Y o‘ r I q n o m a I. Umumiy qoidalar


O‘q-otar qurollar va o‘q-dorilar


Download 51.67 Kb.
bet6/7
Sana02.11.2023
Hajmi51.67 Kb.
#1739603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
74d8af458978ed405175f43f1aa0edc7

O‘q-otar qurollar va o‘q-dorilar:
40. O‘q-otar qurollar (standart va noan’anaviy, jumladan, qo‘lbola) va o‘q-dorilar, devonxonada yuritiladigan obyektlar saqlanishini ro‘yxatga olish jurnalidan tashqari sud-ballistik ekspertizasi laboratoriyasi mudirida saqlanadigan o‘q-otar qurollar va o‘q-dorilarni ro‘yxatga olish jurnalida hisobga olinadi.
42. Ekspertga ishlash uchun o‘q-otar qurollar va o‘q-dorilar devonxona mudiri tomonidan ro‘yxatga olish jurnalida imzo qo‘ydirilib topshiriladi. Ish kuni oxirida, tekshirish tugagan-tugamaganligidan qat’iy nazar, ekspert qurolni saqlash joyiga qaytarishi kerak.
43. Sud-ballistik tekshiruvlarni o‘tkazishda qurol bilan ishlashga muayyan talablar qo‘yiladi. Quyidagilar ularning asosiylaridir:
- qurol bilan qandaydir harakatlar qilishdan oldin uni o‘qlanganligi yoki o‘qlanmanganligini aniqlash kerak. O‘qlangan qurolni albatta o‘qsizlantirish, ya’ni magazinni ajratish va o‘qni olish kerak;
- ish stolida qurolni ochiq va o‘qsizlantirilgan, jangovar holatdan tashqari holatda ushlash kerak;
- zinhor qurolni o‘q chiqadigan qismini odamga qaratish mumkin emas;
- qurolni tekshiruvni olib borayotgan shaxsdan boshqa kishining qo‘liga olinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
- zarur bo‘lmaganda qurolni jangovar holatga keltirish, ayniqsa o‘qlantirish ta’qiqlanadi.
Tajribaviy otishlarni amalga oshirishga maxsus talablar qo‘yiladi.
44. Tajribaviy otishlar maxsus jihozlangan tirlarda va otish maydonlarida, jumladan, ekspert muassasasining tajribaviy tirida yoki, agar uning o‘lchamlari zarur talablarga javob bermasa (masalan, otish masofasini aniqlashda) o‘quv va sport inshootlarida o‘tkaziladi.
45. Sud-ballistik tekshirishlar o‘tkazish uchun tajribaviy tir-yerto‘la derazasiz, tosh (g‘isht)dan devorli, tosh (g‘isht, beton)dan yasalgan shiftli xona shaklida maxsus jihozlangan bo‘lishi kerak.
46. Otilgan o‘qni qaytishini oldini olish maqsadida tirning devori va shifti taxtalar bilan qoplangan, pol ham taxtadan bo‘lishi talab qilinadi.
47. Tirga qulflanadigan, tajribaviy otishlar o‘tkazilayotganligi va tirga kirish to‘xtatilganligi haqida ogohlantiruvchi yorig‘liq signalizatsiyasi bilan jihozlangan bitta eshik orqali kiriladi.

Download 51.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling