Xx asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari


Rossiyada chizma geometriya fanining rivojlanishi


Download 343.03 Kb.
bet3/7
Sana04.02.2023
Hajmi343.03 Kb.
#1158626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XX asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari. Chizma geometriya fani boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalar va chop etilgan toʻplamlar, maqolalar. Maskiva Leligirat va Sanpeterburg ilmiy maktablar

Rossiyada chizma geometriya fanining rivojlanishi. XIX asrning boshlarida Rossiyada olimlar chizma geometriya fanidan darslik va o‘quv adabiyotlari yaratib, ularni texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi bilan shug‘ullangan bo‘lsalar XX asrning boshlaridan fanning turli yo‘nalishlarida qo‘llanishi bo‘yicha uni rivojlantirishga katta e’tibor berildi.
Rinin Nikolay Aleksandrovich (1877-1943) Professor, texnika fanlari doktori tasvirlash usullari sohasida ko‘pgina asarlar yozgan olim hisoblanadi. Uning «Chizma geometriya»,
«Son belgili proyeksiyalar», «Perspektiva», «Chiziqli perspektiva elementlari» kitoblari chizma geometriyani rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. N.A.Rinin rus olimlaridan birinchi bo‘lib chizma geometriyani proyektiv geometriya bilan bog‘lab o‘qitish va
«Chizma geometriyaning ahamiyati va uning metodlarini taqqoslash, «Tasvirlash metodlari», «Tekis figuralar transformatsiyasi» kabi ko‘p ilmiy asarlar yozib qoldirgan. N.A.Rinin «Chizma geometriya masalalar to‘plami», «Proyektiv geometriya elementlar va ularni aerofotos’emkada qo‘llanishi», «Kinematografiya»,
«Kino perspektiva va uni aviatsiyada qo‘llanilishi», «Aksonometriya va uni mexanikada qo‘llanilishi» va boshqa bir necha asarlarni yaratish bilan grafika fanini rivojlantirgan, uni boshqa fanlarga tadbig‘ini keng ko‘rsatib bergan [15.277-278].



Kargin Dmitriy Ivanovich (1880-1945) Professor, texnika fanlari doktori o‘zining ko‘p sonli ilmiy tekshirish ishlari bilan chizma geometriya va muhandislik grafikasi faniga katta hissa qo‘shgan olim. U grafik hisoblashlar va yasashlarni aniq bajarish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borgan. Shrift grafikasi bo‘yicha buyuk mutaxassis bo‘lgan. D.I.Kargin grafika fani bo‘yicha birinchi fan doktori hisoblanadi. U G.Monjning chizma geometriya kitobini
1947-yilda rus tiliga tarjima qilingan kitobida chizma geometriya tarixi maqolasini yozgan. Bir necha yillar davomida Leningrad ilmiy seminariga rahbarlik qilgan [15.277-278].




Download 343.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling