Xx bob. Pedagogik psixologiya fanining maqsad ya vazifalari
l-rasm. Pedagogik psixologiya bolim lari
Download 165.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Ma\'ruza
l-rasm.
Pedagogik psixologiya bolim lari Pedagogik psixologiyaning vazifalari: 1 ) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish; 2 ) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish; 3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash; 4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sha- roitlarini o‘rganish; 5) pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar va 0 ‘quvchi- lar o‘rtasidagi o'zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish; 6 ) o‘quvchilarga individual yondashish bilan bogliq bolgan masalalarni o‘rganish. 7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qo- nuniyatlarini o‘rganish. Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar: 1. Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muam mosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bo la shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bolib, turli davrda har xil kechadi. 449 2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psi xologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Ta’lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta’sir etadimi, yoki u ta’lim va tar biya natijasida faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi? 3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u be rish kerakmi? Bola hayotining ayni davrida nimaga ko‘proq ehti- yoj sezadi: kognitiv-intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami? 4. Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy xislatlarning o‘zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog'liq. 5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivoj lanishi ta’lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va mu- hitga bog‘liqligi muammosi. Ta’limni bola organizmida ma’lum neyroflziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash mumkin-mi? Ta’lim bolaning organik rivojlanishiga ta’sir qiladimi? Agar ta’sir qilsa, qanday darajagacha ta’sir qiladi? Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birga- likda qanday ta’sir qiladi? 6 . Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muam mosi. Bu muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga qobiliyatning rivoj- langanligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojla nish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuk- likning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami? 7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pe dagogik ta’sirlarni o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi. 450 8 . Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi. Bola larning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bir bolaning individual xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni talab qiladi. Download 165.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling