Xx asr G‘arbiy Yevropa davlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari
Angliyada markazlashgan sen’orlik monarxiyasi (XI–XII asrlar)
Download 114.5 Kb.
|
XX asrda umumiy farovonlik davlati nazariyasining vujudga kelishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIII asrning ikkinchi yarmi – XV asr).
Angliyada markazlashgan sen’orlik monarxiyasi (XI–XII asrlar). Normandlar istilosidan so‘ng kuchli qirol hokimiyatiga asoslangan markazlashgan davlat tashkil topadi. Bu vaqtda qirol oliy yer egasi, qonun chiqaruvchi hamda oliy sud va oliy harbiy hokimiyat egasi hisoblanadi.
Qirolga tegishli qonun chiqarish hokimiyati ko‘pincha qirollik kuriyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan. Kuriya oliy sud organi sifatida ham ish olib borgan. XII asrga kelib kuriya katta kengash va doimiy hukumat organi (kichik kuriya)ga ajralgan. Kichik kuriya oliy sud, ma’muriy va moliyaviy hokimiyatni amalga oshirardi. Bu davrda davlatning quyidagi oliy mansabdor shaxslarini va boshqalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bosh yustitsiar qirol Angliyada yo‘qligida amalda davlatni idora etib turuvchi ruhoniy shaxs hisoblangan. Kansler uning yordamchisi bo‘lgan. Kansler dastlab qirolning shaxsiy kotibi, keyinchalik qirol devonxonasi boshlig‘i va davlat kotibi vazifasini bajargan. Marshal qo‘shinlar qo‘mondoni, kamerariy xazinabon, qirollik mol-mulki, xazinasi va yer egaliklarining boshqaruvchisi hamda hisob palatasi boshlig‘i edi. Mahalliy boshqaruv tizimi normandlar istilosidan keyin o‘zgarmadi. Yuzliklarda grafliklardagi sheriflarning yordamchilari beyliflar qirollik ma’muriyati vakillari bo‘lib qolganlar. Sherif graflik hududida ijro, harbiy, moliyaviy va politsiyachilik hokimiyatiga egalik qilgan. Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIII asrning ikkinchi yarmi – XV asr). Bu davrda ijtimoiy tuzumda muhim voqealar yuz beradi. Jumladan, 1215yil baronlar boshchiligida qirol hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Natijada Erkinliklarning buyuk xartiyasi qabul qilinadi. U rasman Angliyadagi birinchi konstitutsiyaviy qonun hisoblanadi. Shuningdek, 1258–1267-yillarda fuqarolar urushi bo‘lib o‘tadi. Oqibatda oliy hokimiyat qo‘ldan qo‘lga o‘tib, qayta egallanadi va Angliyada parlament vujudga keladi. Davlat boshqaruvida qirol hokimiyatining mavqei tushib, cherkov uning ustidan o‘z ta’sirini o‘rnatadi. Parlament dastlab tabaqa-vakillik organi shaklida bo‘lib, unda uch toifa vakillari qatnashgan. So‘ngra tez orada yirik feodallar tarkibida yig‘iladigan bo‘ldi. 1295-yilgacha boshlab yana barcha tabaqa vakillaridan iborat holda muntazam yig‘iluvchi organga aylanadi. Parlament 1343-yildan boshlab yuqori – lordlar va umumpalataga bo‘linadi. U keyinchalik quyidagi vakolatlarni qo‘lga kiritadi: qonun chiqarishda ishtirok etish, qirol xazinasi foydasiga aholidan soliqlar olish haqidagi masalalarni hal etish, oliy mansabdor shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ba’zi hollarda maxsus sud ishlarini yuritish. Parlament davlat boshqaruvini o‘ziga bo‘ysundirish yo‘lida XIV asrning oxirida impichment protsedurasini joriy etadi. XIII asr davomida yangi ijroiya organi Qirollik kengashining rivojlanishi sodir bo‘ladi. Ilgarigi qirolning eng yirik vassallari yig‘ini bo‘lgan Katta kengashning funksiyalari endi parlamentga o‘tadi. Yangi kengash tor doiradagi oliy ijroiya va sud organi hisoblangan. Uning tarkibiga qirolning yaqin maslahatchilari, odatda kansler, xazinachi, sudyalar va vazirlar kirgan. Mahalliy boshqaruv vakolatlari eski sudlar va graflik majlislari qo‘lidan chiqib, yangi mansabdor shaxslarga va sayyor sudlarga o‘tadi. Ularning vakolatlari tobora kengayib boradi. Joylarda konstebllar politsiyachilik funksiyalariga ega bo‘lganlar. XIII–XIV asrlarda sud tizimining ixtisoslashuvi jadallashgan. Biroq ko‘pgina muassasalarning ma’muriy va sud hokimiyati ajratilmagan. Bu davrda Angliyada Qirol kursisi sudi, Umumiy tortishuvli sud va Xazina sudi oliy sudlar hisoblangan. Ulardan adolat yuzasidan ish ko‘ruvchi Lord-kansler sudi ajralib chiqadi. XIV asrda umumiy sayyor sudlar o‘rnini ancha ixtisoslashgan sayyor komissiyalar egallaydi. Bu davrda shuningdek, cherkov sudlari ham faoliyat yuritgan. Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling