Xx asr G‘arbiy Yevropa davlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari


Germaniyada huquqning asosiy belgilari


Download 114.5 Kb.
bet14/16
Sana28.12.2022
Hajmi114.5 Kb.
#1015090
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
XX asrda umumiy farovonlik davlati nazariyasining vujudga kelishi

Germaniyada huquqning asosiy belgilari. V asrdan XI asrgacha bo‘lgan davrda sharqiy franklarning arxaik xalq huquqi qabilaviy xarakterga ega bo‘lgan. Unda urf-odatlar muqaddas hisoblangan. Jamoaviy javobgarlik, qonli qasos, ardaliya va boshqa ramziy odatlar saqlanib qolgan.
Germaniyada huquqiy partikulyarizm mavjud bo‘lgan. Turli hududiy birliklar va shaharlarning huquqi amal qilib, umumgerman huquqi yaratilmagan.
XII–XIII asrlarda imperiya markaziy organlarining qarorlari asosida umumimperiya qonunchiligi shakllanadi. An’anaviy tarzda umumimperiya huquqi jinoiy-huquqiy normalarni belgilagan.
Huquq tizimida XIII asrdan boshlab len huquqi (oliy feodal tabaqaga taalluqli huquq) alohida rivojlangan. Len huquqi, zemstvo (yer, hudud) huquqi, shahar huquqi va kanonik huquq ayni paytda bir xil munosabatlarni turlicha tartibga solgan.
German huquqining rivojlanishida odat huquqining mahalliy tizimlashtirilishi ham muhim rol o‘ynagan. Bunda imperiya qonunlari va sud amaliyoti qoidalari ham hisobga olingan. Ularga misol tariqasida «Sakson zersalosi» (1220-y.), «Shvab zersalosi», «Frankon zersalosi» va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bu to‘plamlarning normalari va prinsiplari ko‘pincha o‘z huquqiy doirasidan ancha chetga chiqib, huquqning birxillashtirilishiga ko‘maklashgan.
Ularning tuzilishi alohida masalalarga oid normalardan iborat qismlardan tashkil topgan. Ularda, jumladan, fuqarolik, jinoyat, protsessual va qisman davlat huquqi normalari belgilangan.
XIV–XVI asrlarda Germaniyada huquqiy birlikning o‘rnatilishiga rim huquqining o‘zlashtirilishi ham ko‘maklashgan. Bu borada turli sohalarga taalluqli huquq to‘plamlar (qonunnomalar)i yaratilgan. Masalan, 1532-yilda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlari bo‘lgan «Karolina» nashr qilinadi.
Absolutizm o‘rnatilgandan so‘ng knazlar qonunchiligi rivojlanib, yangi qoidalarni o‘zida mujassam etgan umumdavlat qonunnomalari va sohaviy kodekslar qabul qilingan. Knazliklar umumdavlat huquqida fuqarolik, oila va boshqa «noommaviy» huquq sohalari rivojlangan.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling