar, faqat suv ustida suzib yuruvchi taxta – sol ustida о‘zlarini erkin his etadilar. Biroq bu bexavotirlik ham uzoqqa chо‘zilmaydi. О‘zlarini «qirol» va «gersog» avlodidan, deb atovchi ikki tovlamachi paydo bо‘ladi. Jinoyat dunyosining bu kishilari 40 dollarga qul qilib Jimni sotib yuborishdan ham qaytmaydilar. Mark Tven Bicher Stouning «Tom tog‘aning kulbasi» romani ańanalarini davom ettirib, negrlarning kapital quliga aylantirilishini qattiq qoraladi va ularning teng huquqli bо‘lishlari uchun haqiqiy kurashchi sifatida chiqdi. Mark Tven Gek Finn shaxsiyatida romantik sharoitda harakat qiluvchi qahramonni emas, balki 50-yillardagi Amerika hayoti bilan bog‘liq bо‘lgan real kishilar obrazini yaratdi. Bular Gek bilan Jimning quldorlik Janubidan «erkin» deb atalgan Shimoliy shtatlarga qochib о‘tishlari va u yerlarda ham zulm-dahshat hukmron ekanligini kо‘rishlari misolida kо‘zga tashlanadi. «Qirol Artur saroyidagi Yanki» tarixiy-fantastik romanining qahramoni oddiy amerikalik Yankidir. U bir musht boshiga tushgan kaltak zarbidan sо‘ng aqlini yо‘qotadi, hushiga kelgach, о‘zini VI asrdagi Angliyada kо‘radi va qirol Artur saroyiga boradi. Asarning fantastik pardasi ostida real voqealar aks etadi. Artur qirolligi zulm-dahshat, diniy jaholat avj olgan feodalizm hukmronlik qilgan davr edi. Yozuvchi о‘z zamonasidagi qabohatlarnnng о‘tmishdagi yaramasliklar bilan bog‘liqligini kо‘radi. Yanki Amerika xalqining yaxshi fazilatlarini gavdalantirgan obraz. U feodal-zodagonlarga ham, ularning tayanchi bо‘lgan dinga, shuningdek qonli bosqinchilik urushlari jangchilari – ritsarlarga ham qarshi kurash olib boradi. Yovuz qirolicha Morgana, sehrgar Merlin, dindor va ritsarlar о‘sha zulmat dunyosining jirkanch vakillari bо‘lib, Yanki xalqni ezgan о‘sha qora kuchlarga qarshi kurashga otlanadi. U gazetalar chiqaradi, fabrikalar qurdiradi, xalq ahvolini yaxshilashga intiladi, yoshlarni mA’rifat va kurash g‘oyasi bilan qurollantirib, ular yordami bilan feodal tuzumini yо‘q qiladi. «Qirol Artur saroyidagi Yanki» romani yozuvchining ilgarigi romanlariga nisbatan oldinga tashlangan bir qadam bо‘ldi. Asarning demokratik xarakterini adibing «xalq – hokimiyatning birdan-bir qonuniy egasi» degan sо‘zlar ham tasdiqlaydi. Yanki Tom Soyer, Geklberri Finn va negr Jimlar qatorida turadigan ijobiy obrazdir. Mark Tven keyinchalik fransuz xalqining milliy qahramoni Janna d'Ark shaxsiyatiga qiziqadi va «Janna d'Ark» (1896) tarixiy romanini yaratadi. Janna d'Ark ingliz bosqinchilariga qarshi yuz yillik urush vaqtida о‘z jasorati bilan xalqni jangga ruhlantirib turgan Fransiyaning milliy qahramoni sifatida mA’lum. Bu asarida yozuvchining monarx, diniy reaksiyaga qarshi nafrati kо‘zga tashlanib turadi. Roman Jannaning quroldoshining bu mard qiz haqidagi eslashlari asosida yozilgan. XIX– XX asr chegarasi - Mark Tven shunday og‘ir sharoitda yozgan falsafiy kitobi «Inson о‘zi nima?» (1906) va «Sirli notanish» (1898) qissasi bilan Amerika imperializmining qabohatlarini yana ham qattiq fosh etgan yirik satirik yozuvchi sifatida maydonga chiqadi. Ijodining shu davriga xos «Gedlibergni buzgan odam» (1899) qissasida boylik, hasadgо‘ylikka berilgan hozirgi zamon Amerika jamiyati illatlarini fosh etadi. Gedliberg yaxshi odamlar yashaydigan, nuqsonlardan xoli joy, deb atalar edi. Lekin yaqindan qaraganda, u о‘sha tuzumning barcha qabohatlarini о‘zida mujassamlantirgan shahar. Uning aksar fuqarolarida vijdon va poklikdan asar kо‘rinmaydi. Shaharda insofli kishilar uchun yashash imkoniyati yо‘q. Bu shaharning ustunlari hisoblangan boylar aslida eng insofsiz, tovlamachi, pul uchun о‘z shA’nidan ham voz kechuvchi shaxslar bо‘lib chiqadilar. Bu shahardagi turmush butun mamlakat uchun xarakterli. Demak, kichik Gedliberg orqali butun Amerikadagi hayot anglashiladi. Yozuvchi shaharning eng vijdonli kishilaridan hisoblangan va tuhmat qilib ayblangan Berjesni yoqlab, pulga sajda qilgan ruhoniy Bilson va amaldor Vilsonni qoralaydi. Mark Tven «Zulmkorlar qо‘shma shtatlari» (1901) pamfletida negrlarni ezish kabi sharmandali hol va irqiy kamsitishlarni qoralab, bunga qarshi turishga chaqiradi. Ammo uning nazarida kurashga qobil kuchlar yо‘q. Yozuvchidagi zaif tomon jamiyatdagi progressiv kuchlarni kо‘ra bilmaslik va ularga tayanmaslikdir. «Qorong‘ilikda yurayotgan kishiga» (1901) pamfletida Amerika imperializmining kolonial siyosati fosh etiladi. Kapitalistik davlatlarning kam rivojlangan mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvlarini, madaniyat tarqatish bahonasi bilan tilida xudo-yu, dilida yovuz niyat va makkorlik (aldash, sotib olish, о‘ldirish va qо‘rqitish) yо‘li bilan odamlarni qul qilish siyosatini fosh etadi. Mark Tven mustamlakachilik siyosatining yemirilishi muqarrar ekanini kо‘ra bilgan yirik demokrat yozuvchi edi. Mark Tven «Ulkan xalqaro marosim» pamfletida AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya imperialistlarining iqtisodiy qoloq о‘lka va mamlakatlarni zо‘ravonlik bilan bosib olish kabi qabih siyosatlarini ayamay fosh etadi. Mark Tven о‘zining hayotligi vaqtida antiimperialistik ruhda yozilgan kо‘p hajviyalarni bostira olmaydi. Uning о‘z sо‘zlari bilan aytganda, Amerika jamiyatida sо‘z erkinligi yо‘q. «Sо‘z erkinligi faqat о‘liklarga berilgan huquqdir», deydi. Mark Tvenning «Avtobiografiya»si uning hayoti va turmushga bо‘lgan qarashlarining sо‘nggi yillariga xos tomonlarini ochuvchi qimmatli hujjatdir. Ular xotiralar, lirik lavhalar, tabiat manzaralari tasviri bilan bir qatorda, Amerika imperializmining yirtqich qiyofasini fosh etgan satiralardan iborat. Bu «taqiqlangan» kitobdan bA’zi bir parchalar e’lon qilingan. Tven «buyuk respublika» deb atalgan Amerikani «о‘zak-о‘zagigacha chirigan», buning asosiy sababchisi «imperializm» deb, о‘sha tuzum jamiyatni falokatlarga olib boradi, shuning uchun uni almashtirish kerak, degan obyektiv xulosaga keladi. Ta’sirchan kulgi sańatini egallagan va uning beqiyos katta kuchiga ishongan Tven о‘zi yashab turgan dahshatli dunyo va uning «zarhallangan asri»da nihoyat avj olgan qalloblik, zо‘ravonlik va munofiqliklarni fosh etishi bilan birga, zamondoshlarining diqqatini о‘sha qabohatlarga qarshi kurashga qaratadi. Bu esa, demokrat va satirik yozuvchining о‘z xalqi va jahon progressiv jamoatchiligi oldidagi katta xizmatini kо‘rsatadi. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling