Yakuniy nazоrat savоllari
Marsning yo’ldоshlari. Marsning o’zlashtirish muammоlari
Download 338.44 Kb.
|
1-30 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40. Gigant planetalarning fizik tabiati. Ularning xalqalari va yo’ldoshlari.
39. Marsning yo’ldоshlari. Marsning o’zlashtirish muammоlari. Mars ikki tabiiy yo‘ldoshga ega — Fobos (27 km x 21x19 km ) va Deymos (15 km x 12 x 8 km). Yo'ldosh yuzida kraterlar ko'rinadi. Marsni avtomatik apparatlar yordam ida olingan suratlarida yorilishlar, daralar va suv oqimi yo'lini eslatuvchi suvsiz daryo yo'llari, tog‘ tizmalari va ko‘plab kraterlar (200 m dan 200 km gacha kattalikdagi) ko‘rish mumkin. Yaqinda (2005) ko'milib ketgan muzlik topildi. Sayyora yuzida uzunligi 4000 km, kengligi 120 km va chuqurligi 6 km bo‘lgan dara topilgan. Kraterlar Oy yuzidagidan kam. Shimoliy yarim sharida tekisliklar, janubida tog'liklar ko‘p. Shimoliy yarim sharida joylashgan vulqon otilishi natijasida hosil bo‘lgan tog‘ (Qorli 01impiya)ning balandligi 24 km, diametri 600 km. Bu tog‘ Quyosh sistemasida eng katta tog‘dir. Viking-1 va 2 avtom atik stansiyalar sayyora yuzida o ‘sim liklar yo ‘qligini, biroq mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin, degan farazni tasdiqladilar. Fobosning ikki o'zaro perpendikulyar o'lchamlari mos ravishda 18 va 22 kilometr bo'lib, Deymosning bunday o'lchamlari 10 va 16 kilometrni tashkil etadi. Fobos Mirrixdan o'rtacha 6 ming kilometr narida uning atrofida 7 soatu 30 minutda aylanib chiqqani holda, Deymos 30 soatu 18 minutda aylanib chiqadi. Yer atrofida aylanadigan Oydan farqli ravishda Marsning unga yaqin «oyi» - Fobos g'arbdan chiqib sharqqa botadi. Qizig'i shundaki, bir sutkada Fobos kun botish tomondan 3 marta chiqib, kun chiqish tomonda 3 marta botadi.
40. Gigant planetalarning fizik tabiati. Ularning xalqalari va yo’ldoshlari. Gigant sayyoralar (Yupiter, Saturn, Uran va Neptun) Quyoshdan Yer tipidagilarga qaraganda nihoyatda (5 va undan ko'p marta) uzoqda joylashganliklari uchun undan (27 marta va undan ko'p marta) kam energiya oladilar, shuning uchun ulami sirtida temperatura nihoyatda past (T < 150 K). Bu sayyoralar ko'p massaga va kuchli tortish maydoniga ega. Shu bois ular quyuq va qalin atmosfera bilan o'ralgan. Bu esa oydinlikning sayyora gardishi markazidan uni cheti tomon tez suratlar bilan kamayishida yaxshi namoyon bo'ladi. Gigant sayyora (Yupiter) yulduzlarni to'sganda yulduz ko'zdan g'oyib bo'lishidan oldin uning nuri tez suratlar bilan so'na boshlaydi. To'silish oldidan yulduz nurining so'nishini o'lchash yo'li bilan sayyora atmosferasida balandlik bo'yicha zichlik va bosimning o'zgarishi aniqlangan. Olingan natijalarga ko'ra sayyora atmosferasida balandlik shkalasi H = 8.3 km. Demak, gigant sayyoralar atmosferasi Yer va Veneranikiga butunlay o'xshamaydi. Buni ularning spektri ham ko'rsatadi. Gigant sayyoralar spektrida metan (CN4) yutish tasmalarini ko'rish mumkin. Yutish tasmalari ayniqsa, Uran va Neptun spektrida kuchli. Bu sayyoralarda temperatura sharoiti metan yutish tasmalarining hosil bo'lishi uchun yaxshi mos keladi. Gigant sayyoralar avtomatik stansiyalar «Pioner», «Voyajer» yordamida tekshirilgan, yaqindan turib suratga tushirilgan. Bu suratlarda sayyoralar yuzida va atrofida ko‘plab mayda tuzilmalar kashf etildi. Gigant sayyoralar sirtida ekvatoriga parallel joylashgan yorug‘ va qorong‘i tasmalar kuzatiladi. Bu tasmalar sayyora atmosferasidagi bulut uyurmalari bo'lib, ularda kristalli ammiak (N H 2) borligi aniqlangan. Sayyoralar spektrida molekular vodorod (H2) va geliy chiziqlari ham qayd qilingan. Download 338.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling