Xx asr G‘arbiy Yevropa davlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari


Download 114.5 Kb.
bet10/16
Sana28.12.2022
Hajmi114.5 Kb.
#1015090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
XX asrda umumiy farovonlik davlati nazariyasining vujudga kelishi

Angliya davlati (V asr – XVII asrning o‘rtasi). Britaniya hududida V asr boshlariga qadar Rim legionerlari tomonidan idora etilgan. V asr boshlaridan o‘rtalariga qadar Britaniya bir qancha mustaqil mayda qirolliklarga bo‘lingan holda yashaydi. V asr o‘rtalariga kelib bu orolga shimoliy-g‘arbiy german qabilalaridan inglizlar, sakslar, yutlar bostirib kira boshlaydi. Bu istilo qariyb bir asrga cho‘ziladi. Natijada ilgarigi Britaniya hududida o‘ndan ortiq mayda varvar qirolliklari vujudga keladi.
VII asrga kelib ular xristianlikni qabul qilib, 7 ta yirik (sakslar 3, angllar 3, yutlar 1) qirollikni (geptarxiya) barpo etadilar. 827-ilda Uyesseks qiroli Ekbert (802–839-y.) bu qirollikni o‘z hukmronligi ostida birlashtiradi. U asos solgan yagona ingliz-sakslar qirolligi X asrdan boshlab Angliya deb ataladi.
XI asr boshlarida inglizlar davlati daniyaliklar tomonidan bosib olinadi. Ularning hukmronligi ingliz-saklar sulolasi Eduard Ispovednik (1042–1066-y.) tomonidan qayta tiklangunga qadar davom etadi. 1066ilda Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olinadi. Shu tariqa u fotix (istilochi) nomi bilan Angliya qiroli bo‘lib oladi. U Angliyani egallashda Rim papasining xayrixohligi va Fransuz qirolining yordamiga tayanadi. Normandlar boshqaruvi davrida markazlashgan davlatga asos solinadi.
O‘rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin:

  • ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX–XI asrlar);

  • markazlashgan sen’orlik monarxiyasi va qirol hokimiyatini cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri;

  • tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII asrning ikkinchi yarmi –

XV asr);
– absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri – XVII asrning o‘rtasi).
Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX–XI asrlar).
Dastlabki davrlarda ijtimoiy tuzum ruhoniylar, urug‘-qabila zodagonlari
(erllar), erkin kishilar (kryollar, keyinroq genitlar), yarim erkin kishilar (letlar yoki uillar, keyinroq esa va geburlar deb yuritiladi) va qullardan iborat bo‘lgan.
Ilk davrlarda ko‘p sonli qirolliklarda qirollar saylab qo‘yilgan. Yagona davlat ingliz-sakslar davlati tashkil topishi bilan sekin-asta qirol hokimiyati barobarida uning mavqei ham yuksala boradi. Qirol oliy sud, harbiy hokimiyat va oliy yer egasi hisoblangan.
Oliy davlat organi – vitanagemot (vitanlar – donishmandlar, donishmandlar kengashi) bo‘lgan. Barcha muhim davlat ishlari uning maslahati va roziligi bilan hal etilgan. Uning asosiy funksiyalari qirollarni saylash va oliy sudni amalga oshirish edi.
Mamlakat boshqaruvi qirol saroyi tomonidan amalga oshirilgan. Qirol saroyining asosiy boshqaruvchilari ichida quyidagilar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Kamerariy qirollik mol-mulki va moliyasi ahvoliga javob bergan. Marshal qirollik otliq askarlarining qo‘mondoni hisoblangan. Qirollik kapelanlari davlatning devonxona ishlarini yuritganlar.
Ingliz-sakslarda asosiy ma’muriy-hududiy birlik graflik bo‘lgan. Ular yuzliklarga, yuzliklar qishloq jamoalari (tunlar)ga, jamoa esa o‘nta tomorqa (oila)ga bo‘lingan.
Bir qancha grafliklar tepasida eldormenlar turgan. Ular qirol tomonidan kelishib, vitanlar tomonidan mahalliy feodallar orasidan tayinlangan. Grafliklarga qirolning shaxsiy vakillari – sheriflar tayinlangan. Yuzliklar yuzlik yig‘inida saylanuvchi yuzboshilar tomonidan boshqarilgan. Qishloqning yuqori organi – jamoa yig‘ini (galimot) bo‘lib, jamoa tepasida oqsoqol turgan.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling