Y o‘ r I q n o m a I. Umumiy qoidalar


DNK saqlaydigan odam biologik materiallari


Download 51.67 Kb.
bet7/7
Sana02.11.2023
Hajmi51.67 Kb.
#1739603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
74d8af458978ed405175f43f1aa0edc7

DNK saqlaydigan odam biologik materiallari:
48. Tekshirilayotgan biologik materiallardan DNKni ajratib olish odam DNKsi sud-biologik ekspertizasining birinchi va eng muhim bosqichidir. DNKni tekshirishning keyingi bosqichlarini samaradorligi birinchi bosqichni amalga oshirishning sifatiga bog‘liq. DNKni ajratish usulini noto‘g‘ri tanlash yoki uni noto‘g‘ri amalga oshirish DNKni ifloslanib, yaroqsiz holga yoki uni butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin.
49. DNKni ajratib olish jarayoni buning uchun alohida mo‘ljallangan, zarur materiallar bilan jihozlangan maxsus xonalarda amalga oshiriladi. Amplifikatsiya qilingan DNK tekshirishlari olib borilayotgan joyda DNKni ajratib olish taqiqlanadi.
50. RSEM ekspertiza va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, o‘qitish jarayonlarini ta’minlash uchun qon va so‘lak o‘quv amaliy namunalari kolleksiyalarini shakllantirishni va yuritishni amalga oshiradi.
51. Odam DNKsini kriminalistik tahlil qilish usullariga o‘qitishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qon va so‘lak taqqoslash namunalari kolleksiyalari og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish natijasida muayyan xududlardan olingan hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha grantlar yuzasidan tashkil etilgan ekspeditsiyalar natijasida yig‘ilgan namunalardan shakllantiriladi.


V. Ekspertiza tayinlagan organga ashyoviy dalillarni qaytarish
52. Tekshirishlarni o‘tkazishda ashyoviy dalillar faqat tekshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda sarflanishi mumkin.
Tadqiqotlar tugallanganidan keyin tadqiqot ob’ektlari, agar ular to‘la ishlatilgan bo‘lmasa, ekspertizasini tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokatga, jismoniy va yuridik shaxsga qaytariladi..
Sud eksperti xulosasi yoki mutaxassis fikrining, tadqiqot ob’ektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlar hamda sud ekspertizasiga berilgan boshqa materiallarning faksimil yoki yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan ishonchnoma nusxasi orqali berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
53. Ekspert tekshiruvi natijalari o‘rnatilgan tartibda ekspert xulosasi shaklida rasmiylashtiriladi. Ushbu rasmiylashtirish “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
54. Xulosa tuzilgach:
barcha qaytarilishi kerak bo‘lgan obyektlar, buyumlar (ashyoviy dalillar, taqqoslash namunalari), DNK saqlaydigan odam biologik materiallari ekspert muassasasiningshaxsan tekshiruvni o‘tkazgan eksperti tomonidan o‘ralib, muhrlanadi. Uning o‘ralishi obyektni saqlanishini ta’minlashi, uni buzmay turib ichidagini olinishiga yo‘l qo‘ymasligi va zarur ma’lumotlar haqida yozuvlari bo‘lishi kerak;
ashyoviy dalillar va boshqa materiallar ekspert xulosasi yoki mutaxassis fikri bilan birga pochta orqali yuboriladi yoxud ekspertiza tayinlagan organga tadqiqot fayli va obyektlar saqlanishini ro‘yxatga olish jurnaliga imzo qo‘ydirilib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining raqamini ko‘rsatgan holda topshiriladi;
qimmatbaho metallar, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, pul belgilari, zaharli, tez yonuvchi moddalar, portlovchi moddalar va hajmi katta, nozik ashyoviy dalillar (SFE obyektlari), DNK saqlagan odam biologik materiallari pochta orqali yuborilmay, balki ekspertiza tayinlagan organga tadqiqot fayli va obyektlar saqlanishini ro‘yxatga olish jurnaliga yoki yo‘llanma xatiga imzo qo‘ydirilib topshiriladi.
Quritilgan qon va so‘lak izlarini saqlagan taqqoslash namunalari olib ketilmagan taqdirda pochta orqali yuborish mumkin.
55. Qog‘ozda saqlangan, (shu jumladan, taqqoslash namunalari) ekspert xulosasida tashqi ko‘rinishi keltirilmagan tekshirish obyektlariga ekspert muassasasining shtamni tushirilib belgi qo‘yiladi va bu haqda xulosada keltiriladi. Agar shtamp qo‘yilishi obyektning kriminalistik mohiyatini yo‘qolishiga olib kelsa yoki uni keyinchalik qonuniy qo‘llanishini cheklab qo‘ysa, unda belgi qo‘yilmaydi.
56. Tayyor materiallarni olayotgan shaxs xulosaning kuzatuv nusxasida (yo‘llanma xatda yoki ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror nusxasida)
va tadqiqot faylida o‘zining lavozimi, familiyasi, guvohnoma raqami, shuningdek, xulosa va ashyoviy dalilni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yishi lozim.
57. Agar tadqiqot obyektlarini qonunchilikka muvofiq pochta orqali yuborishning imkoni bo‘lmasa, ekspertizasini tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoki buyurtmachi tomonidan olib ketilishi shart.
Tadqiqot obyektlari va to‘liq ishlatilmagan obyektlarga nisbatan sud ekspertizasi tadqiqotlari yakunlangandan so‘ng mazkur obyektlarni ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoki buyurtmachi tomonidan olib ketish choralari ko‘rilmagan taqdirda, sud ekspertizasini o‘tkazgan ekspertiza tashkiloti tomonidan tadqiqot obyektlari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bir yil mobaynida saqlanadi.
Ushbu davrda kamida ikki marotaba ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, buyurtmachiga Markaz devonxona mudiri tomonidan yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma yuboriladi. Yuborilgan xabarnomaga ijobiy javob olinmagan taqdirda hamda tadqiqot obyektlarini saqlash muddati yakunlangandan so‘ng tadqiqot obyektlari ekspertiza tashkiloti rahbari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertiza tashkiloti ehtiyoji uchun sarflanadi yoki belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Sarflanganligi yoki yo‘q qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning bir nusxasi ma’lumot uchun tadqiqot obyektlarini taqdim qilgan ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga yoki buyurtmachiga yuboriladi.


VII. Yakuniy qoidalar
58. Mazkur Yo‘riqnomada belgilangan talablarga qat’iy va to‘liq rioya etilishi shart.
59. Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
60. Ushbu Yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Download 51.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling