Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
hisoblar edi. Qutb va Mavdudiyga o‘xshash qat'iy fikrli musulmon mutafakkirlari islomiy 
davlat andozasini yaratdi. Bunday davlat islomni musulmon kishilarning haqiqiy 
mafkurasi deb biladi. Bu mafkurani hamma birday tushunishi lozim. Binobarin, 
zamonaviy sharoitlarga  ko‘chgan islom siyosiy partiyaga aylanadi. Din uzvlarini davlat 
uzvlaridan ajratib bo‘lmaydi.  
Bu tushuncha 20-asrning 50-yillari oxiri va 60-yillarining boshida "Musulmonlar 
birodarligi" tafakkuriga suqilib kira boshladi. Uning musulmonlarning siyosatga an'anaviy 
munosabatini tan olmaydigan va aksariyat musulmon jamiyatlaridagi mazhablar rang-
barangligidan og‘rinadigan ochiqdan-ochiq totalitar salohiyati vahhobiylik harakatining 
keskinligi va eksklyuzivizmi (boshqalarni mutlaqo tan olmaslik) bilan mos tushar edi. 
Qutbning ukasi Muhammad Qutb Nosirning tozalashlaridan qochib ketadi va Saudiya 
Arabistonida mudarrislik qila boshlaydi, keyinchalik o‘sha yerda vahhobiylikni qabul 
qiladi. Vahhobiylikka xayrixoh bo‘lgan yana bir misrlik olim Muhammad al-G'azzoliy bilan 
birgalikda u birodarlik tafakkurini o‘zgartiradi. 1983 yili birodarlikning an'anaviy va 
vahhobiy bo‘lmagan oliy rahnamosi Umar at-Tilmasaniyning o‘limidan so‘ng 
vahhobiylikning misrlik dissidentlar o‘rtasidagi ta'siri kuchayib keta boshlaydi. 
Birodarlikning  o‘ta vahhobiylashgan ilmi toliblar qanoti bo‘lgan islomiy guruhlar (Al-
Jamoat al-islomiya) birodarlik bilan aloqasini uzadi va rejimni zaiflashtishtirish 
maqsadida zo‘ravonlik ishlatish uchun bosim o‘tkaza boshlaydi. Garchi bir oz bo‘lsa-da, 
Al-Jamoat al-islomiyaga mansub deb hisoblangan shaxs ko‘zi ojiz voiz Umar 
Abdurahmon AQShda Jahon savdo markaziga qilingan terroristik hujumga aralashgani 
uchun otning qashqasiday tanilib qolgan edi. Qizig‘i shundaki, vahhobiylikning bir 
shaklini qabul qilgan Umar Abdurahmon bir necha yil Saudiya Arabistonida yashagan 
edi.  
Vahhobiylashtirishning ushbu tamoyili musulmon dunyosida odamlarning tinchini 
buzuvchi oqibatlarga sabab bo‘layotgani xususida  boshqa ko‘plab misollarni keltirish 
mumkin. Bu o‘rinda musulmonlarning asosiy ko‘pchiligi va ularning institutlari 
vahhobiylarga javob berishga va unga qarshi kurashishga qanday harakat qilgani 
xususida batafsil gapirib o‘tirishning mavridi emas, biroq an'anaviy din mo‘‘tadilligi 
tarafdorlari qayd etib kelayotgan ikkita qarashdan xabardor bo‘lib qo‘yish muhim 
ahamiyatga ega.   
Avvalo, tajribaning ko‘rsatishicha, repressiv dunyoviy rejimlarni, diniy muxolifatni 
qiynash uni yo‘q qilib yuboradi, degan umidda qo‘llab-quvvatlash siyosati muvaffaqiyat 
keltirishi dargumon. Bunday holatda u diniy muxolifatning yanada ekstremistik 
shakllarini urchitib yuboradi. Rejimlar sistemani tinchlik yo‘li bilan isloh qilishga 
urinayotgan mo‘‘tadillik tarafdorlarini mensimaydigan bo‘lsa, obro‘sini yo‘qotadi, yoshlar 
esa ekstremizm va qurolli qo‘zg‘olon ishtiyoqida yona boshlaydi. Muammoning birinchi 
yechimi - matbuotni  erkinlashtirish  va islomiy tuyg‘ularni ifoda qilishga yo‘l berishdir. 
Ayni paytda rejimlar  og‘ziga urishga urinayotgan masjidlar barcha voizlardan o‘z 
va'zlarida ijtimoiy yoki iqtisodiy mavzularni tilga olishni talab qiladi. Masjidlarga islom 
dunyosida asrlar osha mavjud bo‘lgan an'anaviy ozodlik va ular bajarib kelgan vazifa 
qaytarib berilishi kerak: ya'nikim, ular korruptsiya va vahshiyliklar tanqid qilinadigan joy 
bo‘lib qolishi lozim.    
Musulmonlarning aksariyati ushbu gapning tasdig‘i sifatida demokratiyaga toqat 
qilinadigan Malayziya va Turkiya singari islom davlatlarini misol keltiradi. Bu 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
mamlakatlarning ikkalasida ham diniy partiyalar hukmronlik qiladi, biroq diniy 
ekstremizm deyarli uchramaydi. Nashr ishlari va tashkilotchilikdagi erkinliklar o‘sha 
mamlakatlarda kichik bir tayanch nuqtasini qo‘lga kiritish uchun qattiq kurashib kelgan 
vahhobiylarning qo‘lidagi qurolni tortib olib qo‘ydi.  Ikkala mamlakat ham, o‘z xohishini 
jamoat oldida ifoda etish va inson huquqlari cheklangan mamlakatlardan farqli o‘laroq,  
mutaassib harakatlar o‘z qarashlarini (jamiyatga) tiqishtirishidan xoli dunyolardir.   
Ikkinchidan, biz aksilislohotning musulmoncha ko‘rinishi ibtidosi shohidi bo‘lib turibmiz. 
Shishadan iborat fundamentalist shaharlar yaratish              yo‘lini izlayotgan, biroq 
fuqarolar urushini keltirib chiqargan, rejimlarni repressiyaning keskin shakllarini 
qo‘llashga majbur etayotgan zvinglichilar
[516]
 va kalvinchilar
[517]
ga ular   barcha 
musulmon mamlakatlarining kulini xuddi Afg‘oniston va Jazoir singari ko‘kka 
sovurmasidan burun qarshilik ko‘rsatilishi kerak. Aqidaparastlarning  chiqishlariga 
haqiqiy islom nuqtai nazaridan kelib chiqib, munosib javob qaytarish uchun ushbu aksil-
islohotga erkinlik va yetarli mablag‘ berish zarur bo‘ladi. Bugungi kunda dinni o‘z 
chegarasidan tashqarida targ‘ib qilayotgan ikkita davlat: Eronda ham, Saudiya 
Arabistonda ham klassik islomning ishonch yorlig‘i yo‘q ekani musulmon dunyosining 
ulkan fojiasidir. Dinga qiziqadigan va vahhobiylik juda xavfli jinni ko‘zadan chiqarib 
yuborganini tushuna boshlagan boshqa musulmon mamlakatlari  harakatini qilishi va 
an'anaviy ulamolarga qarshi choralar ko‘rishi uchun ijozat berishi kerak bo‘ladi. Haqiqiy 
dinni himoya qiladigan, vahhobiylik harakatlariga esa zarba beradigan kitoblar juda ko‘p, 
arab dunyosida ayni paytda diniy kitoblarni chop etishga bo‘lgan cheklovlar olib 
tashlanishi va (haqiqiy dinni targ‘ib qiluvchi) kitoblarning keng tarqalishiga imkon 
berilishi kerak. Mo‘‘tadillik tarafdorlari ham sun'iy yo‘ldosh televideniesi va radiosidan 
foydalanish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Muqobil yo‘l esa jamiyatlarda oldinma-keyin 
iliqlik boshlangunga qadar vahhobiy fraktsiyalarning progressiv tarzda kengayib 
borishidadir. 
Ushbu nuqtada mo‘‘tadil va vahhobiy islom o‘rtasidagi ayni paytda mavjud ziddiyatning 
aqidaviy jihatlariga oid gaplarga chek qo‘yishimiz lozim. Biz o‘ta islomiy hodisa deb 
tavsiflanayotgan ziddiyat - asosiy masalani tadqiq qilib ko‘rishimiz zarur bo‘ladi.  Biz 
yuqorida Yaponiyadagi neobuddizm hodisasiga qisqacha to‘xtalib o‘tgan edik; ayni 
jarayonlarning qanday amal qilishini bilish uchun boshqa dinlardagi jarayonlarni ham 
chuqur tadqiq qilishimiz kerak bo‘ladi.   
Bu borada xristian dinini ko‘p masalada boshlanish nuqtasi sifatida olish mumkin. Kimdir 
xristian dinining ayni paytdagi yo‘nalishi bilan zamonaviy islomning yoki "Om haqiqati" 
ibodatxonasining  ichki sharoiti bilan nima aloqasi bor, deb o‘ylashi mumkin. Ammo 
Maliz Rutven singari ijtimoiy tahlilchilarning xristianlikni radikal tarzda isloh qilish 
borasidagi sa'y-harakatlari ayni paytda (islomda) kurtak yozayotgan narsalarga o‘xshab 
ketadi.  
Yangi dunyoda xristianlikning tez rivojlanib borayotgan oqimi katolitsizm ham, 
pravoslavie ham, protestantizm ham emas; (bu oqim vakillari) yevangelistlar bo‘lib, 
kulgili va liboslarga burkanib olgan voizlardir, ularning yuzi  va dunyo haqidagi 
so‘zlarini   elektron nur naychasi yoritib turar edi. Yevangelistlar xristianligi har qanday 
yangilikdan xoli ekanini ta'kidlashning hojati ham yo‘q. Aslida "fundamentalizm" so‘zi 
1910 yildan boshlab Chikagodagi Mudi Tavrot instituti  chop etgan "Fundamentallar
degan 20 jildli diniy e'tiqod haqidagi ma'lumotlarning qisqacha bayonidan olingan deb 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
hisoblanadi. Ushbu aqidaparastlikning o‘ziga xos xususiyati muqaddas bitiklarning 
haqiqiy va hech narsa qo‘shilmagan tafsiriga ishonishdir.  Tavrot ham, Injil ham, ularda  
buyurilgan ijtimoiy-siyosiy amrlar  Alloh haqiqatining chin ifodasidir. Jamiyat qurish 
uchun kerak bo‘lgan ushbu loyihani Allohning o‘zi Kitobida nihoyatda batafsil va hech 
qanday savolga o‘rin qoldirmaydigan qilib tushuntirib bergan; o‘rta asrlar hamda 
zamonaviy yoki liberal protestant cherkovi muassasalari    ilohiyotshunosliklari Allohning 
kalomiga zid bo‘lgan inkrustatsiya - qurama  narsalardir. 
Amerika Qo‘shma shtatlarida yaqin-yaqinlargacha ushbu aqidaparastlik va joriy etilgan 
cherkovlarning an'anaviy dini o‘rtasidagi tafovut qishloq joylardan iborat kambag‘al 
janub bilan sanoatlashgan va madaniyati taraqqiy etgan shimol o‘rtasidagi tafovut ham 
edi. Aqidaparastlik o‘z kuchini Taqiq davri singari  tashqi dunyodan uzilib qolgan 
hodisalarda ko‘rsatishi mumkin, biroq 20-asrning 60-yillarigacha aqidaparastlik, 
umuman olganda, Baybl Belt
[518]
da  ildiz otolmasdan qolib ketdi.  
"Chodirdagi voiz" - kezgindi chol usuli o‘rnini egallagan televidenie paydo bo‘lishi bilan 
tez orada bunday vaziyat o‘zgarib ketdi. Villi Grehem ilk marta 1951 yili televidenieda 
paydo bo‘ldi, boshqa bir voiz Oral Roberts esa oradan uch yil o‘tib televidenieda ilk 
marta ko‘rinish berdi. Efir to‘lqinlari orqali uzatilgan va'z va unda jamg‘armalarga 
moddiy yordam berishni so‘rab qilingan iltimos oqibatida kutilmaganda teleevangelistlar 
cho‘ntagi pulga to‘lib ketdi. Neft tufayli orttirilgan boylik vahhobiy dindorlarning qo‘lini 
qanchalik uzun qilgan bo‘lsa, Amerika tomoshabinlarining boyligi ham yevangelistlar va 
xristian aqidaparastlariga beqiyos imkoniyatlar berdi.  
Yevangelistlar yadrosining ijtimoiy asosi ham Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan mana shu 
vahhobiylik bilan hayratlanarli tarzda o‘xshash edi.  Jill Kepel ko‘rsatib berganiday, 1970 
yilga qadar yevangelistlar, asosan, urushdan so‘nggi gullab-yashnagan jarayondan 
chetga chiqib qolgan edi. Ularning aksariyati qishloq joylarda yoki janubdagi va 
markaziy g‘arbdagi kichik shaharlarda istiqomat qilishar edi. Kuzatuvlarning shahodat 
berishicha,  ularning 43 foizi aholisi soni 2500 kishidan kam bo‘lgan shaharchalarda 
yashab kelgan.  
20-asrning 70-yillarida iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan janubda yosh 
yevangelistlarning ta'lim olish ishlari keskin yaxshilanib keta boshladi. 1960 yili ularning 
faqat 7 foizi universitetlarga o‘qishga kirgan bo‘lsa,  1975 yilga bu nisbat 23 foizga yetdi.  
Ular shaharlarga ko‘chib kelgan yoki endi sanoatlashayotgan va gullab-yashnayotgan  
janubdagi o‘ta chaqqon safarbar aholiga aylana boshladi. Ayni hol Jerri Falvell singari 
kishilarga tabiiy tarafdorlarni ko‘paytirib berdi. Yozuvchi Frensis Fitsjeraldga ko‘ra: 
Falvell mutasaddilik qilayotgan ibodatxonaga keluvchilar yangi o‘rta sinf (ehromi)ning 
uchida turadi. Ular xizmatchilar, texniklar, kichik biznesmenlar hamda yangi 
zavodlardagi malakali, chala malakali ishchilardir. 
Falvellning o‘ta safarbar, ammo shu bilan birga, nisbatan tortinchoq muhandislar va 
texnologiya talabalaridan iborat izdoshlarining hayoti islom uyg‘onishi faollarining 
ijtimoiy kelib chiqishini yodga soladi. "Moral Meyjoriti"
[519]
 va vahhobiylarning 
peshqadam vakillari "aksilaslzodalar"ni yaratishga urinmoqda. Ularga ko‘ra, 
"aksilaslzodalar" dunyoviy zodagonga qarshi borib, ko‘pincha ideallashtiriladigan 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
o‘tmishning transtsendent
[520]
 qadriyatlariga zudlik bilan qaytish orqali islohot 
yuritishni taklif etadi.  
Albatta, bu o‘rinda o‘xshashlik mutlaq bo‘lishi mumkin emas. Falvellning izdoshlari 
doimiy siyosiy buzg‘unchilik yo‘lidan bormagani va sistemani kuch ishlatish yo‘li bilan 
ag‘darib tashlash uchun harakat qilmaganini ham qayd etib o‘tish kerak bo‘ladi. Men 
uning sababini demokratik tanlov imkoni mavjudligida ko‘raman, bu hol Pet Robertson 
va uning dindor respublikachilariga hokimiyatga tinch yo‘l bilan erishish yo‘llarini 
axtarishga imkon beradi. Afsuski, musulmonlarning aksariyati bunday tanlov 
imkoniyatidan mahrumdir. Biroq shuni ham ta'kidlab o‘tish lozimki,  xristianlarning 
manfaati  bir masalada mavjud qonun bilan to‘qnash keladi, u ham bo‘lsa, abort 
masalasidir. Ba'zi bir xristian ekstremistlari qonunga bo‘ysunmay, abort qilinadigan 
shifoxonalarga hujumlar qilgan, ba'zi hollarda esa bu ishga qo‘l urgan shifokorlarni  
o‘ldirgan ham edi. Xullas, al-vala' val-bara'ga ishonish faqatgina musulmon 
vahhobiylarining eksklyuziv mulki emas.  
Iudaizmga nazar tashlar ekanmiz, unda ham xuddi shunga o‘xshash manzarani 
ko‘rishimiz mumkin. Faqat Toraga muvofiq yashab kelgan ortodoksal va o‘ta ortodoksal 
yahudiylar - haredimlar 20-asrning 60-yillariga qadar kichik va inqirozga yuz 
tutayotgan bir jamoa edi. 19-asrning dastlabki paytlarida yahudiy ma'rifati - haskala 
yosh yahudiylarning asta-sekin ortodoksal turmush tarzidan voz kechib, ma'lum 
ma'noda tashqi dunyoga qo‘shilishiga sabab bo‘ldi. Yahudiylar ergashishi mumkin 
bo‘lgan uchta strategiya musulmonlar oldidagi tanlov imkoniyatini esga solar edi. O'sha 
uchta strategiya ham  yengib bo‘lmas G'arbning dunyoviy olamiga qarshi qaratilgan 
edi.   Islohotchi yahudiylar Toradan uzoqlashib qolgan va assimilyatsiya so‘qmog‘ini 
tanlagan edi. Konservativ yahudiylar urf-odatlarning ko‘rsatmalari va taqiqlari - 
mitsvotga sodiq qoldi, ammo yahudiy bo‘lmagan jamiyat bilan aloqa qilib yashashga 
harakat qildi. Ortodoksal haredimlar getto
[521]
 muhitini saqlab qolish uchun dunyoga 
darchani yopib qo‘ydi. Bunday turarjoylar Sharqiy Yevropada uzoq vaqt saqlanib qoldi.   
Biroq haredimlar endilikda Sharqiy Yevropada yashamaydi. Ular asosan AQSh va 
Isroilga ko‘chib ketishgan. Shu tariqa o‘z ildizidan uzilib qolgach, ularning ko‘pchiligi 
o‘tishning konservativ ravvinlar ma'qullamagan g‘alati jarayonini boshidan kechirishdi
ammo ular hozirgi kunda o‘zlarini iudaizmning yorqin, uyg‘onishga xos va fundamental 
shakllari vakili deb biladi.  
Yoshlarning  o‘z ortodoksal o‘tmishidan voz kechishiga sabab bo‘lgan narsa sionizm bilan 
bog‘liq ziddiyat ekani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ortodoksal ravvinlar an'anaviy tarzda 
Isroil davlatini tan olmay kelar edi: hatto Quddusda bugungi kunda ham Naturey Karta 
yahudiylari har safar Mustaqillik kuni motam ramzi bo‘lmish qora bayroqni osib qo‘yadi. 
Ortodoksal yahudiylar nazdida, muqaddas zaminni yahudiy najotkori
[522]
dan boshqa  
hech kim qutqarishi mumkin emas. Uning faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslikka urinish yahudiylik 
ta'limotining asl mohiyatiga qarshi qaratilgan xudosizlikdir.  
Ammo 20-asrning 60-yillaridan beri Isroil shaharlarining o‘tmishidan bexabar, yaqinda 
ko‘chib kelgan  aholi yashaydigan chekkalarida Torani yangi, fundamental o‘qish asosida 
ushbu aqidaning haqiqat ekaniga shubha bildirila boshladi. "Neokaraizm" deb atashimiz 
mumkin bo‘lgan ushbu aqidaparastlik  davlatning dinsizligidan hafsalasi nihoyatda pir 
bo‘lgan kuch sifatida islom va xristianlikdagi yangi aqidaparastliklarni esga soladi. 1977 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
yili sionistlar Beginning (Misr prezidenti) Sadat bilan muzokara qilishga qaror qilganini 
eshitib, sarosimaga tushib qolganida ayni yozg‘irish siyosiy iudaizmning yangi bir 
ko‘rinishini paydo qildi. Bu siyosiy kuch o‘z maqsadiga erishish uchun hech qanday 
buzg‘unchilikdan tap tortmas edi.  
Ushbu harakatning kashshofi Shabtay Ven Dov degan kishi edi. Ben Dov ijtimoiy kelib 
chiqishiga ko‘ra dunyoviy edi, biroq u bir dumalab, yahudiy davlatining qonuniyligini tan 
olmaydigan aqidaparastga aylanib qoldi. Bunday aqidaparastlar tabiatan Isroil davlatini 
aksilsionistlarcha tan olmasligi bilan emas, aksincha, Isroil yahudiylarga xos bo‘lmagan 
urf-odatlar va qonunlardan tozalanganda Masihning qaytib tushishiga ishonishi bilan 
ortodoksal edi. U, davlat bu jarayonga xalal bermasligi kerak, deb yozgan edi. "Davlat 
qonunlari  bizning unga qarshi inqilobiy kurashda nima qilishimiz zarurligi yoki zarur 
emasligini belgilab beradigan qonunlar bo‘lishi kerak emas. Bunday qonun faqat Isroil 
Torasi bo‘lishi mumkin".  
Ben Dovning shogirdlaridan biri Yehuda Etzion diniy, ammo "Gush Emunim" deb atalgan 
ravvin Kahan rahbarlik qilgan sionistlar tashkilotining a'zosi edi. "Gush"ning asosiy  
maqsadi arablardan tortib olingan yerlarda  yangi turarjoylar barpo etish edi. Ular bir 
guruh, asosan, muhandislardan iborat (ijtimoiy kelib chiqishiga e'tibor bering)  do‘stlari 
bilan birga Tog‘ ibodatxonasi, ya'ni Al-Aqsa masjidini va Qubbat ush-Shaxrah (Umar 
masjidi)ni "iflos narsalardan tozalash" rejasini tuzadi. Ular ravvinlar bilan shu masalada 
maslahatlashadi, biroq ravvinlar namunali yahudiylar sifatida Uchinchi ibodatxona 
binosiga inson qo‘l urmasligi va Masihning qaytishini  kutish kerakligini aytadi. Ammo 
fitnachilar, o‘taketgan aqidaparastlar o‘laroq, ravvinlar hokimiyatini tan olmasdan, 
Tavrotning ilohiy matnlarini o‘zlari qanday tushunsa, shunday ish tutishga qaror qilishdi.  
Kishilar dinamit joylashtirish mumkin bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirib chiqdi, xavfsizlik 
tizimini ishdan chiqarishga urindi va zarur portlovchi moddalarni sotib oldi. Yaxshiyamki, 
ulardan bir nechasi hibsga olindi va falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan boshqa bir  
jinoyat uchun so‘roq qilindi, oqibatda fitna barbod bo‘ldi.  
Yehuda Etzion rejasining amalga oshmasdan turib oshkor bo‘lishi dunyoviy yahudiylarni 
qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Isroillik akademik Gideon Aran bunday deb yozgan edi: 
Xufya tashkilot boshliqlarining hisob-kitobiga ko‘ra, mabodo ibodatxona portlatiladigan 
bo‘lsa, bu hol yuz millionlab musulmonlarni jihodga chorlashi, oqibatda butun insoniyatni 
keskin qarama-qarshilikka mubtalo etishi mumkin edi. Ular buni samoviy ahamiyatga 
ega bo‘lgan Ya'juj-Ma'juj urushi deb talqin qilardi. Isroilning ushbu uzoq kutilgan olovli 
sinovdan g‘olib bo‘lib chiqishi Masihning bu yerga kelishiga yo‘l hozirlab berishi kerak 
edi.  
Garchi G'arb matbuoti bu ko‘ngilsiz voqeani bilinar-bilinmas eslatib o‘tgan bo‘lsa-da,  
olimlar va o‘sha yerdagi mutaxassislar ham xavotirga tushib qoldi. Harvardning Xalqaro 
ishlar markazi portlash ro‘y berganida bunday buzg‘unchilik uchinchi dunyo urushini 
boshlab yuborishi hamda mintaqada yadro qurolini ishlatish ehtimoli bor qarama-
qarshilikka sabab bo‘lishi mumkin edi, deb hisoblaydi. Lekin oliymaqom yahudiy 
ravvinlarining javobi ham bundan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega edi. Quddus shahrida 
Yonatan Blass "haqiqat yahudiy qonunchiligi va tafakkurining ushbu va oldingi 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
avlodlarga mansub ulkan allomalariga emas, faqat bizga zohir bo‘ldi", deb hisoblovchi 
fitnachilarning  johilligini keskin tanqid qiladi.   
G'arbning uchta dinidagi diniy radikalizm hodisasi ham xuddi shunga o‘xshashdir. Yana 
shuni ham qayd etish kerakki, ayni hol keyingi paytlarda hinduizmda ham kuzatilmoqda. 
Aqidaparastlik  somiylar tushunchasidagi vahiy qilib yuborilgan bitiklarning mavjudligini 
nazarda tutadi. Ushbu tushuncha, Hindistonda fundamentalistik harakatlar yo‘q, degan 
xulosaga sabab bo‘ladi. Lekin ular mavjuddir. 1998 yili  Hindistonning BJP (Hindiston 
xalq partiyasi) uyg‘onish partiyasi hokimiyatni qo‘lga kiritadi va Neru tarafdorlarining 
yarim asrlik  diniy indifferentizm siyosatini bekor qiladi. Uning radikal qanotida 
hindularning  shovinistik partiyasi bo‘lgan "Shiv Sena" 1995 yilning boshlarida 
Maharashtra shtati va Bombay shahrida g‘alabaga erishib, hokimiyatni qo‘lga kiritadi. 
Uning rahnamosi  Bal Thakkeray Bombayda istiqomat qilayotgan kam sonli 15 foiz 
musulmon aholini  "g‘ayri-fuqarolar" va "sotqinlar" deb ataydi. Shahardagi g‘alayonlar 
yuzlab musulmonlarning yostig‘ini quritadi.  
Thakkereyning ustozi M.S.Golvalkar degan kimsa edi. U hinduizmning G'arb dinlari va 
nemislarning "xalq" - "volk» deb atalgan  romantik g‘oyalari  ta'sirida paydo bo‘lgan 
yangi yo‘nalishini targ‘ib qiladi. Golvalker nazdida, hinduizm an'analari chin ma'nodagi 
hindu millatchiligi - hindutva  uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Shu tariqa u 
hind bitiklarining erkin asosini g‘arbliklar tushunchasidagi mo‘‘tabar bitiklarga aylantirish 
uchun "somiylashtiradi". Ram oliy xudo deb tan olinadi. Cherkovga borib ibodat qilishga 
o‘xshash ibodat turi joriy etiladi. Golvalkar va "Shiv Sena"  partiyasi hinduizm islohotini 
hayotga joriy etadi va hindu aqidaparastligiga yo‘l ochib berishadi. Aslida G'arbga xos 
bo‘lgan aqidaparastlik tez orada bu yerga ham yetib keldi: begonalashgan ikkinchi 
avlodga mansub muhojirlar  o‘z  taqdiridan norozi bo‘lib, siyosiylashgan mujodala 
vositasida davlatga hamda go‘yo o‘zlarining badbaxtligiga sababchi bo‘lgan kamsonli 
etnik va diniy guruhlarga qarshi kurashga otlanishadi. An'anadan so‘nggi Hindistonda 
yong‘in xavfi har qachongidan realroqdir va ba'zi bir kuzatuvchilarning fikricha, 
Bosniyadagi urush buning oldida hech gap bo‘lmay qoladi.  
Mening musulmon bo‘lmagan o‘lkalardagi mana shu tamoyillarni nima uchun batafsil 
keltirayotganim o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lsa kerak. Vahhobiylik va shovinistik libosdagi  
islom uyg‘onishi faqat islomgagina xos bo‘lgan narsa emas. U dunyoning turli dinlarida 
yuz berayotgan o‘tish davrining islomdagiga o‘xshash zuhur bo‘lishi, xolos. Tokio 
metrosida sodir bo‘lgan voqealar buddizm singari  tinchlikparvar din ham bundan 
mustasno emasligini ko‘rsatib berdi. Yuz berayotgan voqealar o‘rtacha ma'lumotga va 
aqlga ega bo‘lgan kishilarning dunyodagi keskin o‘zgarishlarga  qarshilik ko‘rsatish 
nuqtai nazaridan o‘z noroziligini bildirish vositasi sifatida an'anani mafkuraga 
aylantirayotgani natijasidir. Rahnamolarining intellektual qashshoqligi, o‘zining esa 
savodsizligi va badiiy jihatdan bepushtligiga qaramasdan, ushbu harakatlar katta kuchga 
ega va 21-asrda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini hozirdan ko‘rsata bormoqda. 
Hissiyotlarga to‘la ommaviy madaniyat va mutaassib siyosatdonlar qarshiligiga duch 
kelayotgan bir paytda nima qilishimiz mumkin? Biz bu harakatlarni o‘sha dinlarning  
haqiqiy ovozi bir pulga qimmat, deb atayotganini esda tutishimiz lozim. Biz hukmron 
tamoyilni bir hovuch esini yeb qo‘ygan kishilarning qilmishlari sifatida baholamasligimiz 
kerak.    
  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling