Yakuniy nazorat savollari. 1 Kompyuter so’zi ma’nosi va uning vazifalarini ayting, kompyuter qachon va qanday yuzaga kelgan?


) Komp`yuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari vazifasi nimadan iborat?


Download 48.56 Kb.
bet18/24
Sana15.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1201386
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)

23) Komp`yuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari vazifasi nimadan iborat?
Komp`yuterda kiritish-chiqarish portlari kont rolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, „sichqoncha" va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish -chiqarish portlari parallel va ketma -ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks -modem, „sichqoncha" va boshqa qurilmalar ulanadi.
24) Sistemali plataning asosiy komponentlari qaysilar, razyom deb nimaga aytiladi?
Sistemali yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100 - 150 sm 2bo’lgan bosmali plata ko’rinishga ega bo’lib, unga ko’p sonli turli xil mikrosxemalar, raz’yomlar (ajratgichlar) va boshqa elementlar joylashtiriladi. Sistemali plata (SP) konstrukciyasining ikki asosiy ko’rinishi mavjuddir:
 platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan, hozir bunday platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda;
 bevosita sistemali platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha komponentalar esa sistemali shina yordamida va konstruktiv tomondan SP da mavjud bo’lgan maxsus raz’yomlarga (slotlarga) o’rnatiladigan qo’shimcha platalarda (kengaytirish platalarida) birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali arxitekturali hisoblash sistemalariga taaluqlidir.
Zamonaviy professional shaxsiy kompyuterlar aynan shu shinali arxitekturaga egadir.
25) Microprocessorni vazifasi nima, microprocessorninig tarkibiy qismini izohlang?
Mikroprocessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), - dasturli
boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funkcional tugallangan qurilma bo’lib,
u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar
ko’rinishda tayyorlangan.
Mikroprocessor (MP) SHK ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha
bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni
bajarish uchun mo’ljallangan.
Mikroprocessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq
boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu
signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan
belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini
shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi
impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) - sonli va belgili axborot ustida barcha
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi
modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik
soprocessor ulanadi).
Funkcional jihatdan AMQ, odatda 2 ta registrdan, qo’shuvchidan summator
va boshqarish sxemasidan (maholliy boshqarish qurilmasi) tashkil topadi.
Qo’shuvchi - uning kirishiga kelayotgan ikkilik kodlarni qo’shish jarayonini
bajaruvchi hisoblash sxemasidir; qo’shuvchi ikkilangan mashina so’zi
razryadliligiga egadir.
Registrlar turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir:
Registr 1 (Rg 1) ikkilangan so’z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) esa so’z
razryadliligiga egadir.
Amallarni bajarishda Rg1 ga amalda qatnashuvchi birinchi son, amal
tugagandan keyin esa natija joylashtiriladi; Rg2 ga - amalda qatnashuvchi ikkinchi
son joylashtiriladi (amal tugagandan keyin undagi ma’lumot o’zgarmaydi). Registr
1 ma’lumotlarni kodli shinalaridan qabul qilishi va unga ma’lumotlarni berishi
mumkin; registr 2 bu shinalarddn ma’lumotlarni faqat olishi mumkin.
Boshqarish sxemasi ko’rsatmalarning kodli shinasi bo’yicha boshqarish
signallarini boshqarish qurilmasidan qabul qiladi va ularni registrlarning va AMQ
qo’shuvchisining ishlashini boshqarish uchun signallarga o’zgartiradi.
AMQ arifmetik amallarini faqat oxirgi razryaddan keyin qayd qilingan
vergulli ikkilik ma’lumot ustida, ya’ni faqat butun ikkilik sonlar bilan bajaradi.
Ko’chib yuradigan vergulli ikkilik sonlar va ikkilik-kodlangan o’nlik sonlar
ustida amallarni bajarish yo matematik soprocessorni jalb etib, yoki maxsus tuzilgan
dasturlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Mikroprocessorli xotira (MPX) - mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi
hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va
uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori
tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi
mikroprocessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish,
qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar - turli xil
uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega
bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq,).
Mikroprocessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan
ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi,
buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP),boshqarish
sxemalari va tizimli shinani oladi.
MP ning interfeysli qismi MP ning SHK tizimli shinasi bilan aloqasi va
moslashishi, shuningdek bajarilayotgan dasturning buyruqlarini qabul qilish,
oldindan tahlil qilish hamda operandlar va buyruqlarni to’liq adreslarini
shakllantirish uchun mo’ljallangan.
Interfeysli qims o’zining tarkibiga MPX ning adresli registrlari, adresni
shakllantirish uzeli, MP da buyruqlar buferi hisoblangan buyruqlar registrlari bloki,
MP ning ichki interfeysli shinasi va kiritish-chiqarish shinasini va portlarini
boshqarish sxemasini oladi. (Aytilgan qurilmalarning ba’zilari, go’yoki: adresni
shakllantirish uzeli va MP bevosita bajaradigan buyruqlar registri funkcional
jihatdan boshqarish qurilmasi tarkibiga kiradi - 35-rasm.)
Interfeys (interface) - kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa
qurilmalari to’plani bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.
Kiritish-chiqarish porti (I/O port) - ulash apparaturasi bo’lib,
mikroprocessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy
tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqla ydi,
negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Mikroprocessor quyidagi vazifalarni bajaradi:
▪ asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o’qish va deshifrlash (ochish);
▪ ma’lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining
registrlaridan o’qish;
▪ so’rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko’rsatish uchun
qabul qilish va qayta ishlash;
▪ ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK, adapterlarining
registrlariga yozish;
▪ SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni
ishlab chiqish.
Mikroprocessor qiymatlar shinasining razryaoliligi SHK ning razryadliligani
aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres kengligini aniqlaydi.
Adres kengligi - bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo’lib, u
bevosita mikroprocessor tomonidan adreslanishi mumkin.
Birinchi MP 4004 mikroprocessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda
chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprocessorlar chiqarilmoqda,
lekin eng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o’xshash firmalarning
mikroprocessorlaridir.

Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling