Xx asr boshlari amerika adabiyoti
TEODOR DRAYZER (1871 – 1945)
Download 54.54 Kb.
|
6-tema lekciya
TEODOR DRAYZER (1871 – 1945)Drayzer ijodi – XX asrning birinchi yarmi Amerika adabiyotida realizmning chо‘qqisidir. Drayzer AQSH hayotidagi fojiaviylikni kо‘rsata olgan yirik sańatkor bо‘lib, uning ijodi, kuchli о‘zgarishlar ostida ravnaq topadi va u Amerika qit’asida realizm adabiyotiga asos solgan yirik yozuvchi va jamoat arbobi sifatida tanildi. Teodor Drayzer Indiana shtatidagi kichik bir joyda kambag‘al ishchi oilasida tug‘iladi. Qashshoqlik yoshlikdan bо‘lg‘usi yozuvchini mehnat qilishga majbur etadi. U ish axtarib Chikagoga boradi, restoranda idish-tovoq yuvadi, tovar stansiyasida nazoratchi bо‘lib ishlaydi, kir yuvish masterskoyida mexaniklik qiladi. Drayzer 1883 yilda Indiana universitetiga kirib bir yil о‘qiydi. Lekin iqtisodiy ahvoli о‘qishni davom ettirishga imkon bermaydi. О‘qish vaqtida Lev Tolstoy ijodi bilan tanishadi. Uning asarlari yosh Drayzerga katta ta’sir kо‘rsatadi. Bilimga tashna Drayzer о‘sha vaqtda keng tarqalgan Gerbert Spenser falsafasini qiziqib о‘rganadi.
Drayzer 90-yillarning о‘rtalarida Nyu-Yorkda yashab, jurnallarda redaktorlik qiladi, maqola va ocherklar yozadi. Xalq ahvoli bilan yaqindan tanishishi uning kelajakdagi ijodiga material bо‘lib xizmat etadi. Uning ijodi 1900 yildan boshlanadi. Birinchi romani «Baxti qaro Kerri» chiqadi. 1911 yildagina uning ikkinchi romani «Jenni Gerxardt» yuzaga keladi. Undan sо‘ng ketma-ket «Moliyachi», «Titan», «Daho» romanlari yoziladi. Birinchi jahon urushidan sо‘ng 20-yillar о‘rtasida ikki tomli «Amerika fojiasi» chiqqach, adib yirik tanqidiy realist sifatida butun dunyoga taniladi. Drayzer ijodining birinchi davrida (1900–1917) yirik realistik asarlar yozishi bilan bir qatorda reaksion Spenser falsafasiga berilishi unda ziddiyatli fikrlar tug‘ilishiga va uni yanglish xulosalar chiqarishga olib boradi. Drayzer ijodining ikkinchi davri (1917– 1945) yirik tanqidiy realist yozuvchi bо‘lib yetishadi. «Baxti qaro Kerri» (1900) romanining qahramoni kambag‘al fermer qizi Karolina Kerri Miberni oilada erkalatib «jajji Kerri» deb atashadi. Kerri esli-hushli bо‘lsa ham, lekin tajribasi yо‘q, yoshlik orzulari bilan yashovchi, kо‘rgan narsalaridan tegishli xulosalar chiqarishga zaif edi. Xudbinlik, egoizm uning tabiatiga «monand» bо‘lib, bilimga emas, balki u ne’matlarga intilar edi. Kerrining chekka qishloqdan Chikagodagi opasinikiga borishi ham shular oqibatidir. Asarning asosiy g‘oyasi Amerikada barcha uchun barobar imkoniyatlar mavjud, degan illyuziyani fosh etishda kо‘rinadi. Haftalab u sarson-sargardonlikda ish axtaradi. Poyabzal fabrikasida og‘ir sharoitda ishlay boshlaydi, lekin kо‘p о‘tmay, kasallanib, bir necha kun xizmatga bormagach, korxonadan bо‘shatiladi. Bundan keyin ish topish ham mumkin bо‘lmaydi. Bechorahol opasinikida yashash imkoniyati ham yо‘q, uyiga qaytib ketishni ham mA’qul kо‘rmaydi. Halol mehnat bilan yashashga iloj qolmaganidan sо‘ng u boshqalarning «beg‘araz» yordamiga beriladi. Dastlab Kerri savdo firmasining xizmatchisi, olifta yigit Charlz Druzning yaxshi kiyinishi va gaplariga uchadi. Sо‘ngra bu oshiqqa nisbatan bir mayxonaning boshqaruvchisi, puldor va muomalani biladigan oilali kishi Gerstvud ustun bо‘lib chiqadi. Kerri Druzni tashlab, Gerstvud bilan Nyu-Yorkka qochib ketadi. Gerstvud asta-sekin bor-yо‘g‘idan ajralib, ishsiz qoladi, yuztuban ketib, butun kunni sadaqaga beriladigan non ocheredlarida о‘tkazadi. Kerri esa, faqat о‘zini о‘ylab, uni ham tashlab ketadi va teatrga ishga kiradi. Og‘ir ahvolda qolgan Gerstvud gazdan zaharlanib о‘ladi, Kerri esa о‘sha muhitga moslashib oladi. U muhtojlikda о‘tkazgan о‘tmishini, ish topolmay darbadar kezgan kunlarini eslaydi va shundan sо‘ng о‘zini sańatga uradi. Yozuvchi Kerrining muvaffaqiyatga erishishini tasodifiy bir hol, Amerikada dollarning halokatli ta’siri natijasi deb kо‘rsatadi. Hamma narsa aqchaga bо‘ysundirilgan jamiyatda kо‘pchilik omma uchun baxtli yashash mumkin emasligi tramvay haydovchilarining kurashi misolida yaxshi kо‘rsatilgan. Amerikada son-sanoqsiz fojiali voqealar, «puldor korchalonlardangina bir pog‘ona past turgan sinfning vakili»– mayxona boshqaruvchisi Gerstvudning sinishi ham real aks ettirilgan. Tramvay ishchilarining ish tashlashlaridan foydalanib, haydovchi bо‘lib xizmatga kirgan bu kishining shtreykbrexerlik qilishi zarbaga uchraydi. Demak, о‘sha jamiyatda yuqoriga kо‘tarilish voqeasi tipik emas, balki о‘z ishida sinib, ishsiz qolish, qashshoqlashib о‘limga mahkum etilishi xarakterli hodisadir. Kambag‘al qiz Kerrini artistlik ishida ahvolini yaxshilab olishi kо‘tarilishdek kо‘rinsa ham, lekin bunday obrо‘ orttirish axloqiy tubanlik natijasida yuzaga keladi. Kerri haqiqiy mehnat, haqiqiy sańat bilan baxtga erishishni о‘ylasa ham, lekin о‘sha jamiyatda halol mehnat orqali baxtga erishish mumkin emasligini о‘z tajribasida kо‘radi. «Baxti qaro Kerri» romanining qimmati xalq ommasining og‘ir turmushi, ayniqsa, korxonalarda ishlovchi ayollarning qattiq ekspluatatsiya qilinishlari, mushkul ahvolga tushib qolgan Kerrining yuztuban ketishi evaziga kо‘tarilishi, Gerstvud oilasidagi munofiqlik, boy kvartal Brodveygdagi dabdabali hayot, tramvay ishchilarining ish tashlashlari tasviri, ishsizlik natijasida kо‘chaga chiqarib tashlangan son-sanoqsiz kambag‘allarning och tentirab yurishlarining haqqoniy aks ettirilishida ochiq kо‘rinadi. «Jenni Gerxardt» (1911) romanida ham kambag‘al oiladan chiqqan qizning jamiyatidagi fojiasi kо‘rsatilgan. Asarning g‘oyaviy yо‘nalishi oddiy qizning xulqiy pokizaligi, uning buzilgan jamiyat axloqiga qarshi qо‘yilishida namoyon bо‘ladi. Romanning asosiy syujet yо‘li, ishchi qizi Jennining fojiasi, u bilan millionerning о‘g‘li Lester Keyn о‘rtasidagi sevgi tarixida ochiq kо‘rinadi. Kambag‘al Jenni boy yigit Keyn bilan turmush qurolmaydi. О‘sha jamiyat urf-odatlari, sotsial adolatsizliklar bu yoshlarning tabiiy sevgilariga tо‘sqinlik qiladi. Drayzer oddiy qizning odobliligi, vafodorligi, qalbining musaffoligini kо‘rsatish orqali xalq kuch-qudratiga ishonchini ifodalaydi. Jenni о‘zining eng yaqin kishilari – ota-onasi, qizi Vesta, nihoyat sevgani Lesterdan ajraladi. Lekin bunday og‘ir yо‘qotishlar uni umidsizlikka tushirmaydi. U yetim bolalarni asrab oladi va bundan sо‘nggi hayotini ular tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Imtiyozli tabaqalarning yaramas xulq-atvori, kambag‘allarning og‘ir turmushi tasviri bosh qahramon Jenni Gerxardt hayoti bilan bog‘liq ravishda jamiyatdagi aqchaning halokatli ta’sirini kо‘rsatishga qaratilgan. Yozuvchining «Istak trilogiyasi»ni tashkil etgan romanlari «Moliyachi» (1912), «Tristan» va «Matonatli» (1947)da monopoliyalarning kelib chiqishi va ularning hukmronligi mamlakat iqtisodiy va mA’naviy hayotiga qanday halokatli ta’sir etgani real kо‘rsatilgan. «Moliyachi» romanining qahramoni yosh bola Frank Kaupervud. U akvariumdagi katta qisqichbaqa oldiga kelib qolgan karakatitsa degan mahluqni yutib yuborganini kо‘radi. U bundan hayot shunday qurilgan ekan, zо‘rlar zaiflar hisobiga yasharkan, degan xulosaga keladi. Frank jamiyatning odamiylikka yot egoistik qonunlarini tez о‘zlashtiradi. U vaziyatga qarab beshafqatlik, beburdlik qiladi, yо‘ldagi har qanday tо‘siqlarni bartaraf etadi. Zaruriyat tug‘ilsa muloyim, shirinsо‘z ham bо‘ladi. U ishni savdo-sotiqdan boshlab, boylik tо‘playdi, katta amaldorlarni qо‘lga oladi. U о‘zining moliya operatsiyasida shaxsiy sarmoyasini emas, balki shahar idorasi mablag‘ini qonunga xilof ravishda ishlatib, katta foyda orttiradi va birjachi-moliyachiga aylanadi. Voqea grajdanlar urushi va undan keyingi yillarda bо‘lib о‘tadi. Shimolning puldor korchalonlari urushda kо‘proq foyda olishga intiladilar. Drayzer «Moliyachi»da о‘z davri mamlakat iqtisodiy ahvolini katta realistik kuch bilan tasvirlab, boylik uchun kurashlarda ishlatilayotgan siyosiy nayranglar va yovuzliklarni ochiq kо‘rsatadi. Shahardagi hokimiyat bir tо‘da kishilar – kо‘mir sanoati korchaloni Mollenxauer, kommunal xо‘jalik ishlarini boshqaruvchisi Batler va yirik moliyachi Simpsonlar qо‘lidadir. Ular shahar hokimi, sud va boshqa idoralarni о‘zlariga qaratib olib, xohlagan ishlarini qiladilar. Kaupervud Filadelfiyaning bu uch hukmroni bilan kurash olib borib, shahar transporti (konka)ni о‘z nazorati ostiga olmoqqa intiladi. Lekin Chikagodagi yong‘in va uning oqibatida kelib chiqqan moliyaviy vahimalar uni sindiradi. Kaupervudning kuchli raqiblari – Mollenxauer guruhi uning yashirincha olgan qarzlarini tо‘lay olmasligini bilib, Kaupervudni sudga beradilar va qamatadilar. Lekin u qamoqda ham tinch yotmaydi. О‘z kishilari orqali birjadagi yumushini tо‘xtatmaydi. Qamoqdan chiqqan Kaupervud qalloblik ishlarini davom ettiradi. U yirik moliyachi Jey Kukning kasod bо‘lishi bilan bog‘liq birjada tug‘ilgan yangi vahima natijasida о‘zini о‘nglab oladi va bu yerdan ketadi. Trilogiyaning ikkinchi romani «Titan»da Kaupervud birjachi dallol emas, balki u endi har tomondan rasmiy tus olgan kapitalist sifatida kо‘rinadi. U birja spekulyatsiyasi bilan shug‘ullangani holda shahar transportini qо‘lga kiritgan boy millionerdir. Chikagoga kelgan Kaupervud shahardagi hayot Filadelfiyadagi «triumvirat»ga qaraganda ham kuchliroq yirtqichlar tо‘dasi Shrayxart, Edisson va Merillar qо‘lida ekanini biladi. U moliya va jinoyat dunyosi bilan bog‘langan saylov sistemasini qо‘lga olgan burjua siyosatdonlari (Mak-Kenti) bilan aloqa bog‘lab, Shrayxart shaykasi kuchini zaiflashtirib, sо‘ngra ular bilan kurashda yengib chiqadi va Chikagoning transport magnati bо‘lib oladi. Lekin Kaupervud о‘z yо‘lida kuchli dushman qarshiligiga duch keladi. Shrayxartlar bandasi moliya ishidagi о‘z raqobatchisi Kaupervud va uning sheriklari bilan birlashib ketadilar. Kaupervud Chikago munitsipalitetini sotib olib, о‘zi yakka hukmron bо‘lishga intiladi. Lekin xalq ommasi uning g‘olibona yurishiga tо‘sqinlik qiladi. Shahar temir yо‘lining butunlay uning qо‘liga о‘tib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi. Drayzer Kaupervudning yovuzligini qoralagani holda uning boylik, hukmronlikka intilishi, bu yо‘lda uchragan hamma tо‘siqlarni shafqatsizlik bilan bartaraf etishi va yemirib tashlashini ham kо‘rsatadi. U о‘z nafsini qondirishni istaydi. Shuning uchun asar «Istak trilogiyasi» deb ataladi. Drayzer Kaupervudning ichki dunyosi qashshoq ekanini tA’kidlaydi. Lekin uning chaqqon, g‘ayratli, kuchli, aql-idrokli ekaniga qoyil qoladi. Bu esa uning qarashlaridagi ziddiyatlardan, ijtimoiy voqelikni biologik qonunlar asosida talqin qilishidan kelib chiqadi. Yozuvchi katta shahar Chikagoni, shuningdek, kuch-g‘ayratga tо‘lgan bahaybat Kaupervudning о‘zini ham qudratli «Titan», deb ataydi. Trilogiyadagi «Moliyachi» va «Titan» romanlari Drayzer realistik ijodining yangi bosqichi aks etgan asarlardir. Ulardagi Kaupervud obrazi yozuvchining ulkan muvaffaqiyatidir. «Daho» (1915) romanida yozuvchi jamiyatda haqiqiy sańatkor talantining barbod bо‘lishini kо‘rsatadi. Asar qahramoni katta iste’dodga ega rassom Yudjin Vitladir. U о‘z ijodida mehnatkash ommaning og‘ir ahvolini, kо‘zga tashlanib turadigan dahshatli voqealarni real aks ettirishga intiladi. Bu haqiqiy sańat kо‘pchilikka yoqadi. Biroq ularni sotib olish uchun imkoniyat yо‘q. Bunday surat puldorlar didiga yoqmaydi, shuning uchun ular olmaydilar. Yashash imkoniyatlaridan mahrum etilgan rassom о‘z sańatini tashlab, savdo sohasidagilarga katta manfaat keltiruvchi reklama firmasiga о‘tadi. Undan sо‘ng bir nashriyotning direktori sifatida boyib, puldor-korchalonlarga foyda keltiradigan ish qilishi bilan о‘z talanti va sańatini barbod etadi. О‘sha muxit uni buzadi. Yudjin butunlay о‘zgarib, ijod etolmay qoladi. Shunday qilib, uning dahosi yemiriladi. Drayzer qahramon talantining yemirilishini biologik omillar oqibati, deb qarasa ham, lekin asardan Amerika haqiqiy realistik sańatning yovuz dushmani, degan aniq g‘oyaviy mazmun kelib chiqadi. Shu sababli reaksion doiralar «Daho» romanini taqiqlashga erishadilar. Biroq Drayzer bu safar о‘z dushmanlari bilan mardonavor kurash olib boradi va 1923 yilda asarini qayta nashr qildirishga muvaffaq bо‘ladi. Drayzerning «Amerika fojiasi» (1925) asari birinchi jahon urushidan sо‘ng yozilgan monumental ikki tomli romandir. Asarning bosh personaji burjua-meshchan oilasidan chiqqan bola – Klayd Grifitsdir. U о‘sha muhit ta’sirida о‘sadi. Klayd yuzsizlik, boyish yо‘lida har qanday vositalardan foydalanish kabi yaramas illatlarni о‘zlashtira boradi. U о‘z maqsadlariga erishish yо‘lida dastlabki qadam, deb mahalliy mehmonxonani hisoblaydi va u yerda о‘z mijozlaridan xayr-sadaqalarga kо‘z tikuvchi, manfaat yuzasidan ish tutuvchi egoistga aylanadi. Tartibsiz turmush kechirish maishat va ichkilikka olib boradi. U tushgan mashina bir qizni bosib ketadi. Qamalish xavfi tug‘ilgach, Klayd bu yerni tashlab, boy amakisi yashaydigan shaharga boradi va uning fabrikasida ishga joylashadi. О‘sha yerda qishloqdan kelib xizmat qilayotgan kambag‘al qiz Roberta Olden bilan tanishadi va unga uylanmoqchi bо‘ladi. Lekin ahvolini tuzatish maqsadida u boy qiz Sondra Finchlini olishga intiladi. Lekin bо‘yida bо‘lgani aniqlangach, Roberta Klayddan о‘zini nikohlab olishni talab qiladi. Bu narsa uning uchun kо‘ngilsiz voqea, yA’ni maqsadlariga erishish yо‘lida katta tо‘siq edi. Shuning uchun Klayd Robertani kо‘lda sayr qildirib yurib, suvga chо‘ktirib о‘ldiradi. Bu fojiali voqeaning siri ochiladi va Klayd sud qilinib, elektr kursida jazolanadi. Romanda Klayd Grifitsda tug‘ilgan egoizm Amerika jamiyati va uning zо‘ravonlikka asoslangan vahshiy qonun-qoidalarining oqibati ekani kо‘rsatiladi. Undagi individualistik hirs Roberta Olden, shuningdek, Sondra Finchliga bо‘lgan munosabatda ham kо‘zga tashlanib turadi. Sondra yosh va chiroyli qiz, lekin Klaydni uning gо‘zalligi emas, balki boyligi qiziqtiradi. Klayd obrazi Drayzer ilgari yaratgan Kerri, Kaupervud va Vitla obrazlariga о‘xshamaydi. Ular kabi favqulodda kuchga ega bо‘lgan qudratli shaxslardan ham emas, balki oddiy amerikalikdir. Voqealar tasvirida ham о‘zgarish bor. Ilgarigi asarlarida sotsial motivlar bilan birga, biologik omillar mA’lum darajada о‘rin egallagan edi. Bu romanida esa, sotsial voqealarning mohiyati tо‘g‘ri talqin etiladi va ular real kо‘rsatiladi. Klayd millionlab amerikaliklarning tipik vakili. U Amerika jamiyati qabohatlari qurboni bо‘lgan son-sanoqsiz yoshlarning biridir. Yozuvchi Klayd obrazi orqali individualizmning yemirilishini ham kо‘rsatdi. Amerika hamma uchun barobar imkoniyatlar mavjud mamlakat, degan safsatani fosh etdi. Haqiqatda kun kechirish qiyinlashib ketmoqda, qayg‘uli hayot Amerika yoshlarini baxtsizlik, fojiali о‘limga duchor qilmoqda edi. Klayd voqeasi siyosatdonlar uchun bir о‘yin hisoblanadi. Ular bо‘ladigan saylov arafasida о‘z obrо‘larini kо‘tarib qolishga intiladilar. Gunohi aniqlanmasdan turib, Klaydning taqdiri hal etiladi. Prokuror Mezon ham ayblov nutqini oldindan tayyorlab qо‘yadi. Boshqalar ham uni qutqarish yoki aybini yumshatishga intilmaydilar. Klaydning boy qarindoshlari uni о‘limdan olib qolishlari mumkin edi. Lekin ular bu janjalli ishga aralashishdan, obrо‘lariga putur yetib, shaxsiy ishlariga zarar kelishidan qо‘rqadilar va о‘zlarini chetga oladilar. Oqibatda sud uni о‘lim jazosiga hukm qiladi. Sud jarayonida boy oiladan chiqqan qiz Sondra Finchlining nomi tilga ham olinmaydi, vaholanki Klayd unga uylanaman deb, shunday jinoyat qilishga borgan edi. Ruhoniy Mak-Millan dahshatli voqea yuz bergan sharoit haqida hech narsa demaydi, uni qutqarishga intilmay, butun aybni Klaydning yakka о‘ziga qо‘yadi. Haqiqatda esa Klayd jamiyat illatlari, urf-odatlari qurboni bо‘ladi. «Amerika fojiasi» voqelikni keng qamrab olishi, kо‘tarilgan g‘oya va tanqidiy fikrning chuqurligi, badiiy mahoratning yuksakligi bilan jahon progressiv adabiyotining eng yaxshi realistik asarlari qatoridan joy oldi. Adib «Amerikani qutqarish kerak» (1941) publitsistik kitobida mamlakatni halokat yoqasiga olib borgan sistemaning yemirilishi muqarrar ekani va faqat faol kurash bilan Amerikani og‘ir ahvoldan chiqarish mumkinligi haqida gapiradi. «Tayanch» romanida bankir Solon Barns obrazi beriladi. Uning dunyo va odamlar haqidagi qarashlari о‘zgacha. U bankir ham vijdonli odam bо‘lishi, ham xudoga ishongani holda tA’magirlik qilishi mumkin, degan fikrda turadi va shunday qarashlarga tayanadi. О‘zi ham mavjud tuzumning tayanchiga aylanadi. Bankdagi sheriklari nopok odamlar ekanini biladi, о‘zining ham ulardan farq qilmasligini aytadi. «Istak trilogiyasi»ning uchinchi kitobi «Matonatli» (1947 yilda nashr qilingan)da Kaupervud faoliyatining uchinchi davri tasvirlanadi. U endi kitobxon kо‘zi о‘ngida Amerika kapitalini Angliyaga olib kiruvchi, AQSH imperializmining jahon miqyosidagi avantyurasini mujassamlantirgan shaxs sifatida gavdalanadi. Londonga kelgan Kaupervud metropolitenning bir qancha yо‘llarini qо‘lga kiritadi. Kuchli raqobatchilarni yengib, katta boylik orttiradi va shu tufayli mA’naviy jihatdan yuz tuban ketadi. U cheklanmagan hukmronlikka intiladi, xotiniga xiyonat qilib, mA’shuqalar orttiradi. Zо‘rlik va nayrang ishlatib erishgan mol-mulk unga sira ham baxt keltirmaydi. Tarixda о‘tgan ulug‘ kishilarga о‘xshab Kaupervud о‘z nomini abadiylashtirish maqsadida suratlar galereyasi joylashgan qasrini Nyu-Yorkka meros qilib beradi. Lekin u vafot etgach, rasmlar galereyasi mulkdorlar ixtiyoriga о‘tib ketadi, notо‘g‘ri yо‘llar bilan topilgan boyliklar esa, har xil egri yо‘llar bilan tez yо‘q bо‘lib ketadi. «Istak trilogiyasi» Amerika adabiyotida tanqidiy realizmning eng yaxshi namunasidir. Kaupervud Balzak yaratgan pulga о‘ch, yuzsiz, oltin asosiga qurilgan kapital dunyosining bosqinchilikdan iborat xarakterini aks ettirgan tipik obrazlarni eslatadi. Mashaqqatli hayot va ijod yо‘lini bosib о‘tgan Drayzer Amerika adabiyotida realizm metodini boshlab bergan yirik adib va siyosiy arbobdir. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling