Y o‘ r I q n o m a I. Umumiy qoidalar


III. Tekshirish obyektlari – ashyoviy dalillarni saqlash


Download 51.67 Kb.
bet3/7
Sana02.11.2023
Hajmi51.67 Kb.
#1739603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
74d8af458978ed405175f43f1aa0edc7

III. Tekshirish obyektlari – ashyoviy dalillarni saqlash
10. Ekspertizaga berilgan barcha materiallarning saqlanishi uchun mazkur ekspertizani bajarish zimmasiga yuklangan ekspert bevosita javobgar hisoblanadi.
11. Ashyoviy dalillarning saqlanishini ta’minlovchi zarur shart-sharoitlarning yaratilishi uchun javobgarlik ushbu turdagi ekspertizalarni amalga oshiruvchi laboratoriya (bo‘lim) rahbariga bevosita yuklatiladi.
Qimmatbaho metallar, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, pul belgilari, zaharli, tez yonuvchi moddalar, portlovchi moddalarni saqlash:
12. Ashyoviy dalillar hisoblangan tovar-moddiy boyliklar alohida qulflanadigan, qo‘riqlash va yong‘inga qarshi signalizatsiya bilan jihozlangan, begonalarni kirishini istisno etuvchi sharoitlar bilan ta’minlangan omborxonalarda saqlanishi lozim.
13. Zaharli, tez yonuvchi moddalar boshqa ashyoviy dalillardan alohida, maxsus muhrlanadigan temir shkaflarda saqlanadi. Ularni kaliti faqat mazkur obyektlarni tekshirish yuklatilgan xodimda turishi kerak.
14. Portlovchi moddalar temir (yoki temir bilan qoplangan) eshik, oynalari temir panjara bilan jihozlangan, buzilmagan qulf-kalitli maxsus xonalarda temir shkaflarda saqlanadi.
15. Portlovchi moddalarni qabul qilinishi va ishlatilishi hisob-kitobini yuritish, shuningdek, ularni belgilangan saqlash tartibiga rioya etilishini ta’minlash bu yo‘nalish uchun mas’ul bo‘lgan xodim mansab yo‘riqnomasi qoidalari asosida amalga oshiriladi.
O‘q-otar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash:
16. Ashyoviy dalil sifatida, shuningdek, tajribaviy tekshirishlar uchun taqdim etilgan o‘q-otar qurollar va o‘q-dorilarni maxsus (qo‘riqlash va yong‘inga qarshi signalizatsiya bilan) jihozlangan va qo‘riqlanadigan, begonalarni kirishini istisno etuvchi xonalarda saqlash lozim.
17. Xona alohida bo‘lishi, devorlari, poli va shifti mustahkam bo‘lishi, temirdan ishlangan, yoki taxta ustiga temir bilan qoplangan, ishonchli qulflanadigan eshik, derazalari mayda, har bir ustuni 1,5 sm kv qalinlikdagi temir panjaralar bilan jihozlangan, begonalarni kirishini istisno etuvchi bo‘lishi lozim. Binoning birinchi qavatida joylashgan o‘q-otar qurollar saqlanadigan xona derazalari panjaradan tashqari ichki temir yoki ustidan temir qoplangan, taxtadan ishlangan to‘siqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
18. Xonani o‘q-otar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash uchun yaroqliligi ekspert muassasasi, ichki ishlar organlarining tegishli xodimlari
va yong‘in nazorati hizmati vakillari ishtirokidagi komissiya tomonidan kelishiladi.
19. O‘q-otar qurollar piramidalarda, devorga o‘rnatilgan temir shkaflarda, o‘q-dorilar shkaflarda, qoida tariqasida o‘q-otar qurollardan alohida saqlanadi.
20. Ekspertiza muassasasida muzey eksponatlari yoki o‘quv qo‘llanma namunalari tariqasida qoldirilgan o‘q-otar qurollar va o‘q-dorilar o‘q otish uchun yaroqsiz holatiga keltirilishi kerak.
21. O‘q-otar qurollar va o‘q-dorilar saqlanadigan xonalarda ularni ro‘yxati bo‘lishi talab qilinadi. Ro‘yxatda o‘zgartirishlar, chizib tashlashlar, o‘chirish holatlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Ish kuni tugagach, o‘q-otar qurollar va o‘q-dorilar saqlanadigan shkaf va xonalar muhrlanishi kerak.

Download 51.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling