Qog‘ozlardagi obyektlar (shu jumladan, taqqoslash namunalari)ni saqlash:
33. Tekshirish obyektlari bo‘lgan ish materiallari, shunindek, sud ekspertizasi predmetiga taalluqli ma’lumotlarni saqlovchi hujjatlar, qog‘ozlarda saqlanuvchi obyektlar, shu jumladan taqqoslash obyektlari qo‘riqlash va yong‘inga qarshi signalizatsiya bilan jihozlangan xonalarda, har bir ekspert uchun ajratilgan, kaliti faqat shu obyektlarni tekshirish topshirilgan ekspertlarda turadigan seyflarda saqlanadi.
DNK ma’lumotini o‘zida saqlovchi odam biologik materiallarini saqlash:
34. Qon, so‘lak, yog‘-ter ajralmalar, ma’niy, jinsiy a’zolar ajralmalari izlari, soch tolalari va h.k. bo‘lgan ashyoviy dalillar, shuningdek, qon va so‘lak taqqoslash namunalari havosi yangilanib turadigan, mo‘tadil haroratli xonada saqlanishi kerak.
35. Yumshoq to‘qimalar bo‘laklari, a’zolar, tananing kesib olingan qismlari, suyak va suyak bo‘laklari, suyuq qon, abort materiallari, homila oldi suyuqligi, yo‘ldosh to‘qimalari va boshqalar - 20°C haroratda saqlanishi kerak.
IV. Ekspertizani o‘tkazish.
36. Ashyoviy dalillarni tekshirish (analiz qilish) ekspertlar oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda ilmiy asoslangan va ishonchli natijalar olishni ta’minlaydigan rasmiy uslubiy tavsiyanomalarga, xalqaro standart talablari va normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoidaga ko‘ra, Adliya vazirligining ekspert xizmati tomonidan qabul qilingan uslubiy tavsiyanomalardan, qo‘llanmalardan, zarur hollarda esa - boshqa vakolatli muassasalarning tavsiyanomalaridan foydalaniladi.
37. Fizik va kimyoviy usullardan foydalaniladigan ekspertizalar va tekshirishlarni, hamda ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiruvchi laboratoriyaning moddiy - texnik jihozlanishi ularning analiz qilish bo‘yicha qabul qilingan usullarini amaliyotda qo‘llanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashi va xalqaro standartlar normalariga javob berishi kerak.
Qimmatbaho metallar, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, pul belgilari, zaharli, tez yonuvchi moddalar, portlovchi moddalar:
38. Qimmatbaho metallar, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, pul belgilari, zaharli, tez yonuvchi moddalar, portlovchi moddalar ekspert muassasasi rahbari ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu obyektlarni tekshirish yuklatilgan shaxslarga topshiriladi.
39. Qimmatbaho metallar, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, pul belgilari, zaharli, tez yonuvchi moddalar, portlovchi moddalar va boshqa ashyoviy dalillar o‘g‘irlangan yoki yo‘q bo‘lgan holatlarda ekspert muassasasi rahbari darhol ekspertiza tayinlagan (organni) shaxsni xabardor qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |