Xx asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari


Download 343.03 Kb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi343.03 Kb.
#1158626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XX asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari. Chizma geometriya fani boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalar va chop etilgan toʻplamlar, maqolalar. Maskiva Leligirat va Sanpeterburg ilmiy maktablar

Makarov Nikolay Ivanovich (1824-1904) Mashhur rus pedagogi, professor
1870-yilda chop ettirgan «Chizma geometriyaning to‘liq kursi» fanning nazariyasi va ularning amaliyoti qo‘llanishi bayon etilgan. Bu kitob bir necha marta chop etilgan va chizma geometriyaning barcha boblarini o‘z ichiga olib, texnika oliy-o‘quv yurtlari uchun asosiy darslik hisoblangan.
N.I.Makarovning «Chiziqli perspektiva kursi», «Soyalar nazariyasi», «Chiziqli palafon perspektiva», «Izometrik proyeksiyalar usullari» kitoblari ham chop etilgan.
V.I.Kurdyumov (1853-1904) Peterburg yo‘l-muhandislari korpusi instituti professorining tasvirlash sohasidagi ishlari o‘zining nazariy tomondan chuqurligi ilmiy asoslarining to‘liqligi bilan ajralib turadi. Uning ishlari 1886-1905-yillarda chop etilgan. «Ortogonal proyeksiyalar», «Egri chiziqlar va sirtlar», «Perspektiva»,
«Son belgili proyeksiyalar», «Aksonometriya» ishlari chizma geometriyani barcha bo‘limlarini nazariy tomondan ancha boyitgan. U barcha nazariy masalalarni yechishda muhandislik amaliyotidagi misollardan keng foydalangan. 1893-1897- yillarda yozilgan «Chizma geometriya kursi» kitobi rus klassik darsligi hisoblanadi. V.I.Kurdyumov «Chizma geometriya chizmaning grammatikasidir» deb ta’kidlagan.

Akademik Fedorov Ye.S.(1853-1919) Chizma geometriyani rivojlantirishda mashhur rus olimi bo‘lib, ko‘pgina ilmiy tekshirish ishlari tasvirlash usullariga bag‘ishlangan. U o‘zining ilmiy ishlari bo‘yicha Rossiya va chet ellarda taniqli olim hisoblanadi. Ye.S.Fedorov vektorli chizma geometriya yaratib, bu yo‘nalish hozirgi vaqtda ham ilmiy tekshirish ishlarida keng
qo‘llanib kelinmoqda. «Vektorli proyeksiyalar» Fedorov proyeksiyasi deb ham yuritiladi. Chunki bu metodni u nazariy kristallogiyada keng qo‘llagan. Ye.S.Fedorovning «Yangi geometriyaning chizmachilik asosi», «Fazo nuqtalarini tekislikka aniq tasvirlari», «Yangi chizma geometriya»va boshqa asarlarida sonlar o‘rniga vektorlardan foydalanilgan. U ko‘pyoqlarni klassifikatsiya qilib, ularni bir tizimga keltirib, chizma geometriya usullari bilan ximiya, kristallografiya, geologiya va marksheyderlik ishlarida qo‘llanishini ko‘rsatgan. U proyektiv geometriyani shunday nazariy asoslarini yaratdiki, ularni kristallografiyada qo‘llanishini har tomonlama ko‘rsatib berdi. Fedorovning vektorli proyeksiyalash usulining mazmuni quyidagicha.
Moskva universiteti professorlari A.K.Vlasov va N.A.Glagolevlar chizma geometriya fanini proyektiv geometriya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tarafdorlaridan hisoblanadilar. A.K.Vlasov (1869-1921) o‘z faoliyatida chizma geometriyani o‘qitishda proyektiv qonun qoidalardan keng foydalangan. Professor N.A.Glagolev Lomonosov nomidagi Moskva universitetining fizika matematika fakulteti, Moskva pedagogika instituti va ba’zi bir texnika oliy o‘quv yurtlarida chizma geometriya kursini proyektiv geometriya asosida o‘qigan [15.277-278].

Download 343.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling