Xx asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari


Kotov Ivan Ivanovich (1909-1976)


Download 343.03 Kb.
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi343.03 Kb.
#1158626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XX asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari. Chizma geometriya fani boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalar va chop etilgan toʻplamlar, maqolalar. Maskiva Leligirat va Sanpeterburg ilmiy maktablar

Kotov Ivan Ivanovich (1909-1976) Professor, texnika fanlari doktori Moskva aviatsion institut «Amaliy geometriya» kafedrasi professori, texnika fanlari doktori I.I.Kotov 1909-yil 20-oktyabrda Volga daryosi bo‘yidagi Kamishin shahrida tug‘ilgan. 1929-yilda Moskvada ko‘chib kelib Moskva
pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi. Kotov I.I. institutda yaxshi o‘qigani tufayli unga «Tasvirlash nazariyasi» kursidan dars bergan professor N.F.Chetveruxinning nazariga tushadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, u N.F.Chetveruxin maktabining hamma bosqichlarida eng yaxshi shogird hisoblangan. 1933-yilda I.I.Kotov fizika-matematika fanlari nomzodlik dissertatsiyasini professor N.F.Chetveruxin rahbarligida himoya qiladi. 1938-1939-yillar Astraxan pedagogika institutiga kafedra mudiri bo‘lib ishlaydi. 1939-yildan boshlab, I.I.Kotov Moskvaga qaytib kelib sanoat Akademiyasiga ilmiy tadqiqotchi bo‘lib ishlaydi. 1941-yili urush boshlanishi bilan u ko‘ngilli bo‘lib Moskva shahrini himoya qilish uchun armiya safiga jo‘naydi va 1945-yilgacha frontning eng qayuoq joylarida bo‘ladi. Armiya xizmatidan so‘ng N.F.Chetveruxin taklifi bilan I.I.Kotov Moskva aviatsiya instituti
«Amaliy geometriya» kafedrasiga ishga taklif etiladi va uning butun qolgan umri shu kafedra faoliyati Bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘z ustozi N.F.Chetveruxin ishlarini sodiq shogird sifatida rivojlantiradi va davom ettiradi.
1946-yilda professor N.F.Chetveruxin Moskvada «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» seminarini tashkil qildi. Bu seminarni faol qatnashchi va ma’ruzachilardan biri I.I.Kotov hisoblanardi. Uning o‘sha yillarda «O nekotorix voprosax teoriyi izobrajeniy» (Kashfiyotlar nazariyasining ayrim masalalari) mavzusida qilgan ma’ruzasi alohida o‘rin tutadi.
Ukraina ilmiy maktabinig rahbari professor S.M.Kolotov «Vspomogatelnoe proyektirovaniye» (yordamchi loyihalashtirish) metodini ishlab chiqib uni metrik va pozitsion masalalarni yechishda qo‘llanishni nazariy va amaliy tomonlarini ko‘rsatgan bo‘lsa ham, Moskvadagi yuqori darajadagi ayrim geometrlar bu usulni uncha-muncha tan olmagan edilar. Ammo I.I.Kotov o‘zining ilmiy maqolalarida va ma’ruzalarida S.M.Kolotov usulining afzalligini ko‘rsatgan.
1956-1959-yillarda I.I.Kotov geometriya fanini rivojlantirishga qo‘shgan fundamental ishlarni chop ettirdi.
«Kombinirovanie izobrajeniya i printsip dvoystvennosti v nachertatelnoy geometrii i eyo prilojeniya»
«Geometricheskie osnovi klyuchevix metodov obrazovaniya poverxnostey» «Sravnitelniy analiz klyuchevix metodov», «O polnate izobrajeniy lineychatix poverxnostey», «Ob odnom metode issledovaniya tsiklicheskix poverxnostey» va boshqalar.
Professor N.F.Chetveruxinning sevimli shogirdlaridan biri I.I.Kotovga 1961-yil noyabrida OAK tomonidan texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.
Professor Kotov I.I. doktorlik dissertatsiyasidan so‘ng 70 dan oshiq ilmiy ishlari: monografiya, darslik, ilmiy maqolalarni EHM larini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga tegishlidir.
1962-yilda I.I.Kotov birinchilardan bo‘lib, Moskvada «Kibernetika grafikasi» ilmiy seminar tashkil qildi. Bu seminarda chizma geometriya masalalarini xususan sirtlarga tegishli masalalarni EHM yordamida yechish usullari haqida bir qator ma’ruzalar qilindi.
1973-yilda Moskva geometrlari Moskva aviatsiya instituti «Amaliy geometriya» kafedrasining 25 yilligi va «Kibernetika grafika» seminarining 10 yillik yig‘ilishini N.F.Chetveruxin va I.I.Kotovlar shunday tashkil qildilarki, bu seminar Butun Ittifoq Amaliy geometriyachilarning forumiga aylandi va unda asosiy ma’ruzani I.I.Kotov qildi. I.I.Kotov talantli olim bo‘lishi bilan bir qatorda u juda mohir pedagog ham edi. Uning talabalarga va MOF tinglovchilari uchun qilgan ma’ruzalari juda salmoqli va qiziqarli o‘tardi.
I.I.Kotov «Analitik va chizma geometriya kurslarini» birlashtiruvchi va
«Algebrani chizma geometriyada qo‘llanishi» kitoblari muallifidir. Bu kitoblar komp’yuter grafika fani uchun asos hisoblanadi. Bulardan tashqari I.I.Kotovning ilmiy tadqiqot ishlari amaliy geometriya sohasida alohida o‘ringa turadi:
Professor Kotov I.I. O‘rta Osiyo, Sibir, Ukraina va Belorussiya, Povolje hamda boltiq bo‘yi mamlakatlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda kata xizmatlar ko‘rsatgan va 50 dan ortiq Fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlagan. Ukrainadagi fan doktorlaridan G.N.Nikolaevskiy, M.M. Yuditskiy,
V.E. Mixaylenko, V.M.Naydishlarni misol keltirish mumkin. U nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalariga appanentlik qilishdan oldin ishni kafedra seminaridagi dokladidan so‘ng rozilik berar edi.
1967-yilda I.I.Kotov va N.N.Rijovlarning Xarkov shahrida o‘tkazilgan konferensiyaga qatnashib ilmiy ma’ruzalarining mazmuni va dolzarbligi bilan alohida o‘rinda turadi.
Xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi professor Kotov I.I. «Chizma va amaliy geometriya» fanlarining yirik arbobi hisoblanadi.

Download 343.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling