Xx asr G‘arbiy Yevropa davlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari


Kurfyuristlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV–XVII asrlar)


Download 114.5 Kb.
bet8/16
Sana28.12.2022
Hajmi114.5 Kb.
#1015090
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
XX asrda umumiy farovonlik davlati nazariyasining vujudga kelishi

Kurfyuristlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV–XVII asrlar). XIII–XV asrlarda Germaniya siyosiy tuzumi tarqoq va imperator hokimiyati zaif bo‘ladi. Imperatorning harbiy ta’minotchilari bo‘lgan feodal knazliklar deyarli mustaqil bo‘lib, bo‘linib ketadi. XIII asr oxirlarida mamlakat knazlar (3 ruhoniy va 4 ta dunyoviy) tomonidan idora qilinadi. Ular kurfyuristlar (saylovchilar) deb atalib, imperatorni saylash va taxtdan chetlatish huquqiga ega bo‘lishgan. Kurfyuristlar syezdi har yili chaqirilgan. Ular umumimperiya sudi va daxlsizlik huquqiga ega edi. Shuningdek, dastlabki davrlardayoq imperator saylashda unga maxsus shartlar (saylov kapitulatsiyasi)ni qo‘ya boshlaganlar.
Bu davrda oliy boshqaruv tizimida imperatordan tashqari yana ikkita imperiya muassasasi, ya’ni reyxstag va reyxskamergirixt bo‘lgan. Biroq ular ham imperiya birligini ta’minlay olmagan.
Ilgarigi davrdagi hududiy va asosan toifa vakillarining feodal syezdlari endi reyxstag deb atala boshlanadi. U XIV asrdan doimiy tuziladigan organga aylanib, imperiya saymi deb ham yuritilgan. Uning tarkibidagi uch toifaning kollegiyalari (kuriyalar) alohida va umumiy yig‘ilishlar o‘tkazib turgan. Reyxstag har olti oyda kurfyuristlar kuzatuvi ostida imperator tomonidan chaqirilgan.
Reyxstag tashqi aloqalarni hamda ichki tinchlikni, harbiy sohani, soliq va hududiy tuzilish masalalarini ko‘rib, qaror chiqargan. Qirol farmonlarini tasdiqlagan.
Reyxskamergirixt umumimperiya sudi hisoblanib, 1495-yilda reyxstag qarori asosida tashkil etiladi.
Imperator hech qanday real hokimiyatga ega bo‘lmagan. U knazlar konfedratsiyasi boshlig‘i bo‘lib qolavergan. XVI asr o‘rtalarigacha imperatorlarning siyosiy hokimiyatni o‘rnatish, umumimperiya qo‘shini va soliqlarini joriy etish, ma’muriy apparat tuzishga qaratilgan harakatlari samarasiz bo‘lib chiqqan.
Imperiya tarkibidagi davlatlarda tabaqa-vakillik organlari – landtaglar vujudga kelgan. Ular knazliklarda knazlarning hokimiyatini qisman cheklagan. Ular asosan 2 yoki 3 palatadan iborat bo‘lgan. Palatalarga ruhoniylar, dvoryanlar hamda erkin dehqonlarning saylangan vakillari kirgan.
Landtaglarning vakolat doirasi juda keng bo‘lgan. Jumladan, maxsus sudlar tuzilgunga qadar knazliklarning oliy sudlari hisoblangan. Keyin esa appelyatsion instansiya bo‘lib qolgan. Davlat boshqaruviga ham aralashganlar. Xususan, knazlik kengashlari tarkibini tuzish va yuqori amaldorlarni tayinlashga ta’sir ko‘rsatgan.
Landtaglarning vakolatiga hukmron sulolalarda uzilish bo‘lib qolgan hollarda davlat boshlig‘ini saylash, tashqi siyosatda urush e’lon qilish, moliya-soliq ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda diniy, politsiya (pul sifati, o‘rmon qo‘riqlovi) va harbiy ishlarni amalga oshirishlar ham kirgan.
Germaniyada tabaqa-vakillik monarxiyasi butun imperiya miqyosida emas, balki alohida knazliklar doirasida rivojlangan.
Mahalliy boshqaruvda shaharlar boshqaruvi alohida ahamiyat kasb etgan. Ularda asosan o‘zini o‘zi boshqarish tizimi shakllangan. Bu holatni o‘rta asrlar Yevropa davlatchiligining barcha davrlarida ko‘rish mumkin.
Sud tizimida feodal sudlar (feodalning o‘z dehqoni va hududida), cherkov sudlari (ruhoniy, ayrim dunyoviy kishilar va ma’lum darajadagi ishlarga – nikoh, diniy vasiyat va h.k.) mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari, shahar sudlari ham faoliyat olib borgan. Ularning tarkibiy tuzilishi va shakllantirilishi turlicha bo‘lgan. Knazliklarda oliy sud, okrug sudi (okrug boshqaruvchisi – amtman) va quyi sudlar tashkil etilgan.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling