Xx asr boshlari amerika adabiyoti


Download 54.54 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1549960
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-tema lekciya

JEK LONDON(1876 – 1916) Jek London XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshida yashab ijod etgan Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, keng xalq ommasining о‘z huquqlari uchun kurashini aks ettirgan mashhur realist yozuvchi. Jek London Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida kambag‘al fermer oilasida tug‘iladi. U bolalik choqlaridayoq hayotning hamma og‘ir mashaqqatlarini boshidan kechiradi – о‘n yoshidan kо‘chalarda gazetalar sotadi. Jek о‘smir yoshiga yetgach, konserva fabrikasida 12–14 soatlab ishlaydi. Bunday ish uni, shubhasiz, holdan toydiradi. Jek ustritsa balig‘ini yashirincha ovlash bilan ham shug‘ullanadi. Matros bо‘lib Uzoq Sharqqa qatnaydi, bir necha muddat elektrostansiyada о‘t yoquvchilik qiladi. Kо‘p о‘tmay ishsiz qolib, mamlakat bо‘ylab kezib chiqadi.
Jek Londonning 1895 yilda tashviqot-targ‘ibotchilik faoliyati boshlanadi. 1896 yilda yozuvchilikka berilib, u о‘z kuchini turli janrlarda sinab kо‘radi. Universitetga kirib bir yil о‘qiydi, iqtisodiy ahvoli о‘qishni tashlab ketishga (1897) majbur etadi. Kir yuvish korxonasiga ishga kirganida og‘ir mehnat uning tinkasini quritadi. Shundan sо‘ng u oltin koni topilgan Alyaskada ishlab, katta hayotiy tajriba orttirib qaytadi. Yosh Jek har qadamda jamiyat tug‘dirgan dahshatlar nimadan iborat ekanini kо‘radi.
Jek Londonning ijodi shunday og‘ir sharoitda boshlanadi. Shu yilda Amerika jurnallarida Shimol hayotidan olib yozilgan «Yо‘ldagilar sharafi uchun», «Oq sukunat», «Bо‘rivachcha», «Qirq mil narida» va boshqa hikoyalari paydo bо‘ladi. «Otalar xudosi» (1901), «Sovuq bolalari» (1902) hikoyalar tо‘plami yozuvchiga katta shuhrat keltiradi.
1905– 1910 yillar – Jek London ijodining yuqori chо‘qqisi hisoblanadi. U shu davrda «Temir tovon», «Martin Iden» kabi eng yaxshi romanlarini yozadi. U juda kо‘p hikoya, qissa, ocherk, pyesa va romanlar yaratadi. Hikoyalarining aksariyati Uzoq Shimoldagi mashaqqatli turmushga bag‘ishlangan. Mangu sovuq va oq sukunat о‘lkalaridagi og‘ir hayot romantik qahramonlarni tasvirlashga material bо‘lib xizmat etadi. Jamiyat illatlaridan uzoqdagi bu yerlarda haqiqiy insoniylik sinovdan о‘tadi, egoistik intilishlar shaxsni qanday fojiali ahvolga olib borishi mumkinligi о‘zining real ifodasini topadi. О‘sha yerlarda sivilizatsiya va uning yaramas xulq-atvoriga gо‘zal tabiat va uning keng bag‘rida ishlayotgan odamlarning juda qiyin va erkin hayotlari qarshi qо‘yiladi.
Shimol haqidagi hikoyalarining personajlari turli toifa kishilaridir. Ular orasida oltin izlovchilar va ovchilar, sayyohlar, avantyurist va boshqalar bop. Shimol muhiti odamlarga ta’sir etmay qolmaydi. Masalan, «Jis-Uk» hikoyasida Bonnar chekka yerga borib qolib, о‘sha yerda besh yil yashaydi. Mehnat uni yalqovlik va yengil-yelpi harakatlardan qutqaradi va endi u haqiqiy inson bо‘lib yetishadi.
«Smok Bellyu» hikoyasining qahramoni ham Shimolga borgach, og‘ir mehnat tufayli о‘zgarib, jasur kishiga aylanadi.
Meshchan xulq-odatlari, qurumsoqlikka mehnat, dо‘stlik va jasorat qarama-qarshi qо‘yiladi. Kishilar erkinlikka intiladilar, о‘z insoniy burch va ishlarini qiyin sharoitda sinab kо‘radilar va toblanadilar. Ular og‘ir ahvolda qolganlarida ham odamiylikni yо‘qotmaydilar. Londonning shu tipdagi qahramonlari Mezon, Kid, Charli, Passuk va boshqalardir.
«Oq sukunat» hiqoyasida ruhan kuchli, olijanob kishilar Shimolning og‘ir sharoiti fonida berilgan. Qarag‘ay yiqilib Mezon ustiga tushgan va uni majaqlagan. Qattiq azob ichida qolgan Mezon dо‘stidan о‘zini otib о‘ldirishni sо‘raydi, vafodor xotini indianka Rufi ahvolidan xabar olib turishini iltimos qiladi. Sherigi Malmut Kid uni qutqarib olib ketish ilojini topolmay, Mezonning iltimosini bajaradi. Sо‘ngra Kid hamma yoqni qoplab yotgan oppoq qor bо‘shlig‘ida yо‘lini davom ettiradi. U kuchli bо‘ron, suv tо‘lqinlari, zilzila dahshatlari oldida ham qо‘rquvga tushmaydi. О‘shanday sharoitni yaxshi biladigan tajribali va mard kishilar oq sukunat hukmronligini ham о‘zlariga bо‘ysundiruvchi jasur odamlardir.
Yozuvchining «Hayotga muhabbat» hikoyasida ham insonning turmushga bо‘lgan zо‘r intilishi kо‘rsatilgan. Asar qahramoni uzoq yо‘l bosib, och qolib tinkasi quriydi. Emaklab va sudralib olg‘a qarab harakat qiladi. Uning butun qо‘l-oyoqlari qonab, momataloq bо‘lib ketgan. U bilan yonma-yon och bо‘ri ham bormoqda. Ulardan biri ikkinchisini yeb omon qolishga intiladi. Nihoyat, odam butun kuchi va irodasini tо‘plab, yoniga sudralib kelgan va uni yeyishga urinayotgan bо‘rining bо‘yniga tishlarini botirib, qonini sо‘rib jonlanadi. Mо‘ljal qilgan yeri – Yukon portiga yetib boradi. Shunday qilib, inson sovuqni ham, ochlikni ham, bо‘rini ham yengadi. Hayot о‘limdan ustun chiqadi. Kishining yashashga bо‘lgan muhabbati g‘alaba qiladi.
«Ayolning jasorati» hikoyasida negr ayolining matonati, latofati va g‘amxо‘r inson ekani chuqur samimiylik bilan tilga olinadi. Passukning о‘z eriga sadoqati zо‘r. Ayolning eri Sitki Charli – mard kishi. U Shimolning bepoyon qor tepaliklaridan yurib о‘tib, muhim topshiriqni dengiz qirg‘og‘iga yetkazishi kerak. Shuning uchun Passuk eriga yordam berish tashvishi bilan yashaydi. U о‘zi yeydigan oz miqdordagi oziq-ovqatning bir qismini yig‘ib boradi va uzoq yо‘lga chiqqan eriga beradi. О‘zi esa och qolib vafot etadi.
Shimol romantikasi bilan bir qatorda hayvonlar hayoti tasviri ham Jek London ijodida alohida о‘rin egallaydi. Masalan «Oq tish» (1906) qissasida yozuvchi hayvonlarning harakati va psixologiyasini mohirona kо‘rsatgan. Asarda it-bо‘ri tarixi hikoya qilinadi. Ovchi hindi Seriy Bobr о‘rmonda kichik bо‘ri bolasini ushlab, kulbasiga olib keladi va unga «Oq tish» deb nom qо‘yadi. U ota qoniga tortib, о‘rmonga – bо‘rilar orasiga qochib ketadi. Biroq bunday hol xо‘jayini Seriy Bobrning chaqirig‘i oldida kuchsiz bо‘lib chiqadi va qaytadi. U qо‘rqib-pisib ovchi tomon sudralib keladi va uning oyog‘i tagiga yotadi, yA’ni о‘z istagi bilan bо‘ysunadi. Lekin u jazolanishdan qо‘rqadi. Ovchining qо‘li yuqoriga kо‘tariladi-ku, ammo urmaydi, aksincha yeb turgan gо‘shtining yarmini unga uzatadi. Oq tish uni ehtiyotkorlik bilan oladi va yeya boshlaydi. Bu vaqtda xо‘jayin uning yoniga boshqa itlarni yaqinlashtirmaydi. Endi Oq tish sovuq va qorong‘i о‘rmon ichida emas, balki ovchilar orasida, issiq gulxan yonida yashayajagini biladi. Shunday qilib, u endi odamga о‘z xohishi bilan tobe bо‘lib qoladi.
«Oq tish» qissasida muallifning kuzatishlari sezgir hayvonning idrok qilishi orqali kо‘rsatiladi. Oq tish yirtqich hayvonlar dunyosidan insonlar orasiga tushib qolar ekan, odamlar jamiyatining ham shafqatsizligini biladi. Jamiyatdagi vahshiylarcha munosabat hayvonlar dunyosiga ham olib kiriladi. Bu narsani yangi xо‘jayin Smitning Oq tishga nisbatan yovuzlarcha munosabatida ochiq kо‘rish mumkin, Smit obrazida zо‘ravonlikka asoslangan qо‘pol kuch, jamiyat qabohatlarini о‘zida mujassamlantirgan shaxs qoralanadi. Injener Skott esa, hayvonlarga azob beruvchi shaxslarni nafratlaydi. Shu jihatdan u yozuvchi qarashlarini ifodalovchi ijobiy qahramon.
Ijtimoiy kurash Jek Londonning sotsial utopik romani «Temir tovon»da о‘z ifodasini topgan. «Temir tovon» (1907) romanining bosh qahramoni ishchi oilasidan kelib chiqqan Ernst Evergard. U yoshlik vaqtidanoq fabrikaga ishga kiradi. Mutolaa qilish yо‘li bilan bilimini oshiradi va ishchilar о‘rtasida tashviqot-targ‘ibot kshlarini olib boradi. Evergard mavjud bо‘lgan opportunizm reformizm ta’sirini bartaraf etib, fashistik tipdagi burjua davlati – Temir tovonga qarshi kurashga otlanadi. Lekin burjua hukumati uni qamoqqa tashlaydi. Ernst о‘sha yerda turib, ishchilar qо‘zg‘oloniga rahbarlik qiladi. Biroq Temir tovon agentlari uni yovuzlarcha о‘ldiradilar. Rahbar yо‘q etilgan bо‘lsa ham, lekin kurashni davom ettiradi va uzoq yillardan sо‘ng Temir tovon hokimiyati – yirik monopoliyalar hukmronligini yemirib tashlaydi.
XX asrning boshlariga oid bо‘lgan bu kitobdagi voqea Ernst Evergardning xotini Evis Evergard xotirasi asosida beriladi. Evisning maktublari gо‘yo bir necha asr о‘tganidan sо‘ng (XXIII asr) topiladi va uni о‘sha jamiyat A’zosi, tarixchi olim Antoni Meredit tahlil qiladi, izohlaydi.
Romanning xarakterli xususiyatlaridan biri – uning munozara asosiga qurilganligi. Amerikaliklarning qattiq ezilayotganligini yaqqol misollar bilan isbotlaydi. Asarda Amerika boy, unda hamma uchun barobar imkoniyatlar mavjud mamlakat, degan afsonalar fosh etiladi. Haqiqatda ham AQShda hokimiyat va konstitusiya monopoliyalar manfaatiga bо‘ysundirilganligi, erkinlik yо‘q ekanligi, texnika xavfsizligi tA’minlanmaganligi sababli kо‘p ishchilar bevaqt mayib bо‘lib qolishlari, ularning nafaqa olishdan mahrum etilib, kо‘chaga chiqarib tashlanishlari qattiq tanqid qilinadi.
Jek London kapitalning konsentratsiyasi natijasida hokimiyat eng reaksion doiralari qо‘liga о‘tishini, «temir tovon» hokimiyatini yо‘q qilib, tenglik asosiga qurilgan yangi dunyo yaratishga olib boradi, deb tо‘g‘ri kо‘rsatib berdi. «Temir tovon» – imperialistik reaksiya va har qanday zulmdahshatga qarshi kurashni aks ettirgan dunyo taraqqiyparvar adabiyotining eng yaxshi asarlaridan biri sifatida qimmatlidir. Jek London «Martin Iden»(1909)da jamiyatdagi og‘ir ahvol va fojiali hayotni kо‘rsatdi.
Asarning qahramoni xalq farzandi, aqliy va jismoniy kuchli shaxs matros yigit Martin Idendir. U yozuvchi bо‘lishga intiladi, og‘ir sharoitda qiyinchiliklarni yengib, hikoya va qissalar ijod eta boshlaydi. Lekin uning yozgan asarlari uchun о‘sha jamiyat gazeta va jurnallarida о‘rin yо‘q, chunki uning xalq manfaati aks etgan realistik hikoyalari hukmronlarga yoqmaydi.
Matros Martin badavlat Morzlar saroyida tasodifan bо‘lgan vaqtida dastlab shoshib qoladi, kо‘p narsalarga kо‘zi tushadi. Ayniqsa, Morzning qizi Ruf xonasidagi javonlardan joy olgan qator-qator kitoblarga nazar solganida, bu yerda yuksak madaniyat hukmron ekan, degan xayolga keladi. Ruf ham universitetni bitirgan, sańat va adabiyotdan xabardor, bilimdon qiz bо‘lib kо‘rinadi. Martin ancha vaqt shunday taassurotlar ichida yashaydi. Haqiqatda Ruf Morzlar xonadoni madaniyatdan uzoq, faqat boylikka sig‘inuvchi tipik oilalaridan biri edi. Bankir Morz katta boy, u puli yо‘q kambag‘allarni nazar-pisand qilmaydi. U Martin Idenga о‘xshagan xalq ichidan chiqqan kishilarga zararli fikrlar bilan og‘rigan yо‘qsil, deb qaraydi. Shu boisdan u Martinning kelajakda qiziga loyiq er bо‘lolmasligini о‘ylab, Rufni undan uzoq turishga undaydi. Morzning xotini ham tA’magir bir ayol. U ham Martinga qizining nozik didlariga javob berolmaydigan qо‘pol, tarbiyasiz, kambag‘al yigit, deb qaraydi. U qizining bu «yalangoyoq, muttaham, matros, kovboy, kontrabandachiga... emas», balki kelajagi porloq badavlat kishiga erga tegishi kerakligini о‘ylaydi.
Ruf ham dunyoqarashi jihatidan ota-onasidan ortiqcha farq qilmaydi. Tо‘g‘ri, bu qiz «begona» odamning g‘ayrat-shijoati, qobiliyatini yoqtirsa ham, uning о‘ziga xos xarakterini tushunib yetmaydi. Lekin uni о‘z muhiti ruhida, о‘zi va ota-onasi didiga mos qilib qayta tarbiyalashga, unga burjua-meshchan odatlarini singdirishga intiladi. Qiz bu ishchan, bilimga о‘ch yigitning kelajagiga ishonmaydi.

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling