Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
hayot mushkulotlarining keskinligi, ammo inson baxtsizliklarining kunday ravshan 
miqyosi: qarovsiz keksalar, millionlab yolg‘iz onalar, narkoman bolalar, uysizlar, 
mutaassib irqchilar, tabiiy turimizni qayta tahrir qilish xavfini tug‘dirayotgan pragmatik   
bioetikachilar
[561]
, tartib degan fanera ostida bijg‘ib yotgan barcha zaharlar bizni 
Ernest Gellner vaqtdan ustun turadigan so‘nggi din deb atagan narsa tomon itaradi va 
Alloh barcha ismlarini o‘rgatgan dinning potentsial shon-shuhratini namoyon qiladi.  
  
Tarjimondan 
To‘g‘risi, menga ushbu kitob qo‘lyozmasini keltirib berishgach, nimaga qo‘l 
urayotganimni bilmasdan tez ishga kirishib ketganimdan keyinchalik afsuslangan 
paytlarim ham bo‘ldi. Negaki, postmodernizm, poststrukturalizm, analitik falsafa singari 
zamonaviy fanlardan xabardor bo‘lmagan oddiy o‘quvchiga bu kitobni o‘qish og‘irlik 
qilmasmikin, uning boshini notanish atamalar, ba'zida  muallif uslubini saqlashga 
harakat qilish oqibatida yuzaga kelgan murakkab jumlalar bilan qotirish shartmikin, 
degan istiholalarga ham bordim. Nima bo‘lsa bo‘ldi dedim-u, tarjimani uch yil deganda 
tugatdim.  
Endi o‘ylab ko‘rsam, o‘zbek tiliga bunday murakkab matnlarni bevosita ingliz tilidan 
tarjima qilish urf bo‘lmagan, ular faqat rus tilidan ag‘darilib kelgan ekan. Harqalay, 
ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar, ozmi-ko‘pmi, bor. Ulardan foydalanish mumkin. Lekin yirik 
inglizcha-o‘zbekcha lug‘atlar yo‘qligi sababli inglizcha-ruscha, inglizcha-turkcha 
lug‘atlardan, "Britannika" va "Kirill va Mefodiy" entsiklopediyalarining elektron 
versiyalari, boshqa izohli va ko‘p tilli elektron lug‘atlardan, hatto Internetdagi 
www.everything.com

www.multitran.ru
 singari saytlardan, shuningdek, 2000 yili 
Minskda chop etilgan «Postmodernizm» va «Filosofiya» entsiklopediyalarining elektron 
versiyalaridan ham foydalanishga to‘g‘ri keldi. Hatto ayrim hollarda, ingliz tilidagi ba'zi 
bir atamalarning o‘zbek tilida arab tilidan kirib kelgan ma'nodoshini aynan keltirish 
uchun avval o‘sha atamani rus tiliga, so‘ngra rus tilidan lug‘at yordamida arab tiliga 
tarjima qilishga ham to‘g‘ri kelgan paytlar bo‘ldi.  Tarjima jarayonida turli manbalardan 
muallif keltirgan iqtiboslar, agar ular o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lsa, chalkashlikka 
yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘shalardan olindi. Bunga Qur'oni Karimni yirik dinshunos olim 
Abdulaziz Mansur qilgan tarjimasi, Imom Buxoriyning 4 jildlik «Sahihi Buxoriy», 1992 yili 
Shvetsiyada o‘zbek tilida chop etilgan «Injil» kitoblarini misol qilib keltirish mumkin. 
O'zbekchaga tarjima qilinmagan manbalardan olingan iqtiboslar muallif matnidan tarjima 
qilindi.  
Umuman, kitob o‘zi nima haqda, degan savol tug‘ilishi tabiiy.  
Avvalo, muallif haqida bir-ikki og‘iz. Timoti J.Uinter (Abdulhakim Murod) 1960 yili 
London shahrida tavallud topgan. Kembrij va Al-Azhar universitetlarida, shuningdek, bir 
necha Yaqin Sharq mamlakatlarida tahsil olgan. Arab tili magistri. 1986 yili 
O'zbekistonga ham kelib ketgan. Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan.  Hozirgi 
kunda Kembrij universitetining ilohiyotshunoslik fakultetida islom tadqiqotlari bo‘yicha 
universitet ma'ruzachisi. Uning asosiy ilmiy faoliyati dunyoda islomning dastlabki 
yillarida to‘plab, nashr etilgan yirik hadis to‘plamlarini nashrga tayyorlaydigan "Sunnat 
loyihasi"ning direktorlik qilishdir.  U  ayni paytda arab tilidagi kitoblar do‘konida 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
sotilayotgan hadis nashrlarini nomukammal deb hisoblaydi, shuning uchun eng qadimgi 
va ishonchli qo‘lyozmalar asosida yangi nashrlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir. 
Uning eng so‘nggi kitobi "Islom va musulmonlarni tushunish" 2002 yili Uilyam Grehem 
bilan hammualliflikda AQShning Kentukki shtatida nashr qilingan. M.Z.Siddiqiyning 
"Hadislar kitobi"ni arabchadan ingliz tiliga tarjima qilgan.  
Muallif bugungi islomga postmodern va poststruktural qarashlardan kelib chiqqan holda 
baho beradi, dinimizning bugungi dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatib berishga harakat 
qiladi. Uning ba'zi bir qarashlarida G'arb tafakkuriga xos bo‘lgan va bizga g‘ayritabiiy 
tuyuladigan, lekin teranroq nazar tashlanganda, chuqur va atroflicha tahlil ko‘zga 
tashlanadi. Ayniqsa, muallifning aqidaparastlik, musulmon jamiyatida ayollar va ularning 
haq-huquqlari qanday ta'minlanayotgani xususidagi mulohazalari hech kimni befarq 
qoldirmaydi. Muallif G'arb feministlarining, musulmon dunyosida ayollarning huquq va 
erkinliklari poymol qilinmoqda, degan da'volariga javoban, xristianlik va islomning ilohiy 
manbalaridagi jinsga bo‘lgan fundamental munosabatni tahlil qilib ko‘radi hamda 
islomda ayollarga nisbatan hech qanday cheklashlar yo‘q ekanini isbot qiladi. Bunday 
mulohazalar o‘zbek kitobxoni uchun yangilikdir, qolaversa, unga modern jamiyatda o‘z 
dinining o‘rnini belgilab olishida yordam beradi.  
Amerikalik kelajakshunos olim Olvin Toffler "Uchinchi to‘lqin" kitobida "Biz embrion 
holatidagi kelajakni kechagi kunning oddiy qolipiga tiqa olmaymiz. Bu borada ortodoksal 
munosabat yoki kayfiyat ham qo‘l kelmaydi", deb yozgan edi.  
Umuman olganda, jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalari bo‘rttirib 
ko‘rsatayotganiday, aqidaparastlik faqat islom diniga xos tushuncha ham, hodisa ham 
emas. Buni boshqa dinlarda ham ko‘rish mumkin. Dunyodagi globallashuv jarayoni 
ma'lum ma'noda har bir dinga daxl qilayotgani, har bir jamiyat yoki hududda hukmron 
bo‘lib kelgan dinning yoniga boshqa bir din kirib kelayotgani mavjud manzarani butunlay 
o‘zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda dinlar o‘rtasidagi chegara muayyan davlat yoki 
jamiyat chegarsidan emas, har bir shaxsning yuragidan o‘tadigan bo‘lib bormoqda.  
Afsuski, ba'zi hollarda boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik qilish qiyin 
kechyapti. Bundan tashqari, u yoki bu dinning ilgari boshqa dinlar hukmronlik qilib 
kelgan hududlarga yoyilishi o‘sha yerlardagi ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ham ko‘zga 
tashlanmoqdaki, ayni holni  T.Uinter juda yaxshi tahlil qilib bergan. Uning nazarida 
hayot jadal o‘zgarib borayotgan bugungi kunda yuzaga kelayotgan misli ko‘rilmagan 
murakkab ijtimoiy muammolarga javob topish uchun muqaddas diniy manbalarni har 
kim o‘zicha talqin qilishi, u yoki bu masalani shar'iy qilib olishga urinishi ummat 
o‘rtasidagi keskin parchalanishga, to‘rtta mazhab o‘rniga millionlab sektalar vujudga 
kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday fojiaga esa mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Muallif bizning din mutafakkirlarimizdan farqli o‘laroq, vahhobiylik oqimining paydo 
bo‘lishi va boshqa joylarga yoyilishini faqatgina din kontekstida emas, ijtimoiy-iqtisodiy, 
hatto siyosiy kontekstda olib tahlil qiladiki, bu hol o‘quvchiga oqimning paydo bo‘lish 
sabablari xususida yorqin tasavvur beradi. Ayni hol mustaqillikdan so‘ng mamlakatimiz 
ijtimoiy hayotidagi dinni o‘zlarining g‘ayriqonuniy, siyosiy maqsadlariga erishish yo‘lida 
niqob qilib olgan turli oqimlarning asl muddaosi nima ekanini tushunib olishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Muallif 4 ta diniy mazhabning birini ikkinchisidan ustun qo‘ymagan 
holda ularning muayyan masalaga yechim izlash borasidagi printsipial farqlarini ko‘rsatib 
berishga harakat qiladi, arab mamlakatlari va Yevropadagi mujtahidlik da'vosini qilib 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
yurgan ba'zi bir chalasavod mullalarga uning asl ma'nosini butun murakkabliklari bilan 
tushuntirib beradi.  
Shu o‘rinda T.Uinterning arab va turk tillarini yaxshi bilishini, turk tilidagi manbalardan 
buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ijodini ham yaxshi o‘rganganini ta'kidlab o‘tish joiz. 
U hatto bir o‘rinda A.Navoiydan iqtibos ham keltirib o‘tadi.  
Tarjima ba'zi nuqsonlardan xoli bo‘lmasligi tabiiy. Shuning uchun u haqdagi har bir 
mulohazani minnatdorlik bilan qabul qilamiz. 
Men tarjima jarayonida yaqindan yordam berganlari uchun o‘zbek tili uslubi nuktadoni, 
do‘stim Murtazo Qarshiboyga, arab tili bo‘yicha yirik mutaxassis va tarjimon Hojimurod 
Otaqulovga, dinshunos olim Jon Muhammad Batt janoblariga minnatdorlik bildiraman.  
Faxriddin Nizom 
  
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun bilan muhofaza qilinadi Ó T.J.Uinter. Bu qo‘lyozmani 
ingliz tilida ko‘paytirib tarqatish taqiqlanadi, faqat o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun  
www.ziyouz.com
 - 2007 
 
 
[1]
 A la grande cuisine (
fr.
) - ulkan oshxona. - Tarj. 
[2]
 Hors d'oeuvres (
fr.)
 - gazak. - Tarj. 
[3]
 Saveat lector - "Lektor ehtiyot bo‘lsin» degani. - Tarj. 
 
4]
 Diskurs (
frants
. discours - nutq) - keng ma'noda  til praktikasi va ekstralingvistik omillar (hissiy 
idrok qilish shakllarida zuhur bo‘luvchi ma'lum bir ahamiyatga ega bo‘lgan xulq-atvor)ning  matnni 
tushunish uchun kerak bo‘ladigan murakkab birligi. Bu omillar muloqot itirokchilari, ularning tutgan 
yo‘li va maqsadi, xabarni berish va idrok qilish sharoitlari xususida tasavvur beradi. Diskurs - avvalo, 
ijtimoiy kontekstga yo‘naltirilgan ma'ruzadir. 
-Tarj.
 
[5]
 Yanicharlar [
turkch
a yangi armiya]. 
Tarixiy. 
Turk sultonligida
 
jazolovchi qismlar sifatida 
foydalanilgan maxsus piyoda qo‘shin. 
-Tarj.
 
[6]
 Samuel Hantington, 
The Clash of Civilazations 
(London 1997), pp. 65-66 
[7]
 Altsgeymer xastaligi - markaziy asab sitemasining yemirilish xastaligi bo‘lib, u bilan og‘rigan 
kishida xotira susayishi  barobarida miyaning bilish qobiliyati yo‘qola boradi. 
- Tarj.
   
[8]
 Xorijiylik (
arab
. xorij, 
asl ma'nosi
 chiqqanlar, g‘azablanganlar) - musulmonlikning  radikal 
sektalaridan biri tarafdorlari (7-asrda paydo bo‘lgan)ning umumiy nomi. Ular barcha musulmonlarning 
tengligi, imom-xalifaning saylanishi singari talablar bilan chiqqan. 
- Tarj.
 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
[9]
 Lumiéres (
fr.)
 Siècle De Lumières ("Ma'rifatparvarlar asri")  - 17-18-asrlarda Yevropadagi 
ziyolilar harakatining nomi bo‘lib,  unda xudo, sabab, tabiat va inson tushunchalari bir dunyoqarashga 
sintez qilingan va uni ko‘pchilik ma'qullagan. Ushbu dunyoqarash san'at, falsafa va siyosatda inqilobiy 
o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan ("Britannika"). - 
Tarj. 
 
[10]
 Jean-François Lyotard, 
The Postmodern Condition: A Report on Knowledge
 (Manchester, 1997),
 
71 
[11]
 Tabula rasa (
lot
.) - toza sahifa.  
[12]
 Inkarnatsiya -  qayta jonlanish, timsol, tajassum topish ma'nosida. - 
Tarj.  
 
[13]
 Superego (
lot
. «super», yuksak, ust, «ego» men) - Z.Freyd o‘z psixoanalizida nevrozni 
tushuntirish uchun qo‘llagan  id (ongsiz), ego (botiniy ongga oid) va superego (ongli ) 
kategoriyalaridan biri. - 
Tarj.
  
[14]
 Karaitlar - o‘rta asrlarning ilk davrida paydo bo‘lgan yahudiylar sektasi. - Tarj. 
[15]
 Anselm (1033/1034 - 1109) - Italiyaning  yetuk faylasufi, ilohiyotshunosi va sxolastikaning 
mashhur vakili. 
[16]
 Simbioz (
yunon)
 - «birga yashash» so‘zidan, biologiyada  turli organizmlarning birga yashashi. 

Tarj.
 
[17]
 Kabbalistlar (
qad. yah
.  - rivoyat degan so‘zdan) muqaddas yozuv «Tavrot»ni izohlovchi 
yahudiy diniy-mistik ta'limoti vakillari.
 - Tarj.
 
[18]
 Simoniya so‘zidan  - katolik va boshqa cherkovlarda  lavozimlarni sotish va sotib olish amaliyoti. 
- Tarj.
 
[19]
 Deizm 
(fr.)
 
-
 17
-
18-asrlarda tarqalgan bo‘lib, xudoning dunyoning yaratuvchisi sifatida 
mavjudligini tan olgan holda, shaxs sifatida mavjudligini inkor etgan diniy-falsafiy ta'limot.
 - Tarj.
 
[20]
 J.J. Clarke dan iqtibos 
Oriental Enlightenment: The Encounter between Asian and Western 
Thought
 (London, 1997), 58. 
[21]
 Vedalar - hindlarning qadimgi muqaddas kitoblari. 
- Tarj.
 
[22]
 Geist (
nem.)
 - ruh, aql degani. 
- Tarj.
 
[23]
 Prima facie 
(lot.)
 - bir  qarashda, ilk taassurotga asoslangan degani.
 - Tarj

[24]
 Ksenofobiya - xorijliklardan hech bir sababsiz xorijlik bo‘lgani uchun qo‘rqish yoki nafratlanish.
 
- Tarj.
 
[25]
 Tanimoq so‘zidan, formulirovka ma'nosida.  
[26]
 Teleologiya (
yunon
.) - tabiat  hodisa va jarayonlariga maqsadlarni (maqsadga muvofiqlik yoki 
biror maqsadga yo‘nalish qobiliyatini sabab qilib ko‘rsatuvchi va bu maqsadlar xudo tomonidan 
belgilanishini qayd etuvchi ta'limot. 
- Tarj.
 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
[27]
 Metanarratsiya (yoki "metahikoya", "katta tarix") - postmodernizm falsafasining mazmunan 
universallikni, madaniyatda ustunlikni, ilmni «qonuniylashtirish»ni da'vo qiluvchi  kontseptsiyalar 
mavjudligi fenomenini, turli ijtimoiy institutlarni va ma'lum bir fikrlash tarzini qayd etuvchi 
tushunchasidir. Bundan tashqari, Internetdagi 
http://jamesfaulconer.byu.edu/definitions.htm
 
vebsaytda u «buyuk nazariya», rivoyatlar to‘g‘risidagi rivoyat deb beriladi. Shuningdek, u yerda 
metanarratsiya bizning o‘zimiz, qilayotgan ishimiz va kutilayotgan narsalarimiz haqida to‘qigan 
rivoyatimiz ekani aytiladi. Metanarratsiya kichik rivoyatlarimizni o‘zaro bog‘lab, birlashtirib turadi va 
bizga ijtimoiy, psixologik va intellektual birlik ato etadi. Modernizmning taraqqiyot, odamlarning 
global emansipatsiyasi, kam sonli etnik guruhlar kabi bir qancha metanarratsiyalari mavjud.  
- Tarj
.  
[28]
 A.K.M.Adam, 
What is Postmodern Biblical Criticism?
 (Minneapolis, 1995), 10. 
[29]
 Lyotard, 12. 
[30]
 Regga 
-
  klaipso va rokn-roll qorishmasidan iborat ommaviy  Yamayka musiqasi uslubi. 
- Tarj

[31]
 Lyotard, 76. 
[32]
 Preskriptivizm (
ingl
.) axloqqa oid mulohazalarni bayon qilish fikrgina bo‘lib qolmasdan, 
boshqalar o‘sha axloqiy qarashga qo‘shilishi va rozi bo‘lishi kerak, degan axloq nazariyasi. Bu nazariya 
tavsif axloqi va ma'lum bir ma'noda emotivizmga qarama-qarshidir. 
-
http://www.r.bowie.btinternet.co.uk/ethics/glossary.html
  
[33]
 Logotsentrizm 
(lot.)
 - Postmodern    falsafa iste'molga kiritgan bu atama mumtoz madaniy 
an'anani tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu an'ananing yo‘nalishlari istalgan joyga kirib boruvchi Logos 
(dunyoviy aql)ning  implitsit (nazarda tutilgan) g‘oyalari sifatida tanqidiy baholanadi. Ayni hol adekvat 
bo‘lmagan, postmodernizm nuqtai nazaridan borliqni immanent mantiqqa ega va liniyali 
determinizmga bo‘ysungan deb tushunishni anglatadi. 
- Tarj.
  
[34]
 Liberal - erkin, hur fikrlovchi va murosasoz kishi degan ma'noda. 
- Tarj.
  
[35]
 Aporiya 
(yunon.)
 - [ yunoncha. aporia o‘tib bo‘lmaydigan, o‘tish mushkulligi, qiyinchilik]. 
Falsafada- Tarj.
  
Antik davr falsafasida: mantiqiy qiyinchilik. Muammoni hal etishda yengib bo‘lmaydigan ziddiyat.  
[36]
 Duns Skotus  (1265?- 1308) - shotland sxolastik ilohiyotshunosi. 
- Tarj.
 
[37]
 Ash'ariya - Kalom ilmining ash'ariya maktabiga o‘z nomini bergan ilohiyotshunos olim 
Abulhasan Ali bin Ismoil (873-935) al-Ash'ariy nomidan. 
- Tarj.
   
[38]
 Okkazionalizm (
lot
."occasio" - "hol" so‘zidan) - 17 -asrda tan va ruhning o‘zaro anglab bo‘lmas 
munosabatini anglashga harakat qilgan diniy-idealistik doktrina. 
- Tarj.
 
[39]
 Hossein Ziai, "The Illuminftionist Tradition", in S.H.Nasr and O.Leaman  (eds.) History of Islamic 
Rhilosophy (tehran, 1375 solar), 476. 
[40]
 Fideizm  (
lot
. Fides - e'tiqod so‘zidan ) - barcha   yoki ba'zi bilimlar e'tiqod yoki vahiyga bog‘liq 
degan qarash.
 - Tarj.
 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
[41]
 Noumenon (
ingl.)  - 
noumen «fenomen» so‘zining antonimi, tajribaga orqali anglash mumkin 
bo‘lmagan ob'ekt. Kant noumen tushunchasini hissiy tajriba sarhadlaridan chetga chiquvchi sferani 
tushuntirish uchun qo‘llagan.
  - Tarj.
 
[42]
 Representational art (
ingl.)
 - narsalarni o‘z holicha tasvirlash san'ati. 
- Tarj

[43]
 Bruce Chatwin, 
What am I doing here?
 London, 1990, pp.163-4. 
[44]
 Ahd 
(ingl. 
covenant
)
 - muallif bu o‘rinda payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan vahiylarni va kitoblarni 
umumiy nom bilan "ahd" deb ataydi. 
- Tarj.
  
[45]
 Imom Abdulloh al-Haddadning «Sabil al-Iddikar» kitobidan iqtibos. 
[46]
 Qur'on, «A'rof» surasi, 172-173-oyatlar. 
[47]
 Qur'on, «Baqara» surasi, 165-oyat. 
[48]
 Qur'on, «Oli Imron» surasi, 190-191-oyatlar. 
[49]
 Alasti birabbikum 
(arab.
) - «Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?» 
- Tarj.
  
[50]
 Disfunktsiya [
nem
. Dysfunktion < yunon. -].
 biol
.
, tibbiyot
. Tanadagi qaysidir bir a'zo yoki 
sistema faoliyatining buzilishi. 
- Tarj. 
 
[51]
 Qur'on, «Oli Imron» surasi, 159-oyat. 
[52]
 Buning vahhobiylik bilan ancha mos keladigan jihatlari bor.
  
 
[53]
   Shaikhul Hadith Maulana Muhammad Zakariyya, 
Virtues of Salaat Alan Nabi
 (Johannesburg: 
Waterval Islamic Institute,  1983), 197-200. 
[54]
 Michaela Özelsel, 
Forty Days: The Diary of the Traditional Solitary Sufi Retreat
 (Brattleboro, 
1996), 84-5. 
[55]
 Coleman Barks, introduction to 
Lion of the Heart 
(London: Penguin Arkana, 1997). 
[56]
 Ekzoterik (
yunon
. exoterikos - tashqi) - diniy marosimlarning ommaga mo‘ljallangani 
ma'nosida. - 
Tarj.
 
[57]
 Sacrificium intellectus (
lot.)
 - "aqlni qurbon qilish". 
[58]
 Boddhisatva - Mahayana buddizmida nirvana - oliy lazzatga erishgan, biroq iztirob 
chekayotgan kishilarga hamdardligi  tufayli  undan qaytgan kishi. - 
Tarj.
 
[59]
 Via purgativa (
lot.
) - odamning o‘zini o‘zi poklash yo‘li. 
[60]
 Schimmel, 284. 
[61]
 Teomorfik 
(yunon
.) theos - «xudo»,  morph - «shakl» so‘zlaridan. -  
Tarj.
 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
[62]
 Qur'on, «Anbiyo» surasi, 107-oyat. 
[63]
 Schimmel, 283. 
[64]
 Missioner muallif Kennet Kreggning payg‘ambarni Injil ko‘zgusida talqin etishi g‘alati 
chalkashliklarni keltirib chiqaradi.  Xuddi Avliyo Pavel kabi u ham Asoschining hayotiga najotni kutish 
nuqtai nazaridan yondashadi va Asoschi aslida nima deganiga e'tibor ham berib o‘tirmaydi. Shundan 
so‘ng Kregg o‘zining payg‘ambarga bag‘ishlangan kitobida uni gapirtirmaydi. Shuning uchun muallif  
payg‘ambardan iqtibos keltirishdan o‘zini tiygan yagona biograf bo‘lsa ham ajab emas. U payg‘ambar 
ma'naviyatini tan olishni istamaydi, uning yaqinda chop etilgan salotlar to‘plamida payg‘ambarning 
Allohga munojotlari ularni yiqqan marhum ulug‘larga  nisbat beriladi. Masalan, payg‘ambarning: «E, 
Alloh, mening yuragimni nuring bilan munavvar etgan...» degan mashhur munojoti Imom G'azzoliyga 
tegishli deyiladi. K. Cragg, 
Common Prayer: A Muslim-Christian Spiritual Anthology
 (Oxford, 1999), 
18. Shuningdek, Kregg payg‘ambarga nisbat bera olmaydigan, lekin unga tegishli bo‘lgan ‘God, Thou 
art peace ...' (P.69) (Alloh, tinchlik sening san'atingdir...) salotiga ham qarang.  
[65]
 Norman Daniel, 
Islam and the West: The Making of an Image
 (Edinburgh University Press, 
1960), 145. 
[66]
 Marina Uornerning  Mariyaning bokiraligi xususidagi kitobi «
Alone of All her Sex» 
nazarda 
tutilyapti. 
[67]
 G'arb normativ nikohi va munosabatlar kodeksining barbod bo‘lishiga duch kelgan zamonaviy 
mutafakkirlar ushbu ibtidoiy tutim (ko‘pxotinlik) ga yo‘l-yo‘riq sifatida amal qilmoqda. Brin Mor 
universitetining antropologiya professori  Filip Kilbrayd yaqinda chop etilgan 
Plural Marriage for Our 
Times: A Reinvented Option 
(«Bizning zamon uchun ko‘pnikohlilik: qayta kashf etilgan tanlash») 
kitobida bu masalaga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi. Odrey Chepman 
Man-Sharing: Dilemma or 
Choice 
 («Insonni bo‘lishish: dilemmami yoki tanlashmi?») deb nomlangan yanada qiziqroq tadqiqot 
yaratdi. 1996 yili ayolar huquqlari faoli Adriana Bleyk 
Women Can Win the Marriage Lottery: Share 
Your Man with Another Wife
www.polygamypage.com
 ga qarang. Unda Britaniya cherkovlariga 
keluvchilar orasida bir erkakka ikki yoki undan ziyod ayol to‘g‘ri keladi. (Ayollar nikoh lotereyasini yutib 
olishlari mumkin: o‘z eringizni boshqa ayol bilan baham ko‘ring») degan kitobini chop ettirdi. Xristianlar 
(mormon bo‘lmaganlar)ning ko‘pxotinlik harakati kuchayib bormoqda. Masalan,  
[68]
 Apologetika [
nem
. Apologetik < 
yunon.
]. 1. Ilohiyotshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda asosiy 
diniy tasavvurlarning
 
to‘g‘riligi isboti bayon qilinadi 2. Biror kishi yoki narsani himoya qilish, ko‘klarga 
ko‘tarib maqtash. 
Tarj.
 
[69]
 Cragg, 
Call of the Minaret
 (OUP, 1956), 93. 
[70]
 John Cornwell, 
Hitler's Pope
 (London, 1999), x. 
[71]
 Desmond Tutu, 
The Rainbow People of God: South Africa's victory over apartheid
 (Doubleday, 
1994), p.56. 
[72]
 Masalan, musulmon tafsiri uchun Siddiqiyning mashhur mulohozasiga qarang: F. Siddiqui, 
The 
Bible's Last Prophet
 (Alexandria, VA, 1995), 12-21. 
[73]
 Asghar Ali Engineer, 
Islam and Liberation Theology: essays on liberative elements in Islam
 
(Delhi: Sterling, 1990), p.23. 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling