Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
sodir bo‘ldi, Jazoirda 1989 yili Islomni qutqarish jabhasini qo‘llab-quvvatlovchilar soni 
keskin ko‘payib ketdi.  
Kelgusi mingyillikda ko‘pgina musulmon mamlakatlarida yosh aholi sonining keskin 
ortishi kuzatiladi. Yigirma yoshning nari-berisidagi yosh aholi miqdori o‘sishi Misr, 
Marokko, Suriya, Tunis  va boshqa mamlakatlarda kuzatiladi. 1990 yilga taqqoslaganda 
2010 yilda ko‘pchilik arab mamlakatlari mehnat bozoriga kelib ishlovchilar miqdori 50 
foiz o‘sadi. Dolzarb ishsizlik muammosi  haddi a'losiga yetadi.  
Aholining tez o‘sishi ba'zi mamlakatlardagi boshqaruv tizimiga xavf tug‘diradi. Qohira va 
Jazoirdagi rejimlar shu paytdanoq sof demografik, shuningdek, ma'naviy va diniy 
o‘lchamlarga ega bo‘lgan isyonlarga duch kelmoqda. Shunday qilib, dunyo kelgusi 
mingyillikda   quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: G'arbda keksa va sust aholining  
barqaror, o‘z-o‘zi bilan ovora siyosiy madaniyati; islom dunyosida demografik portlash 
va har joyda o‘rnatilgan rejimlarning radikal kuchlar iskanjasida qolishi. 
Navbatdagi  ko‘zda tutilgan savol rejimlarning omon qolish-qolmasligi xususidadir. 
Garchi islom dunyosidagi ko‘pchilik olimlar qiziqish bilan bu savolga javob topishga 
uringan bo‘lsa-da, uni sharhlash qiyin. Yangi davrdan oldin isyonchi dehqonlarning 
muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi imkoniyatlari bor edi, chunki ish kuchi hukmdorlar 
armiyasiga qarshi ish tashlashi mumkin edi. Biroq ayni paytga kelib, texnologiyaning 
ildamlab ketishi harbiy rejimlarning, aholining yalpi noroziligiga qaramay, ancha 
vaqtgacha yashovchanligini ta'minlab bermoqda. Yetarli mablag‘i bo‘lgan diktator puxta 
o‘ylangan fitnani yoki ming-minglab aholi ishtirok etadigan isyonni ham bostirishi 
mumkin. Bu texnologiya tobora arzonlashib bormoqda va ko‘pincha G'arb o‘zining 
uchinchi dunyodagi suyukli mijozlarini yordam sifatida u bilan ta'minlab kelmoqda. Xuddi 
shunga o‘xshash so‘roq qilish, qiynoq vositalari ham takomillashib bormoqda, bugungi 
kunda ularning dunyoning turli burchaklarida yashirin harakatlarga qarshi samarali qurol 
ekani ayon haqiqat.  
«Emnesti Interneshnl»ning 1996 yilgi yillik ma'lumotnomasida bir necha misollar 
keltiriladi. Unda yozilishicha, AQSh hukumati  1995 yilning yanvar oyida Saudiya 
Arabistoniga «teyzer» deb ataluvchi qurolni ham o‘z ichiga olgan bir qator xavfsizlik 
asboblarini eksport qilishga rozilik bergan. Ushbu qurollar nishonga olingan odamning 
tanasiga 5 metrgacha bo‘lgan masofadan nayzaga o‘xshash narsani otib kiritadi va u 
orqali tanaga 40-50 ming voltlik falajlovchi tok yuboriladi. Bunday qurollardan 
foydalanish ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan, Buyuk Britaniyada ham taqiqlangan.  
«Emnesti» ma'lumotnomasida keltirilgan yana bir misol: 1990 yili Buyuk Britaniyaning 
bir kompaniyasi Dubaydagi politsiyaning maxsus bo‘linmasi qarorgohiga qiynoq 
kamerasini eksport qiladi va o‘rnatib beradi. U Birlashgan Arab Amirliklarida «Ajoyibotlar 
xonasi» sifatida nom qozongan. U «Emnesti» ma'lumotnomasida «o‘ta yuqori darajadagi 
tovush sistemasi, shovqinli generator va odamni holdan toydiruvchi chastotada puls 
beruvchi sinxron yorug‘lik lampasi bilan jihozlangan maxsus xona» deb tavsiflanadi. 
Bu rejimlarga yetkazib berilayotgan qiynoq vositalarining tobora takomillashib 
borayotganiga oid ikkitagina misoldir. Boshqa birov bu ro‘yxatga keskin ravishda 
taraqqiy etib borayotgan telekommunikatsion nazorat vositalarini ham qo‘shishi 
mumkin. 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Siyosiy tahlilchilarning texnologiya bilan birgalikda ommaviy nazorat sistemalari ham 
rivojlanib borishiga, bu hol rejimlarning har qanday ixtilofni faqat u qurolli kuchlar 
saflarida tarqalmasligi sharti bilan bartaraf etishiga ishonchi komil. Shoh ko‘chalardagi 
noroziliklar tufayli emas, armiya o‘zidan yuz o‘girgani uchun hokimiyatdan chetlatildi. 
Jazoirda esa aksincha, radikal kuchlarning zamonaviy hokimiyatni harbiylar ko‘magisiz 
ham ag‘darib tashlashga ko‘r-ko‘rona ishongani inqilob bostirilishiga sabab bo‘ldi.  
Bugungi kunda bunday yo‘l bilan boshqarilgan mamlakatlarga shu qadar og‘ir jarohat va 
madaniy zarar yetganki, biz ularni «zulmpaz madaniyatlar» deb atashimiz mumkin. 
Insonlarga bu qadar zulm o‘tkazish oqibatlari xatarlidir, ayni paytda o‘zimiz musulmon 
dunyosidagi odamlar tabiatida bundan o‘n yil oldin  hech kimning xayoliga ham 
kelmagan tarzdagi keskin o‘zgarishlarning shohidi bo‘lib turibmiz. 
Ushbu kitobning keyingi boblarida diniy «ekstremizm», an'anaviy islomda «g‘uluv» deb 
ataladigan muammo xususida fikr yuritiladi. Biroq bu kitobning asosiy mavzusi ekan, biz 
yangi mingyillikda islomning gullab-yashnashi  va hatto ustun mavqega ega bo‘lishi 
uchun mutlaqo yaramaydigan ekstremizmning aks ta'sir etishini hisobga olib, ushbu 
muammo  miqyosini  ilk marta baholashga urinib ko‘rishimiz kerak.  
Islomning dastlabki davrlarida Xorijiylik
[8]
 deb atalgan harakat musulmon jamiyatini sof 
ko‘rish uchun xomxayollarcha kurashgan edi. Afsuski, bugungi kunda ham bunday 
harakatlar ijtimoiy va siyosiy hayotning tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Garchi ko‘pgina 
musulmonlar bunday harakatlarni nomaqbul kuch sifatida rad etsa-da, o‘sha kuchlarni 
yuzaga keltirgan shart-sharoit tag-tomiri bilan qo‘porib tashlanmaguncha, ular qayta-
qayta ko‘karib chiqaveradi.  Asosiy islomiy harakatlar hokimiyatni qo‘lga ololmaganidan 
hafsalasi pir bo‘lgan yoshlar radikal xatti-harakatlarni sodir etmoqda. Musulmon 
dunyosining va musulmon aql-idrokining   qutblashuvi o‘sib  borayotgani kelgusi asrning 
asosiy belgilaridan biri bo‘lib qoladi.  
Xorijiylik ham barcha totalitar diniy harakatlar singari amalda tarqoq va bo‘linish yo‘li 
bilan ko‘payib borayotgani qiziq, biroq uning boshqalardan ajralib turadigan belgilari 
yo‘q.  Takfirga ko‘ra esa, boshqa musulmonlar chin musulmon emas, shuning uchun 
o‘limga loyiq, deb hisoblanadi. Bu tamoyil ko‘pgina klassik islom ulamolari tomonidan 
keskin tanqid qilingan. Imom G'azzoliyning «Faysal at-tafriqa bayn al-islom val-
zandaqa» («Islomni xudosizlikdan farqlashning aniq mezonlari») asarida 
dunyoda «Lo iloha illAlloh Muhammadun Rasululloh» degan kishini musulmon emas, deb 
e'lon qilishdan ham qiyin va murakkabroq ishning o‘zi yo‘q, deb tushuntiradi. Bugungi 
kunda esa ko‘pgina mamlakatlardagi sunniy maktab o‘quvchilari imom al-Laqqaniyning 
«Javharat ut-tavhid» asaridagi qoidaga aylanib ketgan quyidagi satrlarni hanuz eslab 
yurishadi: 
Modomiki, kufrdan boshqa barcha gunohlar kechirilar ekan, 
Biz gunoh qilgan kishini kofir deya olmaymiz. 
Gunohiga tavba qilmay o‘lgan kishining 
ishini Allohning o‘zi hisob-kitob qiladi. 
Fiqhdagi tafovutlarni qonuniylashtirish ijtihodni tushunishga asoslanadi. So‘fiylar 
ma'naviyatlardagi tafovutlarni al-turuq ila'Llah bi‘adadi anfås al-khalå'iq (Allohga 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
borishning yo‘li odamning nafas olishiday ko‘p) degan fikr bilan oqlashadi.  Saragosa 
(Ispaniya)ning taniqli so‘fiy shoiri ibn al-Banna' uni quyidagicha tushuntiradi: 
Bizning fikrimiz har xil, lekin sening husning bir, 
Barcha o‘sha go‘zallik sari intilur. 
Islom madaniyatlariga, o‘rta asrlardagi ko‘plab xristian madaniyatlari  rang-baranglikni  
qisuvga olganidan farqli o‘laroq, bu xususiyat hamisha xos bo‘lib kelgan. Biroq bugungi 
kunda musulmonlar o‘rtasida islomning totalitar shakllarini qo‘llab-quvvatlash tamoyili 
yuzaga chiqmoqda. Islomning yosh faollaridan biri: «Kimki menga qarshi bo‘lsa, 
gunohga botadi va jahannamga tushadi», deb hayqiradi.  
Bunday ko‘zqarash xorijiylik namoyandalarining takfirini esga soladi, biroq bu nega 
aynan bugungi ummatlar orasida ko‘payib borayotganini tushunish uchun nafaqat 
tarixning o‘zini, qolaversa, ushbu vaziyatimizning ruhiy tarixini ham anglab yetishimiz 
kerak. Diniy harakatlar nafaqat doktrinalar va muqaddas kitoblarning, shuning 
barobarida jamoalarning umidlari va qo‘rquvlari   ifodasi hamdir. O'zaro ishonch hukm 
surgan vaziyatda  ilohiyotshunoslik fanlari bag‘rikenglik va tinchliksevarlikka moyil 
bo‘ladi. Biroq dindoshlar jamoasiga biror xavf tug‘ilguday bo‘lsa, keskin harakatlar 
vujudga keladi. Ummatlar o‘zini hech qachon bu qadar xavf-xatarli holda his qilmagan 
edi.  
Hatto Yevropaning musulmonlar yashaydigan gettolarida ham takfir fenomeni asta-
sekin ildiz otib bormoqda. Sizu biz yashaydigan shaharlarda ham, faqatgina biz jannatga 
tushamiz, deguvchi guruhlar paydo bo‘ldi.  Ularning nazdida, o‘zini musulmon deb 
hisoblovchi kishilarning 99 foizi go‘yo ilohiy axloqiy tushunchani bema'nilarcha haqorat 
qilayotgani tufayli musulmonlikka mutlaqo noloyiqdir. 
Biz ushbu ruhiy holat universal tarzda mavjud ekanini inobatga olsak, uni osongina 
tushunishimiz mumkin.  Faqatgina islom dinida emas, qolaversa, xristianlik, iudaizm, 
hinduizm va buddizmda ham ayrim guruhlarning o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish 
tamoyili ko‘zga tashlanadi. Bundan 3 yil oldin xristian diniga mansub Devid Koreshning 
Davidiylar sho‘‘basining Texasdagi ranchosini AQSh qo‘shinlari zabt etmoqchi bo‘lishgani 
edi. O'sha paytda sho‘‘ba a'zolaridan 89 kishi halok bo‘lganini esga olish kifoya. 
Davidiylar o‘zlarini haqiqiy xristianlar, boshqalar esa jahannamda kuyib kul bo‘ladi, deb 
bilishgan. Oklahoma shahridagi Alfred Merra binosini portlatib yuborgan xristian 
fundamentalisti Timoti Makvey ham so‘zsiz shu fikrda bo‘lgan.  
Biz yangi mingyillikka teranroq kirib borganimiz sari rejimlarning repressiyasi oqibatida 
yo‘q bo‘lish o‘rniga rivojlanib ketgan islomiy ko‘rinishdagi ushbu tamoyilning ahamiyati 
ortib borishini taxmin qilishimiz mumkin. Garchi u so‘zda bo‘lmasa-da, amalda mingyillik 
dovondan oshayotganday ish tutmoqda. Rejimlarni holdan toydirish o‘rniga battar 
quturtiradigan sayyohlarga o‘q otish yoki kichik nishonlarga ignali bombalar bilan hujum 
qilish singari bunday xatti-harakatlar  islom nomini bulg‘aydi. Bu hol islomiy harakatni 
bo‘lib yuborishidan tashqari, rejimlar qo‘liga jamiyatdagi dinni ta'qib qilishga va uni bir 
chetga surib qo‘yishga bahona tug‘dirib beradi.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
Islomga bunday xavf tug‘dirayotgan neoxorijiylikning xato qarashlari   bugungi kunda 
real kuchga aylandi. Kitobning keyingi boblaridan birida bu xavf tadqiq qilinadi. U, 
doimiy tashvishga soladigan o‘zgarishlarga qaramasdan, yashab qoladi.  
Endi mavzularimizning uchinchisi: bugungi kunning ulkan islomiy masalalaridan biri, 
ba'zan  eng muhim deb yuritilayotgan tabiiy muhitning buzilishi muammosiga nazar 
tashlash vaqti yetdi. Qur'onda osmonlar va ummonlarning qo‘zg‘alishi oxir zamon belgisi 
sifatida talqin etiladi va bu hol uzoq asrlar davomida insonni boqib kelgan 
ekosistemaning ayni paytdagi buzilishining poetik ifodasiga o‘xshab ko‘rinadi.  
Bu yerda javob berilishi lozim bo‘lgan ko‘plab savollar bor. Biz tark etayotgan ikkinchi 
mingyillikda sayyoramiz 1000 yil bilan solishtirganda ancha qashshoqlashgan jismoniy 
ko‘rinishga ega bo‘lib qoldi. Insonning ma'rifiy fantaziya tufayli jismoniy tartib ustidan 
hukmronlik qilishiga yo‘l ochib bergan materializm, protestantlar kapitalistik axloqining 
ma'lum bir ko‘rinishi, Sharqda esa sanoatlashtirishni ilohiy maqomga ko‘targan 
kommunizm ona zaminning jinoyatkorona zo‘rlanishiga olib keldi. Hamma joyda Yer yuzi 
yara-chaqa bo‘lib ketdi. Ming-minglab tonna zaharli axlat okeanlarda u yoqdan-bu yoqqa 
suzib yoxud stratosferada aylanib yuribdi. Har kuni 12 ta  ma'lum (biologik) tur yo‘qolib 
ketmoqda. O'z hayotimiz va   ayrim uy hayvonlarini  hisobga olmaganda, har bir 
shakldagi hayot yangilanish yong‘inidan zarar ko‘rmoqda. Qoramollarning quturish kasali 
halokati kelgusida nimalar ro‘y berishi mumkinligiga bir ishoradir: Buyuk Britaniya 
hukumati tahlilchilari zararlangan go‘shtni iste'mol qilish oqibatida 30 ming nafar 
britaniyalik quturish xastaligini yuqtirishi mumkinligini qayd etishgan. Texnologiya 
to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan bir paytda qo‘pol bir ilmiy xato insoniyatning kattagina 
qismining hayotiga zomin bo‘lmasligiga kafolat yo‘qligini inkor etish bema'nilik bo‘lur edi. 
Taraqqiyot, har doimgiday, ulkan qimor o‘yinidir.  
Biroq biz yangi ming yillikka olib o‘tayotgan o‘ta muhim va rad etib bo‘lmas atrof-muhit 
muammolaridan biri ob-havoning yalpi isishidir. Biz necha yuz yillar davomida parnik 
gazlarini havoga chiqarib keldik, faqat bugungi kunga kelibgina, o‘sha faoliyat uchun 
tovon to‘lashimiz muqarrarligini tushunib yetyapmiz. Musulmonlar ushbu masalaga,  
uning G'arbdan ko‘ra musulmon mamlakatlariga  keskin ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini 
hisobga olib, jiddiy e'tibor qaratishi darkor. Musulmonlar orasida ushbu masalaga juda 
oz kishilar qiziqish bildirayotgani tashvishli holdir.  
Uzoq yillar davomida hukumat sinchilari ob-havoning yalpi isishi fikriga panja ostidan 
qarab kelishdi. 1992 yili Rio-de-Janeyroda atrof-muhit masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan  
sammit dunyoda vujudga kelgan vaziyat tashvishli ekanini ilmiy dalillar bilan isbotlab 
berdi. Atmosferaga chiqarilayotgan sanoat gazlari sayyoramizni  gaz kamerasi va 
pechkaga aylantirmoqda.  
Angliyada hozirgi kunda oddiy fuqarolar ham ob-havoning yalpi isib borayotganini qayd 
etishmoqda. Ob-havo harorati 300 yildan beri yozib boriladi, biroq eng issiq 10 yil 1945 
yildan so‘ng, shulardan eng issiq  3 yili (1989, 1990 va 1995 yy.) so‘nggi 12 yil 
mobaynida qayd etilgan. Yomg‘ir yog‘ishi ham bundan-da g‘alati, 1997 yilning yanvar 
oyi so‘nggi 200 yildagi yomg‘ir eng kam yoqqan oy bo‘ldi. Okeanlardagi to‘fonlar shiddat 
tobora oshib, neft tashuvchi kemalar uchun xavfli bo‘lib  borayotgani tufayli Shimoliy 
dengiz neft sanoati  neft quvurlarini suv ostidan o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Aniq raqamlarning nihoyatda kamligi ajablanarlidir. Hisob-kitoblarga qaraganda, 1990-
2050 yillarda Yer yuzidagi o‘rtacha harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha 1,5 gradusga 
ko‘tariladi. Biroq so‘nggi muz davridan to bugungi kungacha, ya'ni 4 ming yil mobaynida 
o‘rtacha harorat, bor-yo‘g‘i, 0,5 gradusga ko‘tarilgan edi.  Tadqiqotlardan ma'lum 
bo‘lishicha, qutblardagi muz qalpoqlari eriy boshlagan, shuning uchun ham har yili 
dengiz sathi 5 mm ko‘tarilib bormoqda. Yevropa Ittifoqi Shimoliy Norfolk qirg‘og‘i singari 
joylarda dengizni o‘z joyida ushlab turish uchun kerak bo‘ladigan temirbeton to‘siqlarga 
millionlab funt sterling mablag‘ sarflamoqda, shu bilan birgalikda, qasoskor tabiatga 
qarshi eng mukammal to‘siqlar qachongacha chidab berishi qizg‘in muhokama  
qilinmoqda. 
G'arb uchun bunday noxush xabarning yaxshi jihati ham bor. Ko‘pchilik aholi 
haroratning ko‘tarilishidan xursand bo‘ladi. Oradan 30 yil o‘tib, Janubiy Angliyaning ba'zi 
bir tumanlarida apelsin o‘stirish imkoni paydo bo‘ladi. Fermerlar issiq yoz va quruq qish 
mavsumlarini mo‘ljallab hosil yetishtirish uchun urug‘ sotib olishmoqda; ulkan falokat 
xavf solayotganga o‘xshamaydi.  
Islom dunyosi uchun umumiy manzara tashvishliroqdir. Rio-de-Janeyro sammitida islom 
mamlakatlari  ushbu masalaga befarq ekanini namoyish etishdi; atrof-muhit nazoratiga 
qarshi bo‘lgan mamlakatlarning ko‘pchiligi Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Bruney va boshqa 
musulmon mamlakatlari edi. Bunga sabab bo‘lgan hol ular iqtisodiyotining neft va gazga 
bog‘liqligi edi. G'arb mamlakatlari yo‘llarida zaharli gazlar ajralib chiqishini kamaytirish 
yoki elektr ishlab chiqarishda shamol, dengiz suvining ko‘tarilishi singari an'anaviy 
manbalardan foydalanishga o‘tish o‘sha mamlakatlar iqtisodiyotini bir zumda barbod 
qiladi.  
Qisman bunday qisqa muddatli manfaatni o‘ylab ish ko‘rayotgani tufayli musulmon 
doiralar kelgusi mingyillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ro‘y berishi mumkin bo‘lgan 
ulkan talofatlarni deyarli his qilmayotganga o‘xshaydi. Biroq falokatning ayrim alomatlari 
paydo bo‘lganini bir ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring. Afrikaning aholisining 90 foiz dan 
oshig‘i musulmonlar bo‘lgan Chad, Mali, Niger kabi mamlakatlarida yog‘ingarchilik har 10 
yilda 10 foiz kamayib bormoqda. Sahroyi Kabirning qum okeani kengayib bormoqda, 
qum barxanlari sahroning janubiy chekkalaridagi yaylov va ekin yerlariga bosib 
kelayotir. Iqlim boshqa tomonlama ham yomonlashib bormoqda: 20-asrning 80-yilarida 
Sudanni halokat yoqasiga keltirib qo‘ygan qurg‘oqchilik bundan ham battar suv toshqini 
bilan hamayoqni vayron qildi.  
Har qanday iqlimiy xarita ko‘pgina musulmon mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishning juda oz qismini tashkil etishini ko‘rsatib beradi. Hisob-kitoblarga 
qaraganda, Jazoirda  yog‘ingarchilikning 15 foiz qisqarishi dehqonchilik qilinayotgan 
yerlarning ishdan chiqishiga va shaharlarga ko‘chib keluvchilar sonining oshishiga sabab 
bo‘ladi. Shunga o‘xshash vaziyatni Marokkoda ham ko‘rish mumkin. U yerda 1995 
yildagina barham topgan qurg‘oqchilik hali hech kimning yodidan ko‘tarilgani yo‘q. 
Yaman esa Hind okeanidagi mussonlar strukturasi o‘zgargani tufayli katta zarar ko‘rdi, 
bu ham ob-havoning yalpi isishi bilan bog‘liqdir. Bangladeshda esa muammo suv 
yetishmasligidan emas, aksincha, uning haddan ziyodligidan kelib chiqmoqda. Bu yerda 
har 3-4 yilda ro‘y beradigan toshqinlar, mussonlarning strukturasi o‘zgargani barobarida, 
Himolay tog‘laridagi ulkan hududlarda  tuproqdagi namlikni tutib qoladigan 
o‘rmonlarning ayovsiz kesilib ketishi bilan ham bog‘liqdir.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
Oksford universiteti muallimi Norman Mayerning bashorat qilishicha, 2050 yilga borib, 
«dengiz sathining ko‘tarilishi va qishloq xo‘jaligida yuz beradigan o‘zgarishlar oqibatida 
150 million kishi o‘z yashab turgan joylarini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Bunday 
kishilarning 15 millionini bangladeshliklar va 14 millionini misrliklar tashkil etadi.  
Biroq bu raqamlar iqlim o‘zgarishining ikkilamchi oqibati keltirib chiqaradigan 
migrantlarni aks ettirmaydi. Insoniyatning bunday ulkan to‘lqinlari hukumatlarni beqaror 
qiladi va urushlarga sabab bo‘ladi. Hech bir hozirgi davlat migratsiyaga shart-sharoit 
yaratib bera olmaydi: bangladeshliklar 1948 yilgacha Hindistonning boshqa qismlariga 
ko‘chishi mumkin edi, biroq  bo‘linishdan so‘ng ular o‘z mamlakati chegarasidan chetga 
ko‘cha olmaydigan bo‘lib qoldi. Epidemiyalarning keng tarqalish xavfi bor. Dengiz 
sathining ko‘tarilishi oqibatida Maldiv va Komoros singari musulmonlar yashaydigan 
orollar suv ostida qolib ketadi, orollar aholisi esa boshqa joydan boshpana qidirishga 
majbur bo‘ladi.  
Yana bir narsani unutmasligimiz kerakki, bu bashoratlar qiyomat kuni stsenariysi emas, 
balki undan ham battardir. Yuqorida keltirilgan raqam va misollar ilm-fan dalillariga 
asoslangandir, ular Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada atrof-muhitga tegishli 
axborotnomalardan olingan. Shuni ham tan olish kerakki, parnik gazlarining atfosferaga 
chiqishini cheklash bo‘yicha ba'zi bir tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq bundan buyon 
atmosferaga umuman gaz chiqarilmagan taqdirda ham unda aylanib yurgan gazlarning 
o‘zi haroratning kamida yuz yilda ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.  
Dastlabki bob yuqorida qayd etilgan uchta mavzuga oid bir necha mulohaza bilan 
poyoniga yetadi.  
Biz bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ushbu hollarni nekbinlik yoki qo‘rquvga sabab deb 
bilishimiz kerakmi?  Bilamizki, janobi payg‘ambarimiz (s.a.v) nekbinlikni xush ko‘rar edi, 
shuning uchun ham ul zot tavakkul - Allohning inoyatiga suyanishga da'vat qilar edi. Ul 
zot yana o‘z tuyangni bog‘lab qo‘ygandan so‘ng ham uni Yaratgan izmiga topshirishing 
lozimligini ta'kidlar edi. Biz kelgusi o‘n yilliklarda qaysi tuyani bog‘lashimiz kerak?  
Bu yerda yana bir necha masala bor. Ulardan eng muhimi hamma narsadan xabardor 
bo‘lgan rahbariyatni tarbiyalash bo‘lsa ajab emas. Men oldinroq musulmon rahbarlarning 
aksariyati yoshlarga bugunning muammolarini hal etishda zarur bo‘lgan yo‘l-yo‘riqni 
ko‘rsatishga qodir emasligini aytib o‘tgan edim. Muqaddas kitoblardan xabardor va 
ularga e'tiqod qilgan o‘rtacha musulmon faolidan post-modernistning fikri noto‘g‘ri 
ekanini qanday isbot qilasiz, deb so‘rasangiz, biror narsa deb javob qaytarishi gumon. 
Boshlarimiz qumga tiqilgan. Biroq bunday guruhlar ko‘rib ko‘rmaslikka olayotgan 
narsalar faqat intellektul tamoyillargina emas. Atrof-muhitning buzilishi ham bizning 
yerni zo‘rlashdagi gunohlarimiz uchun yaqinlashib kelayotgan, biroq e'tibor 
qilmayotganimiz ro‘zi Mahshardir. Ehtimolki, faollarimiz o‘z mamlakatidagi so‘nggi 
kisloroddan nafas olayotib, hali ham ibodat paytida qo‘lni qanday ushlash to‘g‘ri ekani, 
soqolning uzunligi qancha bo‘lishi kerakligidan bahs qilib, tomoq yirtayotgandir. 
Ularning ahvoli kulgili bo‘lgani kabi ustuvor qarashlari ham tepsa tebranmasdir.  
Bular barchasi o‘zgarishi kerak. Islom dunyosiga sayohat qilgan har bir sayyoh yoshlar 
o‘rtasida islomni o‘rganishga bo‘lgan muazzam g‘ayratni va o‘sha mamlakatlar 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
rahbariyatiga nisbatan shunday xavotir haqida gapirib berishi mumkin. An'anaviy 
ulamolar bizga zarur bo‘lgan xushxulqlik va mo‘‘tadillik fazilatlariga ega; biroq 
dinamizmdan yiroq; radikal guruhlar peshvolari esa o‘zini hammadan ustun qo‘yish, 
taassub va takfir tuzog‘iga ilingan; ayni paytda aksariyat qayta tiklanish harakati 
peshvolari, ochig‘ini aytganda,  o‘z o‘rniga munosib emas. Ikkalasi ham og‘irkarvon va 
omonat; islomga mafkuraviy nuqtai nazardan   qarashga odatlanib qolgan, ular bugungi 
dunyo murakkabliklarini tushunmaydi - serg‘ayrat yoshlar esa buni juda yaxshi ko‘rib 
turibdi.  
Shuning uchun birinchi navbatda yigit-qizlarga ham an'anaviy shar'iy ilmlarni, ham  
bugungi dunyo madaniy va intellektual tilini o‘rgatadigan muassasalar tashkil etilishi 
lozim. Shunga o‘xshash sa'y-harakatlar o‘tmishda ham bo‘lgan: Bag‘doddagi Nizomiya 
madrasasi G'azzoliy tufayli mashhur bo‘lib ketgan edi, o‘sha madrasada fiqh bilan bir 
qatorda yunon an'analari asosidagi falsafiy ilohiyotshunoslik ham o‘qitilar, shuningdek, 
o‘sha vaqtdagi rahnamolarni raqib mafkuralarning oyog‘ini osmondan qiladigan zarur 
qurol bilan ta'minlar edi. Bizga yangi mingyillikda mujaddid, mo‘‘tadil, bag‘rikeng, 
ruhoniy ko‘zqarashga ega, dunyoviy tafakkurni tanqid qilibgina qolmasdan, uni 
tushunadigan va u bilan bahsga kirisha oladigan daho G'azzoliy kerak. Xususan, bunday 
shaxs yangi zamonga o‘z hukmini o‘tkazayotgan ma'naviyat, san'at va atrof-muhit 
masalalarini puxta bilishi darkor.  
G'arb kishisiga nima ta'sir etishi va uni nima harakatlantirayotganidan xabardor g‘arblik 
musulmon mutafakkirlar biladiki, mabodo islom diskursi ushbu masalalarga e'tibor 
qaratib, muvaffaqiyatga erishadigan, ekstremizmning yovuz ruhini quvadigan bo‘lsa,  
dinimiz nafaqat gullab-yashnashi, qolaversa, yangi asrning diniy kurashlarida markaziy 
o‘rinni qayta egallashi ham mumkin. Faqatgina  Alloh kelajakni bilguvchidir. Biroq biz 
chorrahada turganimiz ravshan, shuning uchun ham mingyillik favqulodda ramz sifatida 
ayni muddaodir. U yo intellektual va ma'naviy jihatdan boy an'analarga ega bo‘lishiga 
qaramasdan, aholisi tobora ko‘payib borayotgan va  boshboshdoqlik zonasi bo‘lmish 
islomning osongina ro‘y bergan so‘nggi inqirozidan darak beruvchi nuqta bo‘ladi. Yoki 
musulmonlar o‘z faoliyatini tanqidiy baholab, befoyda mutaassiblikdan voz kechishadi va 
dunyoda o‘ziga xos bo‘lgan axloqiy va ma'naviy namuna rolini o‘ynay boshlaydi.  
Sharqqa ham, G'arbga ham qarab, an'anaviy ummatlarning parokanda bo‘lib 
ketayotganini ko‘rib, biz buning imkoni bormi, degan savolni beramiz. Biroq biz 
yashayotgan zamonda kelajakni bemalol muhokama qilish mumkin. Ilgari islomga 
qarshilik ko‘rsatgan yoki uni ta'qib qilgan  xristianlikning murosasiz qanoti, millatchilik 
va kommunizm singari mafkuralarning umri tugab bormoqda. Shafqatsiz va harbiy-
fashistik dunyoqarashlar 20-asrning o‘rtalarida tarix kultepasidan joy oldi. Kembrij 
universitetining antropologi Ernest Jellner islomni «so‘nggi din» deb atagan edi. II bobda 
o‘sha «so‘nggi din»ning favqulodda vujudga kelgan  tarmoqlarini uning eng yangi davr - 
postmodernizmga javobi kontekstida tadqiq qilishga harakat qilamiz.  
Nekbinligimiz o‘zimiz meros qilib olgan yoki tanlagan narsaning asosiy talablariga 
ishonsakkina o‘zini oqlaydi. Musulmonlar bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashavermasa, raqiblari 
chizib bergan dunyoviylashish yo‘lidan va reaktsion xorijiylikga ko‘r-ko‘rona 
ittifoqchilikdan qochsa, dunyo imperiyalariga qayta egalik qilishi va Alloh lashkarlari 
degan muborak nomni qayta tiklashi mumkin. Ummatlar  yangi zamon diskursi bilan 
bog‘liq mavjud tanglikka qaramasdan, dunyo miqyosidagi mavhumlikdan kelib chiqqan 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling