29) Xotira elementiga informaciya qanday yoziladi va o’qiladi. Tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi nimalar bilan o’lchanadi?
Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:
• mikroprocessorli xotira (MPX);
• registrli kesh-xotira;
• asosiy xotira (AX);
• tashqi xotira (TX).
Ko’rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi xotira sig’imi va uning tezkorligi. Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o’lchanadi, tashqi eslabqoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (takid) va o’qish tezligi (V o’qish) bilan o’lchanadi.Temur - malumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi; takid- yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti; Vo’qish- axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi.
Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’taniz: sekund, ms - millisekund, mks - mikrosekund; 1 s=10
3ms=10
6mks=10
9ns.
Tashqi xotira SHK ning tashqi qurilmasi bo’lib, bu qachondir masalani echish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotirada kompyuterning butun dasturiy ta’minoti saqlanadi. Tashqi xotira turli xil eslab qolish qurilmalarini o’z ichiga oladi, lekin ulardan eng ko’p tarqalgani, deyarli istalgan kompyuterda mavjud bo’lgan va strukturali sxemada ko’rsatilgan qattiq (QMDY) va egiluvchan (EMDY) magnit disklardagi yig’uvchilardir.Bu yig’uvchilarning vazifasi: katga hajmdagi axborotni saqlash, so’rov bo’yicha tezda eslab qoluvchi qurilmaga saqlanayotgan axborotni yozish va uzatish. QMDY va EMDI faqat konstruktiv (tuzulish) jihatdan, saqlanadigan axborot sig’imi va axborotni qidirish, yozish va o’qish vaqti bilan farqlanadi. Tashqi xotira qurilmalari sifatida ko’pincha yana optik diskdagi yig’uvchilar
(CD-ROM - Compact Disk Read Only Memory) va kamroq xollarda kassetali magnit lentadagi eslab qoluvchi qurilmalar (strimmerlar) ishlatiladi.Ta’minot manbai - SHK ning avtonom va tarmoqdi energota’minoti tizimini
o’z ichiga olgan blok.Taymer - mashina ichidagi haqiqiy vaqt elektron soati, u kerak bo’lganda, joriy vaqt paytini avtomatik olishni ta’minlaydi (yil, oy, soatlar, minutl ar, sekunddar va sekund ulushlari). Taymer avtonom ta’minot manbaiga - akkumulyatorga ulanadi va mashina tarmoqdan uzilganda ham ishlayveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |