Xx asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari


Gordon Vladimir Osipovich (1892-1971)


Download 343.03 Kb.
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi343.03 Kb.
#1158626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XX asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari. Chizma geometriya fani boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalar va chop etilgan toʻplamlar, maqolalar. Maskiva Leligirat va Sanpeterburg ilmiy maktablar

Gordon Vladimir Osipovich (1892-1971) Professor, texnika fanlari doktori chizma geometriya sohasida o‘z davrining yirik olimlaridan hisoblanadi. U Moskvadagi stanoklar yasash institutida ko‘p yillar kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. 1936-yilda M.A.Semensov, Ochievskiy bilan (1950-yil o‘lgan) birgalikda texnika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun «Chizma geometriya»
kursi o‘quv qo‘llanmasini yaratdi. Bu kitob o‘zining soda yozilishi va materiallarni sistematik ravishda ketma-ket bayon etilishi oson o‘qilishi bilan o‘sha davr darsliklaridan ancha farq qilgan. Mualliflar geometrik figuralar fazoda va proyeksiyalarda belgilashda XIX asr rus olimlari N.I.Makarov va V.I.Kurdyumov belgilashlarini kiritganlar. Kitobning oxirgi 23-nashridan boshlab, professor V.O.Gordonning shogirdi Yu.B.Ivanov tomonidan hozirgi zamon belgilashlari kiritilgan.
Professor V.O.Gordon bir necha fizika-matematika fanlari nomzodi, texnika fanlari doktori yillar davomida OAK ekspert a’zosi bo‘lgan. Turli shaharlarda o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan. Umumta’lim maktablari uchun chizmachilik darsligini yozgan.
1941-1945-yillarda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti
«Chizma geometriya va chizmachilik» kafedrasiga rahbarlik kildi. U shu davrda o‘zining ilmiy va pedagagik faoliyati bilan chizma geometriya fanini nazariy va umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Chizmachilik» predmetini metodik tomondan rivojlantishga katta hissa qo‘shgan. Shu yillarda V.O. Gordon 1936-yilda yozgan «Chizma geometriya kursi» kitobi mazmunini nazariy jihatdan ancha boyitib
chop ettirdi. Hozirgi kunda bu kitob 24 marta qayta nashr qilinib, Rossiya texnika oliy o‘quv yurtlari uchun asosiy klassik darsliklardan biri hisoblanadi [15.277-278].

Chetveruxin Nikolay Fedorovich (1891-1974) Professor, fizika-matematika fanlari doktori 1891-yilda Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl shahrida tug‘ilgan. 1910-yilda gimnaziyani kumush medal bilan tugatgan va Moskva universitetiga o‘qishga kirib, uni muvoffaqiyatli tugatib universitetga professorlikka tayyorlanish uchun qoldirilgan. U
professor Vlasovning «Haqiqiy sintetik geometriya» fani bo‘yicha ma’ruzalarni tinglaydi. «Chizma geometriya kursi»ni N.I.Merxalovdan eshitgan. Unga professor B.K.Mlodzievskiy rahbarlik qiladi. Keyinchalik professor N.F.Chetveruxin atoqli matematik ko‘pgina matematik ilmiy yo‘nalishlar rahbari professor N.N. Luzin bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Professor N.F.Chetveruxin dars berishni o‘zi o‘qigan Moskva universitetida B.K.Mlodzievskiy rahbarligida «Tasvirlash nazariyasi» fanini o‘qitishdan boshlagan.
Professor N.F.Chetveruxinning pedagogik faoliyati davrida har-xil o‘quvchilar bo‘lgan. Ammo 1930-yilda N.F.Chetveruxinga o‘qigan talabalaridan atoqli akademiklar bo‘lib etishganlardan M.V.Keldish, Ch.G.Petrovskiy, Malvuevlarni alohida keltirish mumkin. Bu uchta akademik butun dunyoga taniqlidir.
N.F.Chetveruxin o‘zining ilmiy faoliyatini abstrakt geometriya tuzish yo‘nalishidan boshlagan. Ammo tez orada u proyektiv geometriya va uni bir bo‘lagi bo‘lgan «Chizma geometriya» fanlari bilan shug‘ullanishga kirishdi. Uning «Chizma geometriya» sohasidagi bir qator ishlari N.F.CHetveruxinni atoqli geometr sifatida tanitdi. 1941-yildan boshlab, N.F.Chetveruxin Moskva aviatsiya institutiga ishlab
«Chizma geometriya» kafedrasini boshqardi. MAI da ishlagan dastlabki yillarida u 1943-yilda Almati shahrida fizika-matematika fanlari ilmiy daraja uchun doktorlik dissertatsiyasini «Teoriya uslovnix izobrajeniy» mavzuda himoya qilgan. Shu bilan birga aviatsiya sanoatiga tegishli bir qator fundamental ilmiy ishlar yaratdi. Kafedrada «Chizma geometriya» fani bo‘yicha ilmiy maktabni tashkil qildi.
1944-yildan boshlab N.F.Chetveruxin Moskva shahridagi «Chizma geometriya
va grafika» ilmiy seminarning rahbari bo‘lib kelgan.
1945-yilda N.F.Chetveruxin pedagogika fanlari Akademiyasining muxbir a’zoligiga saylandi.
Fizika-matematika fanlari doktori professor N.F.Chetveruxinning «Tasvirlash nazariyasiga» tegishli ilmiy tekshirish ishlaridan eng salohiyatli asarlari va ilmiy risolalari 90 tadan oshadi. Uning «Oliy geometriya», «Proyektiv geometriya»,
«Grafik yasashlar metodikalari», «Geometriya kursida fazoviy figuralar chizmalari»,
«Prektsion chizmalarda steremetrik masalalar», «Chizma geometriya kursi» kitoblari klassik xarakterga ega bo‘lgan kitoblar bo‘lib yaratilgan. «Geometriya fanini o‘qitishda dunyoqarash masalalari» kitobida falsafa va geometriya fanlarining uzviy bog‘liqligi va bir-birini to‘ldiruvchi fanlar ekanini isbotlagan.
Professor N.F.Chetveruxin o‘zining butun umri davomida maorif vazirligi, Pedagogika fanlar Akademiyasida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarida katta jamoa ishlarini olib bordi.
Professor N.F.Chetveruxinning ilmiy faoliyatining eng samarali davrlari Moskva aviatsiya instituti bilan bog‘liq bo‘lib u bu institutga 1941-yildan umrining oxirigacha ishladi. 1967-yilgacha N.F.Chetveruxin MAI da «Amaliy geometriya» kafedrasiga mudirlik qilgan. So‘ngra u bu kafedrani o‘zining o‘quvchisi professor I.I.Kotovga topshirdi.
Professor N.F.Chetveruxinning samarali ishlari uchun unga Lenin ordeni, mehnat qizil bayroq ordeni, qizil yulduz va ko‘p medallar bilan mukofotlangan. Pedagogika sohasidagi ishlari uchun Pedagogika Fanlari Akademiyasi N.F.Chetveruxinni Ushinskiy medali bilan mukofotlangan. Professor N.F.CHetveruxin Rossiyada xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi faxriy unvoni bilan taqdirlangan [15.277-278].




Download 343.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling