Xx asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari


Download 343.03 Kb.
bet7/7
Sana04.02.2023
Hajmi343.03 Kb.
#1158626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XX asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari. Chizma geometriya fani boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalar va chop etilgan toʻplamlar, maqolalar. Maskiva Leligirat va Sanpeterburg ilmiy maktablar

Professor Rijov Nikolay Nikolaevich. Moskva avtomobil yo‘llari instituti
«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» kafedrasi professori N.N.Rijov 3- yanvar, 1924-yilda Astraxan shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1938-yil o‘rta maktabni bitirib Moskva shahar pedagogika institutining «Matematika» fakultetiga o‘qishga kiradi. 1942-1945-yillar urishi qainashchisi, orden va medallar bilan taqdirlangan. U 1945-yildagi 9-may Moskvadagi g‘alaba paradi qatnashchisi bo‘lgan. Urishdan qaytgach 1949-yilda pedagogika institutini bitiradi va Oliy geometriya kafedrasiga aspiranturaga kiradi. 1954-yilda «Geometriya topograficheskix poverxnostiy» mavzusida texnika fanlari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
1954-1956-yillar Butunittifoq energetika sirtqi institutining chizma geometriya kafedrasida avval katta o‘qituvchi va so‘ngra kafedra mudiri bo‘lib ishlaydi. 1960- yildan Moskvadagi Patris Lumumbo nomidagi xalqlar do‘stligi universitetida
«Chizma geometriya» kafedrasi mudiri bo‘ladi. 1964-yilda N.N.Rijovga Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan professorlik ilmiy unvoni beriladi.
1980-1991-yillarda Moskva avtomobil yo‘llari instituti «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» kafedrasiga mudir bo‘lib va 1992-yildan shu kafedra professori bo‘lib ishlab kelmoqda.
Professor N.N.Rijov rahbarligida 30 dan ortiq nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Shu jumladan, professor V.E.Mixaylenko doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilgan. Uning ilmiy va ilmiy uslubiy ishlari 120 dan ortiq bo‘lib va ularning har-biri katta ilmiy salmoqli o‘rinda turadi. Shulardan quyidagilarni keltirish mumkin. «Parametricheskaya geometriya» monografiyasi,
«Kurs nachertatelnoy geometrii» (darslik), «Sbornik zadach po nachertatelnoy geometrii» va boshqalar. Professor N.N.Rijov ko‘pgina ilmiy to‘plamlar, monografiyalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni, ilmiy va metodik maqolalar
to‘plamlarga redaktorlik qilgan. Professor N.N.Rijovning ilmiy faoliyati yirik olim sifatida sirtlarning amaliy tadbiqlari bo‘yicha Moskvadagi ZIL NIAT, Kaluga Trubina zavodi kabi yirik zavodlar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Professor N.N.Rijov sirtlarni uzluksiz karkaslar bilan berilishi, sirtlarni aniqlovchilari, sirtlar karkaslarining-parametrlari kabi nazariyalari yaratilgan. Bu masalalar amaliy geometriyada alohida o‘rin tutadi. Professor N.N.Rijov ittifoqida o‘tkazilgan ko‘pgina ilmiy amaliy konferensiyalarning faol qatnashchisidir. SHu jumladan Samarqandda 1974-yilda, Samarqand arxitektura-qurilish institutida X.Uzoqov tashkil qilgan ilmiy seminarda ham professor V.E.Mixaylenko bilan 3 kunlik seminarga o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan.
Professor N.N.Rijov ko‘p yillar davomida Oliy ta’lim vazirligida tashkil qilingan «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlaridan ilmiy metodik kengash raisining muovini. 05.01.01. «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» yo‘nalishi bo‘yicha dissertatsiyalar himoya qilish ilmiy kengash raisi o‘rinbosori bo‘lib ishlagan.
Professor N.N.Rijov Kiyevlik yirik olim V.E.Mixaylenkoning doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy konsultantlik qilgan. Samarqandlik texnika fanlari nomzodlari A.Kamolov, R.Alimovlarning nomzodlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Download 343.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling